rangi yaqqol o‘chgan bo‘ladi, qo‘l-oyoqlarning distal bo‘limlari sianozi, tez-tez
uradigan ipsimon puls kuzatiladi, bola kam bovul qiladi yoki umuman qilmaydi.
EKG tekshirish o‘tkazishda S-T intervalining depressiyasi,
musbat T tishlari
aniqlanadi, yuzaga kelgan yurak shokiga asos bo‘lgan yurak ritmining boshqa
izdan chiqishlari ham aniqlanishi mumkin. Shunga o‘xshash holatlar koronar
tomirlarning tug‘ma
nuqsonlari, koronaritlar, sistemali vaskulitlarda aniqlanadi.
Bolalar infeksiyasi klinikasida ko‘pincha kuzatiladigan «gipermotil toksikoz» yoki
«Kishsh toksikozi» deb ataladigan infeksiyalar shakllari sindromatik mexanizmi
bo‘yicha juda yaqin bo‘lishi mumkin.
Gipermotil toksikozning klinik manzarasi oddiy
infeksion jarayondan yoki
virusli infeksiya simptomatikasidan so‘ng yuzaga kelishi mumkin. Uning o‘ziga
xos xususiyati shundaki ko‘p hollarda 200 ur/daq. dan ortiq bo‘lgan sezilarli
taxikardiya paydo bo‘lishi va persistirlanishidan iborat. Puls tezligi tana harorati
ortishi darajasiga mos bo‘lmaydi. Taxikardiya tezlashgan yuzaki nafas olish bilan
bir
vaqtda kuzatiladi, lekin puls:nafas olish nisbati puls tezligi yanada ustun
bo‘lgan tomonga surilganda. Bolaning rangi oqaradi,
akrotsianoz elementlari
kuzatiladi. Uning reaksiyalarida qo‘zg‘aganlikning to‘xtab qolish yoki
somnolentlikka almashishi ro‘y beradi. EKG da taxikardiyaning sinusli xususiyati
tasdiqlanadi. Davo samara bermaganda va taxikardiya 12 soatgacha va undan ortiq
vaqt saqlanadigan bo‘lsa periorbital shishlar va jigar kattalashishi aniqlana
boshlaydi, bunga oliguriya qo‘shiladi. Yanada kechroq
arterial bosim pasaya
boshlaydi va miokard gipoksiyasining EKG manzarasi ochiladi. Shunda
taxikardiya bradikardiyaga almashadi. Evolyutsiya kardiogen shok bilan yakun
topadi.