Qarshi davlat universiteti




Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/25
Sana11.05.2022
Hajmi1.37 Mb.
#20861
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
avtomobil dvigatellarning korsatkichlarini oshirish usullari va ularni rivojlantirish istiqbollari
Лекция 2. Классификация микропроцессоров, bozor infratuzilmasi, jadval, Uchta maydondan iborat ma\'lumotlar tuzilmasi berilgan butun son, 5-22 Taqvim, 1-ma’ruza mavzu fanga kirish. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (1), 90029, 170171, Dars ishlanma
Xulosa va takliflar 
Bitiruv malakaviy ishida kasb-hunar kollejlarida "Avtomobil 
dvigatellarning ko‟rsatkichlarini oshirish usullari va ularni rivojlantirish 
istiqbollari " mavzusini o‟qitishda “Aqliy hujum” metodidan foydalanish 
metodikasi ishlab chiqildi. Bitiruv malakaviy ish mavzusi bugungi kun 
talablaridan kelib chiqib, kasb-hunar ta‟limi jarayoda dars mashg„ulotlarini 
zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishga, ulardan 
unumli foydalanish orqali berilayotgan materialning tez tushunib idrok 
qilinishi bilan bir qatorda, ta‟lim jarayoni sifat va samaradorligini 
oshirishdagi dolzarb masalani yechishga qaratildi. 
1. Dars jarayonlarida qo„llaniladigan ta‟lim metodlari berilayotgan o„quv 
materialini o„quvchilarning puxta o„zlashtirishiga yordam beradi, ularning 
fikrlash faoliyatini o„stiradi, har narsani bilishga ishtiyoq uyg„otadi. Fahm – 
farosatli, mustaqil ijod qilishga intilish kabi shaxsiy fazilatlarini 
tarbiyalashga yordam beradi.
2. Ta‟limning ilg„or metodlari asosida tashkil etilgan dars mashg„ulotlariga 
Aqliy hujum metodlari qo„llanilsa dars yanada samarali va tushunarli 
bo„lib, dars jarayonida o„quvchilar faolligini sezilarli darajada oshiradi. 
3. Ta‟lim jarayonida faol o„qitish metodlari o„quv materialini egallash 
jarayonida o„quvchilarni fikrlash va bilish faoliyatiga undaydi.
4. Faol o„qitish metodidan quyidagicha foydalaniladi: o„qituvchi o„quv 
materialini qayta tushuntirishda, o„quvchilar faol bilish va amaliy ishlar 
jarayonida mustaqil bilim hamda ko„nikmalarni egallashlarida.
5. Aqliy hujum metolaridan darsning har xil bosqichlarida: bilimlarni 
dastlabki o„rganishda, mustahkamlash va takomillashtirishda, ko„nikma, 
malakalarni shakllantirishda foydalanish maqsadga muvofiq. Bunday 
tashkil etilgan dars mashg„ulotlarida o„quvchilar tomonidan o„tilayotgan 
material puxta o„zlashtirilishiga, uzoq vaqt xotirasida saqlanishiga, idrok 
qilish vaqtini qisqartirishga zamin yaratiladi. Bunda o„qituvchi darsga 
ajratilgan vaqtdan unumli foydalanadi, talabalar diqqatini o„quv 


57 
materialiga jalb qiladi va talabalarda fanga nisbatan ijobiy munosabatlarini 
tarkib toptiriladi. 
6. Kollej ta‟lim jarayonida pedagogik texnologiyani qo„llashning yana bir 
muhim ahamiyati shundaki, komil shaxsni shakllantirish uchun poydevor 
bo„lgan pedagogik jarayonni takomillashtirish, insonparvarlashtirish, 
o„quvchining mustaqilligini ta‟minlash bilan birga, ularning keyingi 
faoliyatlarida pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish malakalari 
shakllantiriladi. 
7. Kollej ta‟lim jarayonini o„qitishning texnik vositalari asosida olib 
borilishi muhim ahamiyatga ega. Bu o„quvchilarning zamonaviy texnika 
vositalaridan unumli foydalanish ko„nikmalarini shakllantirib, texnik 
ijodkorlik tafakkurlarini o„stiradi.
8. Kollej ta‟lim jarayonida amaliy mashg„ulotlarning samaradorligini 
oshirish maqsadida quyidagi takliflarni beraman: 
- kollej ta‟lim jarayonidagi eski uslubdagi an‟anaviy o„qitishdan voz 
kechish, o„rniga yangi uslubdagi o„qitish texnologiyalarini qo„llash 
maqsadga muvofiq; 
- ta‟lim jarayonida zamonaviy o„qitishning texnik vositalaridan 
foydalanish ko„lamini kengaytirish lozim; 
- kollejdagi mavjud texnika va texnologiyalarni ishlata oladigan, ulardan 
pedagoglik faoliyatida unumli foydalanishga qodir kadrlarni tayyorlashni 
yo„lga qo„yish maqsadga molik; 
- nazariy dars mashg„ulotlarini o„tishda Aqliy hujum metodlaridan 
foydalanishni yo„lga qo„yish lozim. 
- o„quvchilarga amaliy mashg„ulot topshiriqlarini mustaqil bajarishlari 
uchun instruksion-texnologik kartalar berilishi lozim.
“Aqliy hujum” metodi asosida “Avtomobil dvigatellarning ko‟rsatkichlarini
oshirish usullari va ularni rivojlantirish istiqbollar” ni о„qitish texnologiyasi 
bо„yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar KHK da maxsus fan о„qituvchilari, о„quv 
ustalariga amaliy yordam beradi va ta‟lim samaradorligini oshirishga xizmat 
qiladi deb hisoblaymiz. 


58 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati. 
I.A.Karimov Barkamol avlod – O„zbekiston traqqiyotining poydevori. –T.:, 
Sharq, 1998 y. 
I.A.Karimov. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O„zbekiston sharoitida uni 
bartaraf etishning yo„llari va choralari. –T.:, O„zbekiston, 2009 y. 
R. Mavlonova va boshqalar. Pedagogika. –T.:, O„qituvchi, 2001 y. 
N. G„aybullayev va boshqalar. Pedagogika. –T.:, 2000 y. 
O„.Tolipov, M.Usmonboyeva. Pedagogik texnologiya: nazariya va 
amaliyot. –T.:, «Fan», 2005 y.
Avtomobil dvigatellari nazariyasi. E. Fayzullaev – T: TAYI nashryoti. 
2008y.
Ichki yonuv dvigatellari S.M.Qodirov. . –T.:, TAYI nashryoti, 2002 y. 
Avtomobil dvigatellari. M. S.Xovax –T.:, Q‟qituvchi , 1977 y.
X.M. Mamatov va boshqalar. Avtomobillar. Konstruksiya va nazariya 
asoslari. Toshkent .«O„qituvchi», 1982, 229-245 b. 
Instruksii po ekspluatatsii i TO avtomobiley ESPERO, NEKSIY, TIKO i 
DAMAS, SEUL, KOREYA "DAEWOO MOTOR KO.,LTD. 
L.Qudratov, T. G„aniyev. Mehnat muhofazasi. –T.:,Uzinkomsentr, 1992
P.Baratov. Tabiatni muhofaza qilish. Toshkent, O„qituvchi, 1991 y. 
Internet saytlari: http://www.referat.ru/; 
http://www.edu.uz/; 
http://www.ust.lg.ua/news/;
http://www.ziyonet.uz/;
http://www.bilimdon.uz/library/

Download 1.37 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish