Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/109
Sana15.11.2023
Hajmi1,24 Mb.
#99164
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   109
Bog'liq
BKP 5 semestr

Turg‘un 
(sust) 
yurak 
yetishmovchiligi
Turgun 
(sust) 
yurak 
yetishmovchiligi yuzaga kelishi butunlay boshqa patofiziologik mexanizm ustun 
kelishi – funksional jihatdan kuchsizlanib qolgan yurak ortiqcha vena oqimi yoki 
«yuklanishdan oldingi» holatni uddalay olmasligi bilan izohlanadi. Ushbu 
mexanizm nisbatan kam holatlarda birdaniga va o‘tkir namoyon bo‘ladi. Genezi va 
yuzaga kelish muddatlaridan qat’i nazar, ushbu shakllarning klinik manzarasi 


anchagina o‘xshash bo‘ladi. Bolalarda yurak yetishmovchiligining eng muntazam 
va erta alomatlari nafas olish tezlashishi (taxipnoe) va nafas siqilishi (harsillash) 
orqali namoyon bo‘ladi. Ular bilan parallel ravishda teri qoplamlarining rangi 
o‘zgarishi holati yuzaga kelishi mumkin: terining rangi o‘chib, ko‘kimtir va biroz 
marmar tusiga kiradi. Sianoz distal bo‘limlarda – oyoq kaftlari, barmoq uchlari 
(tirnoq o‘rinlari), lablarning shilliq qobig‘ida aniqroq ifodalangan bo‘ladi. Shunda, 
kuchli ter chiqishi oqibatida, distal bo‘limlar terisi sovuq va yopishqoq bo‘ladi. 
Bola chinqirganda, notinch bo‘lganda sianoz yanada kuchayadi. Turg‘un 
xususiyatga ega bo‘lgan, bola uxlaganda ham pasaymaydigan va u 
bezovtalanganda ko‘p o‘zgarmaydigan taxikardiya doimo kuzatiladi. Bolani 
ovqatlantirishda qiyinchiliklar yuzaga keladi: bola nafas to‘xtab qolishini ko‘tara 
olmasligi sababli ko‘krakni 1–2 daqiqadan ortiq ema olmaydi, uyqusi ham yuzaki 
va ziyrak bo‘lib qoladi. Qon aylanadigan kichik doirada turib qolish holati 
kuchayib borishi yanada aniq ifodalangan harsillash, «oh-voh» qilish yoki 
«xirillash» bilan kechadigan nafas olishga olib keladi, ba’zan nafas siqilishi holati 
ekspiratorga aylanadi, ko‘proq aralash turga mansub bo‘ladi. Yo‘tal paydo bo‘ladi. 
O‘pka ustida turli, asosan mayda pufakchali bo‘g‘iq nam xirillashlar eshitiladi. 
Qon aylanadigan katta doirada to‘xtab qolish holati kuchayishi gepatomegaliya 
(ko‘pincha splenomegaliya, eshitish qobiliyati izdan chiqishi, qusish bilan birga) 
paydo bo‘lishi orqali namoyon bo‘ladi. Shish sindromi tana vazni ortishi va diurez 
kamayishi orqali aniqlanadi. Klinik jihatdan shishlar eng avvalo o‘g‘il bolalar 
moyagida, bel qismida, old tomon qorindevorida va yuzida kuzatiladi. Yurak 
yetishmovchiligi holatida yurakdagi o‘zgarishlar yurakning asosiy kasalliklari 
bo‘lgan – Tug‘ma yurak nuqsonii, miokardit yoki miokard distrofiyasi kabilarning 
simptomatikasini (alomatlarini) aks ettiradi. Shunda yurak tonlari jiddiy pasayishi 
(I ton) yoki kuchayishi (ko‘pincha o‘pka arteriyasidagi II ton) mumkin, yurak 
tonlarining parchalanishi va ikkiga ajralib ketishining ifodalanganligi kuchayadi, 
nafas bilan bog‘liq bo‘lmagan aritmiyalar yuzaga keladi. Oldin aniqlangan 
shovqinlar kuchsizlanishi mumkin. Odatda, yurak o‘lchamamlarining o‘sishi ro‘y 
beradi. Exokardiografik tekshirishda yurak bo‘shliqlarining kengayishi, devorlari 


va klapanlarining harakatchanligi kamayishi kuzatiladi, EKG manzarasida 
o‘tkazuvchanlik, qo‘zg‘aluvchanlikdagi buzilishlar qo‘shilishi, miokarddagi 
almashuv buzilishlari kuchayishi, yurak bo‘limlari ortiqcha zo‘riqishi aniqlanadi. 
Klinik alomatlar bo‘yicha bolalarda qon aylanishi yetishmovchiligining bir necha 
darajalarini ajratishadi. 
I daraja xotirjamlik holatida namoyon bo‘lmaydi. Emishda yuzaga keladigan 
qiynalishlar, ta’sirlanish, uyqu buzilishi, bezovtalanganda va zo‘riqishdan so‘ng 
nafas siqilishi va taxikardiya bilan ifodalanadi.
II A daraja. Gemodinamikaning izdan chiqishi qon aylanadigan qaysi 
doirada paydo bo‘lganligiga qarab namoyon bo‘ladi. Chap qorinchali turida nafas 
siqilishi yuzaga keladi (nafas olish xotirjamlik holatida yosh me’yoriga nisbatan 
30-50% ga tezlashadi), xotirjamlik holatidayurak urishi yosh me’yoriga nisbatan 
10–15% ga tezlashadi. Qon aylanishi yetishmovchiligining o‘ng qorinchali tur 
qorin bo‘rtib qolishi, o‘rtamiyona gepatomegaliya (qovurg‘a yoyi chetidan 3 sm 
gacha pastroqda), labil vazn egrisi, peshob ajratish kamayishi bilan kechadi 
II B daraja. Yurak ritmi 15–25% ga va nafas olish tezligi 50–70% ga ortishi, 
akrotsianoz, ketmaydigan yo‘tal, o‘pkada doimiy bo‘lmagan jarangdor xirillashlar 
paydo bo‘lishi bilan izohlanadi. O‘ng qorinchali turida jigar jiddiy kattalashishi (3–
5 sm), old tomon qorin devori, bel qismi, yuzining pastozligi yuzaga keladi, o‘g‘il 
bolalarning moyagi shishadi.
III daraja. Chap qorinchali turida o‘pka shishining klinik manzarasi yoki 
shish paydo bo‘lishidan avvalgi holati kuzatiladi, bo‘g‘ilish, yurak chegaralari 
sezilarli kengayishi, nafas olish tezlashishi yaqqol ko‘rinadi, muntazam va azobli 
yo‘tal yuzaga keladi; nafas olish tezligi me’yorga nisbatan 70–100% ga ko‘proq, 
puls tezligi me’yorga qaraganda 30–40% ga yuqoriroq. Qon aylanadigan katta 
doirada anasarka turiga o‘xshash shish sindromi, assit, gepatosplenomegaliya, 
oliguriya, beqaror najas kuzatiladi. 

Download 1,24 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   109




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi

Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish