• Podstantsiyalarda transformatorlar tanlash va ular parametrlarini hisoblash
  • 5.3. Hisobiy yuklamalarni aniqlash
  • 5.4. Yopiq variantda dastlabki quvvat taqsimlanishi
  • 5.5. Haqiqiy quvvat taqsimlanishini aniqlash va xalqani U n kuchlanishi bo’yicha quvvat isrofiga hisoblash
  • Yopiq sxemali variantning elektr ta’minoti hisobi




    Download 5.39 Mb.
    bet11/18
    Sana24.03.2017
    Hajmi5.39 Mb.
    #1802
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
    5. Yopiq sxemali variantning elektr ta’minoti hisobi

    5.1 Yopiq tarmoq va qo’shilmalari kuchlanishni tanlash

    Halqa kuchlanishi 4 - bo’limdagi tavsiyalarga asosan podstantsiyalar quvvatlari va tarmoqlar uzunligi bo’yicha tanlanadi.

    Qo’shilmalar kuchlanishini radial variantdagidek va ta’minlovchi podstantsiya kuchlanishi asosida tanlanadi.


      1. Podstantsiyalarda transformatorlar tanlash va ular parametrlarini hisoblash

    Podstantsiyalarda iste’molchilar toifasi va quvvatini, transformatorlar soni va quvvatini tanlash (4.3) da ko’rsatilganidek bo’ladi. Shuni hisobga olish kerakki, yopiq variantda halqaga ulangan barcha podstantsiyalar YuK tomonida halqa kuchlanishiga ega bo’ladi va ba’zi podstantsiyalar uchun radial variantlaridagiga nisbatan boshqa quvvatli transformator tanlash kerak. Ular uchun parametrlar takroran aniqlanmaydi, faqat radial variantga qaralsin deb ketiladi.

    5.3. Hisobiy yuklamalarni aniqlash

    Murakkab yopiq tarmoqlarni hisoblash uchun “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” kursida o’rganiladigan uslublar, kontur yoki tugun tenglamalari, o’zgartirish va boshqa murakkab uslublar ishlatilishsi mumkin.

    Biroq bu kurs loyihasi o’quv maqsadini ko’zlagani uchun biz yopiq elektr

    tarmoq sifatida berilgan hududni ta’minlashning oddiy halqali variantini ko’rib chiqloyihasini tavsiya etamiz.

    Bunda xalqali elektr tarmoq ikki tomonlama ta’minlanuvchi tarmoqni ikkita mustaqil radial variantga bo’linadigan tok yoki quvvat bo’linish nuqtasini izlashga asoslanadi. Bu tarmoqlarni hisoblash radial variantdagi kabi bajariladi. Xalqali hisoblashni boshlashda shuni esda tutish kerakki xalqadagi haqiqiy quvvatlar oqimini faqat yuklamalar quvvati va tarmoqlar parametrlari, ya’ni qarshiliklar va o’tkazuvchanliklar ma’lum bo’lsagina topish mumkin. Boshqa tomondan HTlarining kesimlari va parametrlarini xalqadagi quvvatlar oqimini aniqlamasdan turib hisoblab bo’lmaydi. Shuning uchun xalqani dastlabki hisoblashda ba’zi chekinishlarga yo’l qo’yamiz:

    1. Ta’minot manbaalarining kuchlanishi, qiymati va fazalar mosligi bo’yicha bir xil hisoblanadi.

    2. Elektr tarmoq bo’ylab kuchlanish bir xil, ya’ni kuchlanish isrofi hisobga olinmaydi.

    3. Xalqada quvvatlar oqimi hisoblanganda transformatorning YuK tomoniga keltirilgan yuklamalardan foydalaniladi. Masalan, agar halqaga “B” podstantsiya ulangan bo’lsa, undan O’K tomonida 2-HT bo’yicha “C” podstantsiya ta’minlanadi, unda xalqani hisoblashda “B” nuqtadagi quvvat qilib

    111 + 62,5 = 173,5 MVA emas, balki YuK shinasidagi hisobiy yuklama

    S10 = (153,626 + j130,49) MVA qabul qilinadi.

    4. Xalqadagi quvvat taqsimlanishi tarmoqlaridagi quvvat isrofini hisobga olmasdan aniqlanadi.

    5. Radial variantda kompensatsiya uskunasi qo’llangan podstantsiya quvvatni xalqali variantda ham shu kompensator reaktiv quvvatini qo’shib hisoblanadi.

    6. Agar xalqaga berilgan grafik bo’yicha doimiy yuklanish bilan ishlaydigan bazis stantsiya bo’lsa unda uni teskari yuklama, ya’ni Pr + Qr, o’rniga - (P r + Qr,) ko’rinloyihasida tasvirlash kerak. Keyingi hisoblashlarda bu quvvatni yuklama sifatida ko’rish lozim bo’ladi.

    5.4. Yopiq variantda dastlabki quvvat taqsimlanishi

    Oddiy yopiq tarmoqni hisoblashni misol tariqasida ko’rib chiqamiz:

    5.1-rasmdagi sxemani ko’rib chiqishda yuklamalar qaysi tomondan ta’minlanloyihasi noma’lum. Masalan,”B” nuqtadagi yuklama quvvat qaysi tomondan (o’ng, chap yoki ikki tomondan) oqib keladi. Yopiq tarmoqda quvvatni dastlabki taqsimlash uchun ta’minot manbai ikkiga ajratiladi Ta’minot manbaini kesib (shtrix chiziq) ikki tomonlama ta’minlanuvchi tarmoq hosil qilamiz, bunda ular kuchlanishi bir xil, ya’ni Ua + Ub (5.2 - rasm).

    5.1 - rasm. Oddiy yopiq tarmoq.



    5.2- rasm. Tarmoqda quvvatni taqsimlanishi.

    Barcha HT lari kesimlari bir xil, ya’ni r0 = const va xo = const deb chekinishga yo’l qo’yamiz.

    Bir xil kesimli elektr tarmoqda ko’rilgan, ikki tomonlama ta’minlovchi tarmoqda ta’minot punktlaridan chiquvchi quvvatni topish qoidasiga asosan, ta’minot punktlaridan chiqadigan quvvat quyidagi formula bo’yicha topiladi.


    SA = Sb =
    =

    Xatoga yo’l qo’ymaslik uchun hisoblashda tekshirish bajarilishi lozim.

    Sa+ SB = Sa + Sb + Sc + Sd = (39,09 + j26,36) + (100,91 + j7364) = (20 + j10) + (40 + j30) + (50 + j40) + (30 + j20) = 140 + j100.

    Demak, hisob – kitob to’g’ri bajarilgan. Istalgan ta’minot manbaidan chiqadigan quvvat aniqlangandan keyin, Kirxgofning I–qonunini qo’llab tarmoq uchastkalaridan

    oqadigan quvvatlarni aniqlash mumkin:

    SA-a = 39,09 + j26,36 MVA,

    Sa-b = SA-a - Sa = (39,09 + j26,36) - (20 + j10) = 19,09 + j16,36 MVA,

    Sb-c = Sa-b - Sb= (19,09 + j16,36) - (40 + j30) = - (20,91 + j13,64) MVA,

    Sc-d = Sb-c - Sc = - (20,91 + j13,64) - (50 + j40) = - (70,91 + 53,64) MVA,

    SB-d = Sc-d - Sd = - (70,91 + 53,64) - (100,91 + j73,64) MVA.

    (+)Musbat qiymatli quvvatni “A” ta’minot manbaidan chiqadigan, (-)manfiy qiymatli quvvatni “B” ta’minot manbaidan chiqadigan yo’nalishi bilan strelkalar orqali ko’rsatamiz (5.3 - rasm)

    5.3 - rasm. Elektr ta’minotida quvvatlarni yo’nalishini ko’rsatish.


    5.3-rasmda ko’rinadiki “B” nuqtaga quvvat ikki tomonlama keladi va iste’molchilarda to’liq iste’mol qilinadi demak, bu nuqta quvvat bo’linish nuqtasi hisoblanadi. Har bir uchastkadagi quvvat va halqa kuchlanishi ma’lum demak, bu uchastkalar kesimlarini aniqlaymiz, halqa uchun TM = 5000 soat va jiq = 1,4 qabul qilingan.

    Masalan, A - a uchastka uchun:


    IA-a = = .

    A-a HT kesimi:



    mm2.

    6.3 - jadvaldan AC - 185 kesimli simni tanlaymiz.


    Huddi shunday xalqaning boshqa uchastkalaridagi HTlari uchun kesim aniqlanadi. Tanlangan kesimlar avariyaga, ya’ni halqaning har bir uchastkasi o’chishi bilan bo’ladigan avariyaga tekshiriladi. Buning uchun har bir tarmoqdagi quvvatni aniqlab jadvalga tushiramiz.

    5.1- jadval




    Tarmoqlar- ning o’chishi

    Tarmoqlardagi quvvat, MVA

    HTA-a

    HTa-b

    HTb-c

    HTc-d

    HTB-d

    HTA-a

    -

    15,7

    50,7

    95,5

    120,8

    HTa-b

    15,7

    -

    35

    79,8

    105,1

    HTb-c

    50,7

    35

    -

    44,8

    70,1

    HTc-d

    95,5

    79,8

    44,8

    -

    25,3

    HTB-d

    120,8

    105,1

    70,1

    25,3

    -

    Jadval avariyadan keyingi rejim uchun tuziladi (5.4 - rasm), bunda yuklamalar 70% gacha kamayishi mumkin. Jadvaldan ko’rinadiki, tanlangan HTlari kesimi davomiy ruxsat etilgan quvvat bo’yicha tekshirilishi kerak (quyidagi maksimal quvvat oqimlari uchun 5.1 - jadvalga qaralsin).



    5.4-rasm. Yopiq elektr tamoq.
    Misol tariqasida HTA-a tarmoqni tekshiriladi: 5- jadvaldan AC-185 uchun (UN =110kV uchun) Spe = 103MVA yozib olamiz. Bu quvvat haqiqiy quvvat 120,8MVA dan kichik. Standart kesimlar pog’onasidan keyingisini tanlaymiz, ya’ni ACO -240 Spe =122MVA. Huddi shunday xalqaning boshqa uchastkalari ham qizishga tekshiriladi. Xalqaning barcha uchastkalari kesimlari qizishga tekshirilgandan keyin qat’iy tanlangan kesimlar parametrlari hisoblanadi, 4.2 dagi tavsiya asosida. Tanlangan tarmoq kesimlari va parametrlari hisob natijasi quyidagi jadvalda keltirilgan.
    5.2 -jadval


    Tarmoqlar nomi

    Sim markasi va kesimi

    Om

    Om

    MVAr

    MVAr

    HTA-a

    ACO-240

    2,6

    8,02

    0,8

    0,4

    HTa-b

    ACO-240

    1,95

    6,45

    0,6

    0,3

    HTb-c

    ACO-240

    1,3

    4,3

    0,4

    0,2

    HTc-d

    ACO-240

    0,33

    1,1

    0,4

    0,2

    HTB-d

    ACO-300

    0,54

    0,98

    0,39

    0,19


    5.5. Haqiqiy quvvat taqsimlanishini aniqlash va xalqani Un kuchlanishi bo’yicha quvvat isrofiga hisoblash
    Elektr tarmoqlar bo’ylab aniqlangan quvvat taqsimlanishi alohida uchastkalardagi quvvat isrofi va reaktiv quvvat generatsiyasini hisobga olib bajariladi.(5.5- rasm). Quvvat bo’linish nuqtasi va unga oqib keladigan quvvat ma’lum bo’lgani uchun xalqa quvvat bo’linish nuqtasida olinadi va ikkita radial tarmoq qabul qilinadi.

    5
    .5-rasm. Yopiq tarmoqning quvvatlar bo’yicha hisobi.




    Download 5.39 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




    Download 5.39 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yopiq sxemali variantning elektr ta’minoti hisobi

    Download 5.39 Mb.