37
×100 %.
Qayta ishlash darajasi kattaligiga qarab neftni
qayta ishlash ikkilamchi
jarayonlari to‗yinganligi va neft mahsulotlari assortimenti strukturasi haqida fikr
yuritish mumkin. Ko‗rsatkich qancha yuqori bo‗lsa, xom-ashyo tonnasidan
shuncha ko‗proq neft mahsulotlari olinadi.
Neft-gaz sohasida ishlovchi zamonaviy kompaniyalar yoki vertikal-
integrallashgan, yoki maxsuslashtirilgan kompaniyalar bo‗ladi.
Integrallashgan
o‗z tarkibiga butun ishlab chiqarish zanjirini - kondan iste‘molchigacha ishlarni,
shuningdek neft kimyosi, gazni qazib olish va qayta ishlash, al‘ternativ
38
yoqilg‗ilar
ishlab chiqarish, shu jumladan qisman elektroenergetikani ham o‗z
ichiga oladi. Maxsuslashtirilgan kompaniyalar tor doirada (foydali qazilmalarni
qidirish, qazib olish, qayta ishlash, tashish, sotish) faoliyat ko‗rsatadi,
biroq
integrallashgan
kompaniyalar
bilan
mustahkam
aloqada
ishlashadi.
Integrallashgan kompaniyalar soni ko‗p emas, biroq ular neft-gaz sohasida yirik
ulushga ega bo‗lishadi.