• Hissiy obrazlar vositasida flkrlash.
  • Sportchi diqqatini boshqarish




    Download 338,67 Kb.
    bet9/63
    Sana15.12.2023
    Hajmi338,67 Kb.
    #119688
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   63
    Bog'liq
    Qarshi davlat-www.hozir.org
    1-sinf Ona tili va o\'qish savodxonligi taqvim mavzu reja 2022-2023, Matem ona tili o\'qish test 1 chor, Matematika masala etaplar, Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti raqamli t, 1-sinf-ingliz-tili-ish-reja, oraliq2, 5-sentabr (восстановлен), BOYCHECHAK CHIQIBDI, IMG 0002, KTE. 5-topshiriq, Bino, Gazlamashunoslik, avto shinalar, Kurs ishi, Faryod robototexnika 1-mustaqil ish
    Sportchi diqqatini boshqarish. Sportchi kuchli hayajonda bo'lganligi bois, musobaqa jarayonida sodir bo'layotgan ko'pgina vo-qea va hodisalarning kelib chiqish sabablarini diqqat bilan aqlan hal qilishda kutilmagan qiyinchiliklarga uchraydi. Masalan, ayrim sportchi-lar balandlikka sakrashda langarcho'p orqali balandlikka ko'tarilishi natijasida hayajonlanish, bezovtalanish, tashvishlanish holatini oshirib yuboradi. Natijada ularda fikrini bir nuqtada to'plab, uni aniq bir obyektga yo'naltirishda ishonchsizlik bilan harakatlanish holati sodir bo'ladi. Shuningdek, bokschi ketma-ket zarbani qo'yib yuborishi sababli, hujumdan ko'ra ko'proq himoyaga o'tadi va unda diqqat bilan turli xil jangovar usullardan yaxshiroq foydalanish holatlari pasayib ketadi, jang olib borishda raqibining zaif himoya usullarini aniqlash harakatlari susayadi; raqib imkoniyatlari, harakatlari to'g'risida vaqtida yetarli ma'lumot ololmaydi; aniq vaziyatni hisobga olib fikran jang rejasini tuzishda, mustaqil bir qarorga kelishda qiynaladi. Shuning uchun sportchilar bilan diqqatni murakkab vaziyatlarda ham aniq zaruriy obyektga to'plash va yo'naltirishga yordam beradigan har xil mashqlar o'tkazish orqali ularda o'z diqqatini boshqarish malakalarini rivojlan-tirish zarur.
    2. Hissiy obrazlar vositasida flkrlash. Sportchi bu uslub yordamida bo'lajak musobaqada o'z harakatini xayolan obrazlar vositasida tafakku-rida mushohada etib, fikran tasawur etadi, mashq qiladi. Natijada sportchi xayolan mashq qilgan harakatlarini musobaqa jarayonida (amal-da) tez, shiddatli, yuqori darajada aniq bajarish imkoniyatiga ega bo'ladi. O'z harakatlarining boshlanish, o'rta va keyingi qismlari izchilligini saqlagan holda bir necha obrazlarda xayolan takror va takror ishlab chiqadi. Sportchi fikran oddiy hissiy obrazlardan murakkab obrazlarga o'tadi. Bu obrazlar real hayotda, sport amaliyotida (jismoniy mashqlar va musobaqa jarayonida) kuzatilgan, orttirilgan tajribalarga ko'ra musho-hadalar natijasida yuzaga keladi. Jumladan, qachondir qozonilgan g'alaba, o'rnatilgan yangi rekord yoki muddatidan oldin o'z raqibi ustidan qozonilgan g'alaba to'g'risidagi turli aniq-tiniq obrazlar yor­damida fikran mashq qilish ham sportchining musobaqalarda g'oyat aniqlik bilan harakat qilishini ta'minlaydi.

    Download 338,67 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   63




    Download 338,67 Kb.