34
qismi neft hosil qiluvchi qatlamlar to‗plangandan ancha keyin vujudga keladi.
Neft va gaz hosil bo‗lishining biogen nazariyasi haqidagi zamonaviy
tasavvur quyidagicha: cho‗kindilarda tarqoq holatda to‗plangan
organik
moddalarning uglevodorodlari va organik moddalarning o‗zi ham birinchi
bosqichda biokimyoviy jarayonlarning va mikroorganizmlarning ta‘siriga
uchraydi. Cho‗kindilar chuqurlashib borishi bilan, uglevodorodlarning ichki
kimyoviy energiyasi ta‘siri va yer qobig‗ining issiqlik oqimi kuchayib
uglevodorodlarning generatsiyalanish jarayoni faollashadi va natijada neft hosil
qiluvchi yotqiziqlardan kollektorlarga o‗tadi. Turli ichki va tashqi energiya
manbalari ta‘siri ostida uglevodorodlar erkin yoki eritma
holatida kollektorlar
yoki darzliklar bo‗ylab siljiydi va tutqichlarni to‗ldirib uyumni hosil qiladi.
1990 yillarga kelib neft va gazning paydo bo‗lishi to‗g‗risida chop etilgan
ilmiy asarlar, maqolalar va ma‘lumotlar tahlili hamda dunyo neft-gazli
o‗lkalarining shakllanishini geodinamik nuqtai nazardan o‗rganish asosida A.A.
Obidov neft gazning hosil bo‗lishidagi miksgenetik nazariyani ilgari surdi.
Unga ko‗ra, neft va gazning hosil bo‗lishida asosiy manba tarqoq organik
moddalar bilan bir qatorda yer po‗stining chuqur qatlamlaridan yuqorida
joylashgan cho‗kindi jinslar tomon harakatlanayotgan turli gaz va suyuq
moddalar bo‗lib, ular ta‘sirida cho‗kindi jinslardagi organik moddalardan
uglevodorodlar hosil bo‗ladi deb hisoblanadi.
O‗zbekiston hududida neft va gaz hosil bo‗lishining miksgenetik farazi
quyidagi ma‘lumotlarga asoslanadi. Ma‘lumki mezazoy-kaynazoy cho‗kindi
qatlamlari ichida tarqoq organik moddalar ko‗p
miqdorda uchraydi, o‗z
navbatida ularga katta chuqurlikdan kelayotgan flyuidlar ham ta‘sir etadi. Yer
po‗stidagi issiqlik oqimining katta chuqurlikdan chiqib kelayotgan flyuidlar
bilan o‗zaro o‗rin almashinishlari natijasida o‗ndan ortiq anomal mintaqalar
vujudga keladi. Ularga markaziy Qizilqum, Buxoro–Xiva regionlaridagi
faleorift
tizimidagi
yuqori
haroratli
issiqlik
oqimi,
Surxondaryo
megasinklinalidagi Boyangora maydoni, Farg‗ona tog‗lararo botig‗idagi
Adrasman-Chust anomalligi va boshqa shu kabilarni misol keltirish mumkin.
35
Markaziy Qizilqum anomalligida metan–vodorod emonatsiyasi (radioaktiv
nurlanishda vujudga keladigan gaz mahsulotlari) tajriba asosida aniqlangan.
Issiqlik oqimi zichlik qiymatiga va anomal mintaqalar
maydonining katta-
kichikligiga qarab, boshqa joylarda katta chuqurlikda ularga mos keluvchi
emonatsiya mahsulotlarining hosil bo‗lishini taxmin qilish mumkin. Bunday
anomaliyalar ta‘sirida bo‗lgan mintaqalarda juda yirik neft va gaz konlarining
joylashganligi A.A. Obidov fikricha meksgenetik farazning asosliligini
tasdiqlaydi.
Yuqorida qayd qilingan ma‘lumotlarga asoslanib A.A.Obidov neft va
gazlarning bunday yo‗l bilan hosil bo‗lishini quyidagicha izohlaydi:
1) neft va gazning miksgenetik hosil bo‗lishida
yerning gazsizlanishi
(digazatsiyasi) dan chuqurlikda paydo bo‗lgan flyuidlar va tarqoq organik
moddalar boshlang‗ich ashyo hisoblanadi;
2) o‗ziga xos termobarik sharoitli issiqlik oqimi va flyuidlar harakatlana
oladigan kanallari bo‗lgan cho‗kindi havzalar miksgenetik yo‗l bilan hosil
bo‗lishida chuqurlikdagi flyuidlar oqimi ta‘sirida sodir bo‗ladigan reaksiyalar
tizimi organik moddalarning parchalanish jarayoniga mos keladi. Ba‘zi olimlar
okean tubida uglevodorodlarning hosil bo‗lishini miksgenetik farazga yaqin
qilib izohlaydi. Tinch okeanidagi Tonga va Kermadek vulqon orollari yaqinida
ko‗p miqdorda to‗plangan uglevodorodlarni o‗rgangan K.A.Kleshchev (1996 y)
okean tubida bo‗ladigan vulqon jarayonlari va gidrotermal oqimlar ta‘sirida
uglevodorodlar hosil bo‗lishi mumkinligini asosladi.
Shu sababli, vulqon
jarayonlari tez-tez qaytarilib turadigan okean tubi neft va gaz paydo bo‗lishi
mumkin bo‗lgan istiqbolli maydon hisoblanadi. Shuningdek izotopli
tekshiruvlar biokimyoviy gazlar tarkibidagi vodorod va uglevodorodlarning
yengil izotoplari tabiiy sharoitda katta chuqurliklarda uchrashi mumkinligini
isbotlandi. Masalan, Kaspiy bo‗yi botig‗ining tuz osti yotqiziqlarida hosil
bo‗lgan neft-gaz-kondensatli konlar katta chuqurlikdan chiqib kelib, qatlamlarga
singayotgan
uglevodorodli
flyuidlarning
o‗ziga
xos
xususiyatlarini
(B.M.Valyayev, 1997 y) aniqladi. Ya‘ni, ko‗pgina
konlarda geologik kesim
36
bo‗yicha uglevodorodlar tarkibining o‗zgaruvchanligi, qatlam o‗ta yuqori
bosimining keskin o‗zgarishi, dizyuktiv buzilishlarning quyuqlashuvi,
flyuidlarning suqilib kirishi kabilar oqibatida qo‗shimcha g‗ovakliklar va
ikkilamchi saqlagichlar paydo bo‗ladi.
Yuqoridagi nazariyalardan ko‗rinib turibdiki, neft va gazlarning hosil
bo‗lishi to‗g‗risida turli farazlar mavjud. U yoki bu farazning qanchalik
haqiqatga yaqinligini chuqur tadqiqotlar asosida isbotlash lozim.