Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/109
Sana15.11.2023
Hajmi1,24 Mb.
#99164
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   109
Bog'liq
BKP 5 semestr

Funksional xususiyatlari 
Yangi tug‘ilgan chaqaloqda yurakning asosiy hajmi (AX) 2,5–3,5 ml ni 
tashkil qilib, chaqaloqlik davrining oxirigacha 10 ml gacha ortadi, 16 yoshida esa 
60 ml ni tashkil qiladi. Yurakning daqiqalik hajmi (DX) tegishli ravishda 340 ml 
dan 1250 ml gacha va 4300 ml gacha ko‘payadi. AX chaqaloq tug‘ilganidan 
boshlab, 15 yoshga tulgunicha atigi 10% ga ko‘payadi, DX esa 2 baravar 
kamayadi. Chaqaloqda DX ustunligi yurak urishining turli tezligi (neonatal davrida 


ayniqsa yuqori bo‘ladi) tufayli ta’minlanadi. Bu holat bola organizmining o‘sishi 
bilan izohlanadi, chunki bunda katta miqdorda ozuqa moddalari va kislorod zarur. 
Aytib o‘tilgan ko‘rsatkichlar bola tanasining og‘irligiga nisbatan mutlaq 
hisoblanadi. Yurak-tomir tizimining faoliyati murakkab asab apparati bilan tartibga 
solinadi. Uning tarkibiga ichki muhitning zarracha o‘zgarishlarini sezadigan 
periferik asablar va organizmning barcha to‘qimalariga kirib boradigan termo
baro, xemoretseptorlar hamda cho‘zinchoq miya markazi asablari kiradi. 
Chaqaloqlarda bosh miyasi qobig‘i yetarlicha rivojlanmaganligi sababli ularning 
yurak-tomir tizimi faoliyatini tartibga solish kattalarnikiga nisbatan bir qator o‘ziga 
xos xususiyatlarga ega. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va kichkina bolalarda 
markaziy impulsning yurak va tomirlarga uzatilishi asosan simpatik asab orqali
nisbatan kamroq sayyor asab orqali amalga oshadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda 
ekstrakardial asablarning innervatsion apparati embrional xususiyatga ega, sayyor 
asab esa ayniqsa oxirigacha rivojlanmagan bo‘ladi. Sayyor asabdan chetga 
ketadigan tarmoqlar simpatik asab tarmoqlariga nisbatan birmuncha nozikroq 
bo‘ladi. Ma’lumki, sayyor asab tolalari sinus tuguniga va atrioventrikulyar 
tuguniga boradi. Sayyor asabning sinu tuguniga qilgan ta’sirid a yurak 
faoliyatining 
tezligi 
pasayadi 
hamda 
atrioventrikulyar 
tugunning 
o‘tkazuvchanligiga to‘xtatib turuvchi ta’siri kuchayadi. Simpatik asabning tolalari 
yurak bo‘lmachalari, o‘tkazish tizimi va qorinchalar mushaklarigacha yetib boradi. 
Simpatik asab tonusining ortishi yurak urishi soni ko‘payishi orqali – sayyor asab 
markazi orqali namoyon bo‘ladi. Ushbu markaz erta yoshda doimo qo‘zg‘agan 
holatda bo‘lib, ayniqsa yurak urishini sekinlashtirishga ta’sir ko‘rsatadi, simpatik 
innervatsiya asablari esa homila ona qornida bo‘lgan davrning o‘zidayoq 
qo‘zg‘agan holatda bo‘ladi. Bolalarda sayyor asabning yurak faoliyatiga ta’siri erta 
bolalik davrining oxirida namoyon bo‘lib, keyingi o‘sish davrlarida kuchayadi. 
Buning natijasida bola hayotining 2-, ayniqsa 3-yilida yurak faoliyatini tartibga 
solishda vagusning roli simpatik asab tizimining rolidan ustun bo‘la boshlaydi va 
bu holat yurak faoliyati sezilarli sekinlashishida, yaqqol sinus aritmiyasi paydo 
bo‘lishida o‘z aksini topadi. Shunday qilib, erta yoshdagi bolalarda yurak-tomir 


faoliyatini tartibga solishda simpatik asab tizimi vagusdan ustunlik qiladi. 
Ma’lumki, yurak faoliyat yuritishi uchun bevosita impuls yurakning o‘zida paydo 
bo‘ladi, ya’ni impuls hosil bo‘lishi nuqtai nazaridan yurak o‘z avtomatizmiga ega. 
Fiziologik impuls sinus tugunida paydo bo‘ladi. 
Sinus tuguni perikard ostida, yuqori ichi bo‘sh vena yurakning o‘ng 
bo‘lmachasiga kirish joyida joylashadi. Uning uzunligi 2–3 mm ni tashkil qiladi. 
Ushbu tugun zichlashib, yurak bo‘lmachalari mushaklarida yo‘q bo‘lib ketadi. 
Impuls yurak bo‘lmachalariga tarqaladi va bo‘lmalar qisqarishiga olib keladi. 
Keyin esa impuls yurakning o‘ng bo‘lmachasining pastki qismida joylashgan va 
uzunligi 4–5 mm ga teng bo‘lgan Ashof – Tovar tugunigacha (atrioventrikulyar 
tuguni) yetib boradi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda sinus tugunida impuls paydo 
bo‘lgan damdan boshlab, yurak qorinchalari qisqarishi boshlangunga qadar 0,11–
0,12 sek. vaqt talab etiladi. So‘ng tugun Giss bog‘lamiga o‘tadi, u esa o‘z 
navbatida yurakning o‘ng qorinchasida mayda chekka Purkinye-tolalariga 
bo‘linadi va ana shu tolalar bo‘ylab qo‘zg‘atish to‘lqini miokardga o‘tadi. Yangi 
tug‘ilgan chaqaloqda sistolaning davomiyligi 0,20 sek. tashkil qiladi. Puls (tomir 
urishi). Bolalarda tomir urishi tezligi kattalarnikidan yuqoriroq bo‘ladi va bu 
nafaqat bola yuragining mushagi tezroq qisqarishi va sayyor asabning kichikroq 
ta’siri bilan, balki birmuncha jadalroq modda almashinuvi bilan izohlanadi. Yurak 
urishining eng yuqori tezligi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kuzatiladi. Bolalar pulsi 
(yurak urishi)ning tezligi (A.F.Tur bo‘yicha) 
Bolaning yoshi 
Bir daqiqada yurak urish soni 
Yangi tug’ulgan chaqaloq 
120-140 
6 oylik 
130-135 
1 yoshli 
120-125 

Download 1,24 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   109




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi

Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish