XIV chapter . PRODUCTION OF BITUMEN, TECHNICAL
HYDROCARBONS AND OTHER PRODUCTS
14.1. Installation of bitumen continuously operating column type
522
14.2. Installation of reactor-type bitumen (pipe in pipe)
525
14.3. Requirements for the quality of bitumen
527
14.4. Methods for producing petroleum bitumen.
537
14.5. Acids, Hydroxyacids, Asphaltogenic Acids, Hydrocarbons, Resins,
Asphaltenes, Carbenes and Carbides
541
14.6. Technological scheme of the production of wet granulation and heat
distributions
553
14.7. Sulfur production from technical hydrogen sulfide
558
14.8. Production of sulfuric acid from hydrogen sulfide
563
XV chapter . MODERN CONDITION AND ACTUAL PROBLEMS OF OIL
REFINING
15.1. Complex equipment in the production of petroleum products
569
15.2. Technology of chemical processing of hydrocarbons
575
15.3. Main products of petrochemistry
578
15.4. Modern technology for the production of engine oils for refining oil
residues
582
15.5. Major trends and current problems in the production of high-quality
motor fuels
589
15.6. Brief description and classification of refineries.
605
15.7. Basic principles of refinery design
610
15.8. Ecological problems in oil refining technology
615
15.9. Current state and development trends of the oil refining industry in the
world
622
Glossary
630
References
640
20
KIRISH
Darslikda neft va gazning fraksion tarkibi, ularni qayta ishlashga
tayyorlash texnologiyasi, katalitik, termik, gidrogenizatsiya jarayonlari, yuqori
oktanli benzin fraksiyalarini ishlab chiqarish, uglerodli gazlarni qayta ishlash,
gazlarni fraksiyalarga ajratish texnologiyalari va qurilmalari, vodorod ishlab
chiqarish texnologiyasi, aromatik uglevodorodlarni va neftli bitumlarni ishlab
chiqarishning texnologik jarayonlari ko‗rib chiqilgan.
Bugungi kunda ―O‗zbekiston GTL‖ zavodini dunyodagi yetakchi
litsenziar kompaniyalar – Sasol (JAR), Haldor Topsoe (Daniya) va Chevron
(AQSh) texnologiyasi asosida barpo etilmoqda. Qurilish ishlari bosh pudratchi –
Koreya Respublikasining Hyundai Engineering Co. Ltd. va Hyundai
Engineering and Construction Co., Ltd, Сингапурнинг Enter Engineering Pte.
Ltd. kompaniyalari tomonidan olib borilmoqda.
Majmua uchun zarur 11 mingdan ortiq texnologik uskunalar Yaponiya,
Janubiy Koreya, Singapur, AQSh, Germaniya, Italiya, Xitoy, Rossiya kabi 21
davlatdagi 126 zavodlarda tayyorlanmoqda.
―Tabiiy gazdan sintetik suyuq yoqilg‗i (GTL) olish juda noyob jarayon
bo‗lib, yuqori texnologiyalar va murakkab ilmiy yechimlarni talab etadi.
Hozirda dunyoda bunday zavodlar atigi beshta, o‗zimizda qurilayotgan zavod
oltinchisi bo‗ladi‖.
Mazkur ulkan loyihaning umumiy qiymati 3,6 milliard AQSh dollariga
teng. Loyiha amalga oshirilishi natijasida yiliga 3,6 milliard metr kub gaz
chuqur qayta ishlanib, YEVRO-5 standartlariga javob beradigan 1,5 million
tonna sintetik suyuq yoqilg‗i ishlab chiqariladi. Bular 311 ming tonna
aviakerosin, 743 ming tonna dizel yonilg‗isi, 431 ming tonna nafta, 53 ming
tonna suyultirilgan gazdir. Tabiiy gaz shunchaki xomashyo sifatida emas,
qo‗shimcha qiymatli mahsulot sifatida sotiladi. 1000 metr kub tabiiy gazning
eksport narxi hozirgi kunda 155 dollar atrofida bo‗lsa, bo‗lg‗usi zavodda
shuncha gazni qayta ishlash orqali 300 dollarlik mahsulot ishlab chiqariladi.
21
Yiliga hisoblaganda, tabiiy gazdan ko‗ra tayyor GTL mahsulotlaridan
ko‗riladigan qo‗shimcha daromad 576 million dollardan oshadi.
Ushbu zavod Sho‗rtan gaz-kimyo majmuasining yonida joylashgani
umumlashgan infratuzilma obyektlaridan foydalanishda qulaylik yaratadi. Bu
yerda yana bir loyiha – Sho‗rtan gaz-kimyo majmuasining quvvatini 125 ming
tonnadan 505 ming tonnagacha oshirish loyihasi rejalashtirilgan. GTL
zavodidan chiqadigan naftani qayta ishlab, yangi turdagi polietilen va
polipropilen mahsulotlari ishlab chiqarish ko‗zda tutilgan hamda kelgusida
kimyo, avtomobilsozlik, turizm, farmatsevtika, to‗qimachilik va boshqa
sohalarni yanada rivojlantirishga asos bo‗ladi.
Neft mahsulotlarini assortimentiga va sifat darajasiga qo‗yiladigan
zamonaviy talablar neft mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasini texnik
yuksalishiga, eng mukammal texnologik qurilmalarni va ishlab chiqarish
majmualarini yaratishda hal qiluvchi ta‘sir etdi. Neftni qayta ishlashni yanada
chuqurlashtirish quyidagi jarayonlarda asosiy e‘tiborni kuchaytirishni talab
qiladi: katalitik krekingni, gidro-tozalashni va gidrokrekingni, qoldiqlarni
kokslanishini va tanlangan og‗ir distillyat xom-ashyosini, parafinsizlashtirish va
zamonaviy sxemalar asosida moysizlashtirish. Juda yuqori sifatga ega bo‗lgan
sifatli neft mahsulotlarini olishda benzin fraksiyalarini to‗g‗ri haydashdagi
katalitik riforming jarayonlari, izomerlash, seolitlar yordamida kerosinli
distillyatlarni ajratish, plastik surkovlarni ishlab chiqarish jarayonlari, yoqilg‗iga
qo‗shmalar va yog‗lovchi materiallarni olishda qo‗llaniladigan texnologiyalarni
va texnikalarni takomillashtirishni talab etadi.
Neftni qayta ishlashni zamonaviy texnologiyasida yuqori sifatli
mahsulotlarni ishlab chiqarish ko‗p pog‗onali texnologiyaga mansubdir.
Ko‗pgina holatlarda asosiy jarayonlar bilan bir qatorda tayyorlash hamda
tugallash ishlari olib boriladi. Texnologik jarayonlarni tayyorlashga quyidagilar:
neftni qayta ishlashdan oldin uni tuzsizlantirish, keng fraksiyali tarkibning
distillyatlaridan chegarasi bo‗yicha qisqa qaynash fraksiyalarini ajratish;
katalitik riforming oldidan benzin fraksiyalarini gidro-tozalash; katalitik
22
krekingga yo‗naltirilgan gazoyl‘ xom-ashyosini gidro-oltingugurtsizlashtirish;
absorbsiyali ajratishdan oldin kerosin distillyatini gidrotozalash va boshqalar
mansubdir.
Zamonaviy neftni qayta ishlash zavodlarida neftni xom-ashyosini har xil
tarkibli va belgilangan sifatdagi keng gammali mahsulotlarni yuqori samarali
olish mumkin. Neftni qayta ishlash zavodlarini doimiy sxemalarini sonini va
modifikatsiyalangan qurilmalarni o‗sishi ularni tizimlashtirishni talab qiladi.
Neftni qayta ishlashni texnologik sxemalari va qo‗llaniladigan jihozlar
haqidagi ma‘lumotlar ―Neft va gaz konlarini mashina va jihozlaridan
foydalanish‖ magistratura mutaxassisligi, ―Texnologik mashinalar va jihozlar‖
bakalavr ta‘lim yo‗nalishi bo‗yicha ta‘lim olayotgan talabalar hamda neftni
qayta ishlash sanoati sohasida faoliyat ko‗rsatayotgan xodimlar uchun ushbu
darslik zarur bo‗lgan texnik adabiyot hisoblanadi.
Darslikda motor yoqilg‗isi distillyatlarini, surkov materiallarni, qattiq
uglevodorodlarni-parafinlarni va serezinlarni, neftli koksni va bitumni, texnik
uglerodni (quruq), yengil uglevodorodlarni katalitik konversiya qilish asosida
vodorod olish, bir necha turdagi neftkimyo mahsulotlarini (etilen, suyuq
parafinlar), elimentar oltingugurt olishning texnologik sxemalari keltirilgan. Bu
profilda neft xomashyosini tayyorlashga tegishli bo‗lgan bir qancha jarayonlar
ko‗rib chiqilgan. Ularni qayta ishlash jarayonlarining soni va usullar juda
ko‗pdir. Darslikda namunaviy texnologik jarayonlar va zamonaviy usullarning
bir nechtasi ko‗rib chiqilgan. Darslikda qurilmalarning muhim tavsiflari va
ularni shaklda o‗rganishi qo‗lay bo‗lgan tartibli sxemalari keltirilgan.
|