• 5.4. Quduqni vaqtincha to‘xtatish va tugatish
  • 5.5. Atrof-muhitni muhofaza qilish
  • 5.6. Korxonalarda bajariladigan geologik xizmat
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • Konni ishlatish mobaynida yer qa’rini muhofaza qilish




    Download 1,03 Mb.
    bet4/40
    Sana04.04.2017
    Hajmi1,03 Mb.
    #3179
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40

    5.3. Konni ishlatish mobaynida yer qa’rini muhofaza qilish

    Neft, gaz yoki gazkondensat konlarini va uning ayrim obyektlarini to‘liq, ishlatish tasdiqlangan texnologik sxemaga yoki loyihaga binoan amalga oshiriladi. Neft konlarini ishlatipsha neft bilan birga qazib olinayotgan gaz va suvdan foydalanish uchun tadbirlar belgilanadi.

    Neft hoshiyasi bo‘lgan gaz uyumining gazli qismida burg‘ilash ishlari, qoida bo‘yicha, hoshiyadan neft to‘liq olib bo‘lingandan so‘ng amalga oshiriladi, bunda uyumning gazli qismi bilan neftning aralashib ketishining oldini olish zarur. Neft hoshiyasi bo‘lgan uyumning neft va gaz qismlarini bir paytda ishlatish loyihada asoslanishi kerak.

    Gazkondensat konini ishlatishda kondensatni to‘liq, chiqarib olish imkonini beradigan, uning qatlamda yo‘qolishiga yo‘l quymaydigan sharoitni ta’minlash lozim.

    Konni ishlatish jarayonida uyum tomon suvning harakatlanishi (suv-neft, gaz-neft yoki gaz-suv tutash yuzalarning harakatlanishi) va bosimning taqsimlanishi nazorat qilinishi zarur. Qatlamga ta’sir ko‘rsatish (suv bostirish, gaz haydash) uchun qatlam suvi (gazi)dan foydalanishga e’tibor berish kerak. Neft va gazning yo‘qolishiga va kon hududining ifloslanishiga qarshi kurashish uchun neft, suv va gazning isrof qilmasdan yig‘ilishini ta’minlash juda muhim.

    Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda.
    Kurash - sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. K. ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qad. olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan.

    Ishlatish va haydash quduqdarining ish rejimini belgilashda har bir quduqdan olinadigan neft, gaz va suv debitining (suv, gaz qabul qila olishligining), quduq og‘zidagi bosimning qatlamga beriladigan depressiya va boshkalarning eng maqbo‘l miqdorini o‘rnatish kerak. Quduqdan chiqarib olinadigan suyuqlik va gaz miqdori hamda qatlamga beriladigan depressiya shunday tanlanishi kerakki, toki ular ta’sirida qatlam skeletining tabiiy to‘zilishi bo‘zilmasin, suvlanish tili va suvlanish konusi quduq tubi tomon tortilmasin.

    Foydalanish va haydash quduqlari og‘zidan neft otilishi yoki ochiq favvoralanishining (haydalayotgan suvning yo‘qolishining) oldini olish maqsadida ularni tegishli uskunalar bilan jihozlash lozim.

    Nuqsonli quduqdardan foydalanishga (ishlatish quvurlari birikmasining, flanetsli tutashmalarning, mustahkamlash quvurlari birikmasi ortidagi sement xalqaning germetikligi bo‘zilganda) yo‘l qo‘yilmaydi va bundan faqat yer qa’rini muhofaza qilish qoidalari bo‘zilmagan ayrim hollargina mustasnodir. Nuqsonli quduqlarni ishlatishga ruxsat berilganda ularning davlat kon-texnika nazorati hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan maxsus ish rejimi tasdiqlanadi. Boshqa barcha nuqsonli quduqlarda quvurlar birikmasining nima uchun germetik emasligi sabablarini hamda suvlanish manbalarini aniqlash uchun tadqiqotlar o‘tkazish va ta’mirlash-izolyatsiya ishlarini amalga oshirish zarur.

    Gaz quduqlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan murakkabliklarni aniqlashga alohida e’tibor berish lozim.

    Gaz quduqdaridan foydalanish jarayonida gaz bir qatlamdan ikkinchisiga jadal sur’atda oqib yoki sizib o‘tsa, u holda quduqka suv yoki gilli eritma haydaladi va lozim bo‘lgan izolyatsiya ishlari amalga oshiriladi. Bu nuqsonlarni bartaraf etish mumkin bo‘lmagan hollarda quduqni tugatish, gazli obyektlarni esa izolyatsiyalash kerak. Agar gaz yoki gazkondensat konlarini ishlatish jarayonida yuqorida joylashgan qatlamlarda pastdagi qatlamdan gazning sizib yoki oqib o‘tishi sodir bo‘lib, ikkilamchi gaz to‘plami yuzaga kelsa, u holda gaz chiqib kelayotgan manbani aniqlab, gazning yo‘qolishiga chek qo‘yish zarur.

    Ishlatilayotgan konlarda to‘plangan ikkilamchi gazlar maxsus burg‘ilangan nazorat-drenaj gazsizlantirish quduqdari vositasida yer yuzasiga chiqarib yuboriladi. Bunda chiqarib yuborilayotgan gazdan omilkorlik bilan foydalanish bo‘yicha tadbirlar belgilanadi. Gazning yer ostidan sizishini va qatlamlararo oqib o‘tishini o‘z vaqtida aniqlash ychun yuqori qatlam bosimiga ega bo‘lgan yirik gaz va gazkondensat konlarini ishlatish boshlanishi bilan bir vaqtda maxsus quduqdarda muntazam ko‘zatishni yo‘lga qo‘yish lozim. Bundan tashqari, gaz ajralishini aniqlash uchun konning butun maydoni bo‘ylab muntazam ko‘zatish ishlari yo‘lga qo‘yiladi.

    Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.
    Gaz ajralishi aniqlansa, gazning yer ostidan sizishini va qatlamlararo oqib o‘tishini bartaraf etish choralari ko‘riladi.

    Ishlatilayotgan gaz quduqlarining mustahkamlash quvurlari birikmasi ortida gaz oqimi vujudga kelsa va nosoz gaz quduqlarida gaz namoyonlanishi ko‘zatilsa, ularning shiddatini pasaytirish uchun yaqin masofada yangi quduqdar qaziladi va katta miqdorda gaz chiqarib olinadi. Qatlamlararo gaz oqimi shiddati pasaygandan so‘ng yangi qazilgan quduqdar jadallashtirilgan rejimdan maqbo‘l rejimga o‘tqaziladi yoki vaqtincha to‘xtatib qo‘yiladi.

    Quduqning suvlanishi yoki ishdan chiqish darajasiga qarab, shuningdek, texnik va geologik sabablarga binoan quduqni boshqa obyektlarga o‘tkazish zaruriyati tug‘iladi.

    Quduqlarni boshqa obyektlarga o‘tkazish ulardan ushbu obyektda haydash, pyezometrik, nazorat qilish, ko‘zatish quduqlari sifatida foydalanish mumkin bo‘lganda (yoki texnik jihatdan yaroqsiz bo‘lganda) amalga oshiriladi.

    Mahsulotning yuqori darajada suvlanganligi va quduqning unumdorligini pastligi uni boshqa obyektga o‘tkazishni taqazo etadigai asosiy texnologik sabablar hisoblanadi. Agar mahsulot loyihada ko‘rsatilgan eng yuqori darajada suvlangan bo‘lsa yoki neft debiti loyihadagi eng kam rentabellik darajasigacha pasaygan bo‘lsa, ishlatilayotgan quduq ushbu obyekt uchun o‘zining loyihadagi vazifasini bajargan hisoblanadi. Qatlamga haydalayotgan suv geologik-texnik sabablarga ko‘ra unga ta’sir ko‘rsatolmasa, u holda haydash qudug‘i boshqa obyektga ko‘chiriladi. Gaz omili ushbu obyekt uchun belgilangan meyordan yuqori bo‘lganda ham quduqlar boshqa gorizontlarga ko‘chiriladi.

    Quyidagi hollarda quduqlar texnik sabablarga binoan boshqa obyektlarga ko‘chiriladi: 1) quduqlarga "begona" suvlarning oqib kirishini to‘xtatish maqsadida izolyatsiya ishlarini amalga oshirish imkoniyati bo‘lmaganda; 2) mustahkamlash quvurlari birikmasining shikastlanganligi (ularni to‘zatish uchun texnik imkoniyatlar yo‘qligi) sababli quduqni ishlatish mumkin bo‘lmay qolganda; 3) quduqda murakkab, bartaraf etib bo‘lmaydigan (nasos-kompressor quvurlarining sinishi, qisilib qolishi va b.) texnik falokatlar yuz berganda.

    Quduq davlat kon-texnika nazoratining mutassadi tashkilotlari bilan kelishilganidan so‘ng boshqa obyektga ko‘chiriladi. Quduqni yuqorida joylashgan obyektga ko‘chirishda, pastdagi shu paytgacha ishlatilgan obyekt sement stakan (tikin) qo‘yish yo‘li bilan izolyatsiya qilinadi.

    5.4. Quduqni vaqtincha to‘xtatish va tugatish

    Quyidagilar vaqtincha to‘xtatiladigan quduqlar toifasiga kiradi:



    1. razvedka qilingan maydonlarda yoki konning yangi uchastkalarida sanoat miqyosida neft yoki gaz berayotgan razvedka quduqlari ularni qurish tugallangunga qadar va sanoat miqyosida yoki sinov tariqasida ishlatish boshlangunga qadar;

    2. neftgazlilik chegarasidan tashqarida burg‘ilangan razvedka quduqlari, agar ishlatish paytida ulardan haydash (yoki pyezometrik) qudug‘i sifatida foydalanish mumkin bo‘lsa;

    3. uyumning gazsizlanishi yoki muddatidan avval suvlanishi yuz bermasligi uchun foydalanish vaqtincha to‘xtatilgan neft va gaz quduqlari;

    1. mazkur uchastkada debiti cheklanganda sifatsiz neft bera boshlagan quduqlar;

    2. yong‘inga qarshi va sanitariya muhofazasi talablariga rioya qilish maqsadida hamda aholi punktlari yaqinida joylashganligi bois foydalanish to‘xtatilgan neft va gaz quduqlari;

    3. foydalanish jarayonida suvlangan neft va gaz quduqlari, agar ular konni keyinchalik ishlatish davom ettirilganda haydash (pyezo­metrik) qudug‘i sifatida ishlatiladigan bo‘lsa;

    7) yuqori darajada suvlangan va kam debitli, hozirgi paytda foydalanish samarasiz quduqlar, ularni vaqtinchalik to‘xtatish konni ishlatish holatining yomonlashuviga olib kelmagan sharoitda.
    Neft va gaz konlarini ishlatishda quyidagi quduqlar tugatiladi:

    1. o‘z vazifasini bajargan va burg‘alangandan so‘ng samarasiz bo‘lib qolgan razvedka va baholash quduqlari;

    2. loyihadagi chuqurlikka yetkazilmagan va geologik hamda texnik sabablarga binoan loyihada qayd qilingan intervallarni ochmagan quduqlar;

    3. noqulay geologik sharoitlarda burg‘ilangan (ya’ni maxsuldor obyekti bo‘lmagan yoki yomon kollektorlardan tarkib topgan) ishlatish, haydash va ko‘zatish quduqlari;

    4. razvedka yoki ishlatish qudug‘i sifatida rejalashtirilgan, lekin burg‘ilash sifati pastligi yoki burg‘alash jarayonida falokat yuz berganligi bois texnik sabablarga binoan tugatiladigan quduqlar;

    5. loyihadagi darajada suvlangan yoki neft debiti minimal (loyihadagi) miqdorgacha pasaygan bo‘lib, ulardan boshqa obyektda haydash, pyezometrik yoki ishlatish qudug‘i sifatida foydalanish mumkin bo‘lmaganda;

    6. geologik va texnik sabablarga binoan ularni haydash va ko‘zatish qudug‘i sifatida foydalanish mumkin bo‘lmaganda yoki maqsadga muvofiq bo‘lmaganda.

    Neftgazli intervallarni ochgan bo‘lsada texnik sabablarga ko‘ra tugatilishi lozim bo‘lgan quduqlar faqat davlat kon-texnika nazoratining hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda tugatiladi.

    Quduqlarni tugatishdan avval yer qa’rini muhofaza qilish talablariga rioya etish maqsadida izolyatsiya ishlarini amalga oshirish lozim. Mahsulsiz razvedka, izlov, parametrik, tayanch, mustahkamlash quvurlari o‘rnatilgan va kesimda suvli qatlamlarni ochgan quduqlardan tashqari barcha toifadagi quduqlardan mustahkamlash quvurlari birikmasi chiqarib olinadi (bu texnik jihatdan mumkin bo‘lgan joylarda), so‘ng quduq tanasiga sement yoki gil eritma quyiladi, quduq og‘zi esa sementlanadi.



    5.5. Atrof-muhitni muhofaza qilish

    Neft va gaz konlarini ishlatishda atrof-muhitni muhofaza qilishga jiddiy e’tibor berish kerak (16.1-mavzuga qarang).

    Neft va gaz konlarini ishlatish kon atrofi hududidagi tabiiy resurslarning holati bilan mustahkam bog‘liq. Konni ishlatishda qishloq xo‘jaligi va urmonzorlarga qarashli o‘nlab, yuzlab, ba’zida minglab kvadrat kilometrdan iborat bo‘lgan katta maydonlar ajratib beriladi. Konni ishlatish ehtiyojlari uchun har yili tabiiy suv havzalari (asosan daryolar)ning million, ba’zida yuzlab million kubometr suvlaridan foydalaniladi. Kon to‘la qurib bitqazilmagan sharoitda, ayniqsa uni o‘zlashtirish bosqichida, havoga chiqarilgan gazni va yo‘lakay (neft) gazini masha’la qilib yoqqanda atmosferaning zararli gazlar bilan bo‘lg‘anishi hollari ruy beradi. Ko‘pincha yer yuzasi (va tabiiy suv havzalari) quduq va boshqa kon inshootlari atrofi qatlam (oqava) suvlari va neft bilan kuchli ifloslanishi mumkin. Neft konlarining ishlatilishi natijasida yer yuzasini chukishi ham ko‘zatiladi (Kaliforniya, Grozniy).

    Grozniy, Ivan Grozniy - RF dagi shahar (1870 y.dan), Chechen Respublikasi (Ichkeriya) poytaxti (1944 y.dan 1957 y.gacha Grozniy viloyatining markazi). Sunja daryosi (Terek irmogʻi) vodiysida joylashadi. T. y.

    Shunday qilib, neft va gaz konlarini ishlatishda tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha quyidagi asosiy tadbirlarni amalga oshirish zarur:



    1. kon inshootlari uchun ajratiladigan yer maydonlari hajmini iloji boricha kamaytirish;

    2. atmosferani, yer yuzasini, tabiiy suv havzalarini gaz, neft, qatlam suvi va boshqa ishlab chiqarish chiqindilari bilan bulg‘anishiga qarshi tadbirlar belgilash;

    3. tabiiy suv havzalaridagi suvlardan foydalanishni kamaytirish;

    4. kondan foydalanishda yer yuzasining chukish jarayonini nazorat qilish va bu jarayonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar belgilash.

    Bu vazifalarni amalda hal qilish uchun quyidagilar zarur:

    1. kon obyektlari, neft va gazni yig‘ishning bir quvurli sistemasini va blokli avtomatlashtirilgan uskunalarni qurishning yangi industrlashgan blokli metodlarining tez joriy etilishini ta’minlash;

    2. hamma joyda kon obyektlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemalarini, neft va gazni yig‘ish va jo‘natishni, suvni nasos yordamida haydashning germetiklashtirilgan sistemalarini joriy etish;

    3. qatlamga suv bostirishda qatlam suvidan va kon kesimidagi boshqa suvli intervallarning suvidan to‘la foydalanish;

    4. neft bilan yo‘l-yo‘lakay qazib olinadigan gaz va boshqalardan to‘la foydalanishni ta’minlash.

    Jumladan, O‘zbekiston neft konlarida kon qurilishining yangi metodlaridan foydalanish sanoat qurilishi uchun ajratiladigan yer maydonlarini so‘nggi besh yilda ikki baravardan ziyod kamaytirish imkonini berdi. Yerning unumdor qatlamini tiklash bo‘yicha bajarilgan ishlar natijasida faqat oxirgi un yilda 200 km2 yerni qishloq xo‘jaligiga qaytarildi. Suvni tozalaydigan inshootlar qurish, suv bostirishda qatlam suvidan to‘la foydalanish, kompressor stansiyalari va boshqa texnologik obyektlarni havo bilan sovitishga o‘tkazish suv sarfini yiliga qariyb 180 mln. m3 ga kamaytirilishini ta’minladi.

    Neft va gazni yig‘ish, jo‘natish, saqlash, tozalash va topshirishning germstizatsiyalashgai sistemasini joriy etish neftning yiliga mutlaq yo‘qolishini 2,4 baravar yoki 0,6 mln. tonnaga kamaytirish va gazdan foydalanishni 92% ga yetkazish imkonini berdi. Shu yo‘l bilan atrof muhitning neft, gaz, oqava suvlar bilan ifloslanishining oldini qariyb butkul olish uchun sharoit yaratilmoqda.

    Yuqorida qarab chiqilgan omillar shundan dalolat beradiki, atrof muhitni muhofaza qilish tabiiy resurslardan omilkorlik bilan foydalanishning umumiy muammosida yer qa’rini muhofaza qilish bilan bevosita bog‘liqdir.

    5.6. Korxonalarda bajariladigan geologik xizmat

    Neft-gaz qazib oluvchi korxonalar va burg‘ilash tashkilotlari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradilar:



    1. Yangi quduqlarni burg‘ilash uchun yangi joylar (nuqtalar) tayyorlanishini ta’minlaydilar. Buning uchun razvedka va ishlatish quduqlarining burg‘ilash rejalari to‘ziladi; tegishli geologik hujjatlar (geologik, struktura va boshqa haritalar, kesmalar, quduqni burg‘ilash to‘g‘risidagi dalolatnoma, geologik hisobotlar va boshqalar) tayyorlanadi; quduqni qurish uchun joy ajratilishi ta’minlanadi (kelishiladi).

    2. Topografik-geodezik va marksheyderlik ishlari (geologik, geofizik va boshqa tadqiqotlar bajariladigan uchastkalarning planbalandlik holati hamda konlarning marksheyderlik rejalari va tof hamda yer shahobchalari rejalarini to‘zish bo‘yicha ishlar) amalga oshiriladi; quduq tanasi tasvirga tushiriladi; quduqni qurish ma’lumotlari tahlil qilinadi, ishlatilayetgan uyumlarniig yuqori qismi - yer yuzasining va quduq atrofining chukishi, kon inshootlari qurilgan zonada yer kuchish hodisalari ustidan geodezik ko‘zatuv olib boriladi.

    3. Quduqlarni burg‘alash va o‘zlashtirish ustidan geologik nazorat ta’minlanadi.

    Konni burg‘ilash jarayonida quyidagi geologik xizmat ishlari bajariladi: tasdiqlangan loyiha asosida konni burg‘ilashni va geologik-texnik naryadga muvofiq ravishda quduq qurilishini nazorat qilish; keyinchalik burg‘ilanadigan razvedka quduqlari joyini aniqlash va ishlatish loyihasiga to‘zatishlar kiritish maqsadida razvedka va ishlatish quduqlarini burg‘ilash natijalarini muntazam tahlil qilib borish va hakozo. Har bir quduqning to‘laqonli ma’lumotlar berishiga erishish lozim.

    Shu munosabat bilan geologiya xizmati xodimlari barcha quduqlar uchun shart bo‘lgan kon-geofizik tadqiqotlar majmuining amalga oshirilishini, kernning talabga to‘la javob beradigan hajmda chiqarilishini va shlam namunasi olinishini va uni darhol ko‘zatuvdan o‘tqazib, saqlanishi va tahlil qilinishini, quduqlarning sifatli burg‘ilanishini, burg‘ilash jarayonida neft, gaz va suv namunalari olinishini, quduqlarni sinab qurish va tajriba tariqasida ishlatilishini, konning gidrogeologik sharoitlarini o‘rganishni, quduqda suv oqimi chiqayotgan joyni belgilashni ta’minlashlari lozim. Bundan tashqari mahsuldor qatlamni ochishga va quduq tubini jihozlashga katta e’tibor berish kerak.

    Razvedka quduqlarini sinash, o‘zlashtirish va tajriba tariqasida ishlatib qurishda geologiya xizmatining asosiy vazifasi quydagilardan iboratdir: kon kesimida aniqlangan barcha neftli va gazli qatlamlarning to‘laqonli sinalishini ta’minlash; bir paytning o‘zida qatlam va quduq tubi bosimini o‘lchagan holda turli rejimlarda quduqlarning mahsuldorligi tavsifini aniqlash; neft va gazning tarkibini o‘rganish maqsadida katta chuqurlikdan va yer yuzasidan namunalar olish; quduqlarda amalga oshiriladigan izolyatsiya ishlarining zarurligini asoslash; quduqlarni tajriba - ishlatish jarayonida qatlam bosimi dinamikasini va gaz omilini hamda neftlilik va gazlilik chegaralari holatini o‘rganish; qatlamning ish rejimini aniqlash.

    4. Konning ishlatilishini kuzatish: neftli qatlamlardan va ayrim quduqlardan neft va gaz namunalari olish hamda ishchi omilni haydash meyorini asoslashda ishtirok etadi; qatlam bosimi o‘zgarishini, quduqlarni boshqa qatlamlarga qaytarishni, harakatlanayotgan suv va gaz chegaralari o‘zgarishini tartibga solishni, quduqlarni kapital ta’mirlashni diqqat bilan nazorat qiladi; qatlamning gazga to‘yinganligi va suvga to‘yinganligi o‘zgarishini, chiqarib olinayotgan suyuqlik va gazning fizik va kimyoviy xususiyatlarini nazorat qiladi; neft qazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishini geologik jihatdan asoslab beradi. Gaz quduqlariga gaz qazib olish bo‘yicha operatorlar xizmat qiladi.



    Gaz quduqlari ishining texnologik rejimini aniqlash maqsadida ularni tadqiq qilish qoida bo‘yicha konning geologik xizmati tomonidan har uch yoki olti oyda quduqqa xizmat qiladigan operatorlar ishtirokida amalga oshiriladi.

    1. 5. Ishlatish loyihalarini to‘zishda ishtirok etadi va konni ishlatish jarayoni ustidan nazorat olib boradi; uning samaradorligini tahlil qiladi; konni ishlatish paytida neft va gaz zahiralari o‘zgarishini nazorat qiladi.

    2. Neft va gaz qazib olishni rejalashtirish uchun geologiya-kon ma’lumotlarini tayyorlaydi va rejalashtirishda ishtirok etadi.

    3. Yer qobig‘i va atrof-muhitni mohofaza qilish uchun tadbirlarni amalga oshiradi.

    Har bir neft va gaz konida qo‘yidagilar bo‘lishi lozim:

    1. Yer qa’rini va konning yer yuzasidagi inshootlarini tavsiflovchi, u haqdagi asosiy ma’lumotlar yozilgan pasport; geologik ma’lumotlar (qatlamlar tavsifi, quduqlar fondi, neft, suv va yo‘lakay gaz qazib olish haqidagi ma’lumotlar); mavjud ishlab chiqarish va maishiy binolar, moddiy-texnik jihozlanish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

    2. kon va uning chegaralari ifodalangan plan, kondagi bino va inshootlarning va ularning ichidagi kommunikatsiyalar ko‘rsatilgan plan (neft, gaz va suv quvur o‘zatkichlari, magistral va kichik yo‘llar, kuchlanish va yoritgich elektr uskunalari, telefon aloqasi va boshqalar);

    3. geologik haritalar va har bir ishlatilayotgan qatlam bo‘yicha qazilgan quduqlarning joylashuvi ko‘rsatilgan konni ishlatish haritalari hamda quduqning hamma zaruriy hujjatlari (kesimlar, jurnallar, karotaj diafammalari va boshqalar).


    X U L O S A

    1. Kondan olinadigan va quvurlar orqali uzatiladigan gazlarning va gaz kondensatlarining tarkibi tahlil qilindi.

    2. Gaz haydovchi, gaz uzatuvchi qurilmalarda fazalar o‘zgarishi bilan bog‘liq gidrodinamik tarametrlari hisobi metodikasi yaratildi.

    3. Quvurlarda gaz-suyuqlik aralashmasi harakatining fazalar almashmasi harakatining fazalar almashinuvi bilan bog‘liq gidrodinamik parametrlari hisobi metodikasi yaratildi.

    4. Quvurlarda gaz-suyuqlik harakati jarayonida yuzaga keladigan oqim strukturasi klassifikatsiyasi keltirildi.

    5. Quvur uzunligi bo‘yicha yuz beradigan bosim o‘zgarishini hisoblovchi formula yaratildi.

    6. Relfli trassada hosil bo‘ladigan ifloslanish hajmi aniqlandi.

    7. Quvurlarning pastki tushuvchi va yuqoriga keladigan oqim strukturasi va ularning oqim tezligiga bog‘lanishi aniqlandi.

    8. Neft va gaz konlarini hamda atrof-muhitni muhofaza qilish, korxonalarda bajariladigan geologik xizmat jarayonida yuzaga keladigan ekologik vaziyatlar tahlil qilindi va biriruv malakaviy ishda bayon etildi.

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

    1. Karimov I.A. O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat. T.: “O‘zbekiston”, 1992 y.

    2. Karimov I.A. O‘zbekiston – bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li. T.: “O‘zbekiston”, 1993 y.

    3. Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy – siyosatining ustuvor yo‘nalishlari. T.: “O‘zbekiston”, 1993 y.

    4. Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashrish yo‘lida. T.: “O‘zbekiston”, 1995 y.

    5. Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiy tizimini barqaror rivojlantirish yo‘lida. T.: “O‘zbekiston”, 2008y.

    6. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. T.: “O‘zbekiston”, 2009 y.

    7. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. T.: “O‘zbekiston”, 2010 y.

    8. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostanasida. T.: “O‘zbekiston”, 2011 y.

    9. Karimov I.A. «2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan yo‘l bo‘ladi». T.: “O‘zbekiston”, 2012 y.

    10. Bobojonov Y. Оценка объема отложений для их утимлизации при очистке газопровада. Материалы международной научно – технической конференции. Тошкент 23-24 сентаби. 2009 г. С. 59-62

    11. ITD – 13 – 030 davlat granti hisobotlari. Ilmiy Y.Bobojonov.

    12. Садуллаев Р и др. Расчет магистрального газопровода с учетом рельефа местности «Газовая промышленность», Москва-2003, № 8,с. 58-59

    13. Садуллаев Р. Хужаев И.К., Рахимов А.Х. Закономерности изменения давления в рельефном магистральном газопроводе в стационарном неизотермическом режиме /Вопросы вычислительной и прикладной математики/ - Ташкент – 2005. Вып. 114-с. 88-92

    14. Умаров А.И. и другие Гидроаэродинамика многофазных смесей в трубах. Ташкент 2004, с. 184

    15. Бабаджанов Ю.Т. Хамидов А.А. Кавитационное обтекание колеблющегося диска в цилиндрической трубе // докт. АН УзССР.-1985.-№11.

    16. Бабаджанов Ю.Т. Задача о кавитационном обтекании колеблющегося конуса в цилиндрическом канале //Тезисы докладов II Всесоюзной конференции «Нелинейные колебания механических систем» Горьктй, 1990 г

    17. Бабаджанов Ю.Т. Халимов Г.Г. Теплообмен в трубе при нелинейных колебаниях газа большой амплитуды // Проблемы механики. 2003, №

    18. Бабаджанов Ю.Т. Хайриддинов Б.Э. Нелинейные колебания газа в трубе с открытом концом // Проблемы механики 2003, №4.




    Download 1,03 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




    Download 1,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Konni ishlatish mobaynida yer qa’rini muhofaza qilish

    Download 1,03 Mb.