32
bo‗lishini birinchi gipotezasi - karbid gipotezasini ishlab chiqdi. Unga ko‗ra
uglevodorodlar quyidagicha hosil bo‗ladi: planetamizning
metall yadrosiga
darzliklar bo‗ylab suv sizib o‗tadi va u yerda metall karbidlari bilan reaksiyaga
kirishib ularning oksidlarini hamda uglevodorodlarni hosil qiladi, masalan:
8m
3n
4
3
2
m
n
m
H
C
+
O
mFе
O
H
4
+
C
Fе
3
(1.1)
Uglevodorodlar gaz holatda yerning yuqori sovuq qismlariga ko‗tariladi
va darzliklar, bo‗shliqlar va g‗ovaklarda to‗planib uyumlarni hosil qiladi.
Neftning noorganik yo‗l bilan hosil bo‗lishi to‗g‗risidagi boshqa bir
gipoteza - kosmik gipoteza 1892 yilda V.D.Sokolov tomonidan oldinga surilgan.
Bu gipoteza bo‗yicha uglevodorodlar o‗tmishda yer yonuvchan – suyuq holatda
bo‗lgan paytda uning gaz qobig‗ida mavjud bo‗lgan.
Ular yerning qotish
jarayonida qotuvchi substraklarga yutilgan va yer qobig‗ining yuqoridagi
(ko‗proq) yaxshiroq qotgan qatlamlarida joylashgan.
Bu ikkita asosiy gipoteza asosan XIX asrning oxirida tuzilgan bo‗lib,
keyingi yillarda ular rus geologlari N.A. Kudryavsev, P.A. Kropotkin, V.B.
Porfireva va boshqalar tomonidan qayta o‗zgartirildi
va ahamiyatga molik
darajada yangilandi.
N.A.Kudryavsev kiritgan taklif bo‗yicha (1966-1967 y), protoplaneta
materiallari bilan birga qotuvchi barcha organik birikmalar magmada uglerod va
vodorodga aylanadi, keyinchalik CH, CH
2
, CH
3
radikallarni hosil qiladi va yer
qobig‗ida (magmadan chiqib) polimerlanish va sintez jarayonlari ta‘sirida
uglevodorodlarning neftli qatorini hosil qiladi.
P.N.Kropotkinning fikricha, (1955, 1976 y.) uglevodorodlar azon va
geliy singari yer qobig‗ining chuqur zonalarida bo‗lib o‗tadigan
differensiatsiyalarning yuqori zonalariga ko‗tarilib neft hosil bo‗ladi.
Neftning noorganik yo‗l bilan hosil bo‗lish
gipotezalarida qotayotgan
magmada metanning mavjud bo‗lishi mumkinligi to‗g‗risidagi holatgina
diqqatga sazovor holos, lekin metanga nisbatan uglevodorodlarni yonuvchan–
suyuq moddaning termodinamik sharoitlarida mavjud bo‗lishi mumkin emas.
33
Shuni ta‘kidlash kerakki, har qanday noorganik gipotezalar tomonidan nima
uchun har xil uyumlardagi neft to‗plamlari bir-biridan
kimyoviy tarkibi bilan
farq qilishi, bir stratigrafik komplekslardagi har xil konlardan olinganlari esa
o‗zaro to‗g‗ri kelishini tushuntirib bo‗lmaydi. Bu faktlarni faqat neft hosil
bo‗lishing organik gipotezasi bilangina tushuntirish mumkin.