Respublika va jahon miqyosida neft va gaz kondensatini qayta ishlash




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 
1.6. Respublika va jahon miqyosida neft va gaz kondensatini qayta ishlash 
sanoati xususida 
O‗zbekiston Respublikasi yer osti uglevodorod xom-ashyosi yirik 
zahiralariga ega. O‗zbekistonning beshta neft-gaz mavjud mintaqalarida 
uglevodorod xom-ashyosining 211 ta konlari ochildi, ulardan 108 tasi - gaz va 
gazokondensat konlari, 103 tasi neft-gaz, neft-gazkondensat va neft konlari 
50% dan ortiq konlar ishlab chiqish bosqichida, 35% i foydalanishga 
tayyorlangan, qolganlarida esa qidirish ishlari davom etmoqda.
O‗zbekiston Respublikasining uchta yirik neftni qayta ishlash (NQIZ) - 
Buxoro, Farg‗ona va Oltiariq NQIZ umumiy quvvati yiliga 11 mln. tonnani 
tashkil qiladi.
Farg‗ona NQIZ (1959 yilda ishga tushirilgan) hozirgi kunda 60 ga yaqin 
turdagi turli xil neft mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Zavodning qayta ishlash 
bo‗yicha loyiha quvvati yiliga 5,5 mln. tonnani tashkil qiladi. Zavod O‗rta 
Osiyoda yoqnilg‗i - moylash materiallarini ishlab chiqarish bo‗yicha yetakchi 
korxonalardan biri bo‗lib hisoblanadi. Oltingugurtli birkmalarning yuqori 
miqdorini saqlagan mahalliy xom-ashyoni qayta ishlash xususiyatlarini hisobga 
olib, O‗zbekiston ―Mitsui‖ va ―Toyo Injiniring‖ kabi Yaponiya kompaniyalari 
bilan hamkorlikda zavod rekonstruksiyasini amalga oshirdi.
1906 yilda Oltiariqda Vannovskiy neftni haydash zavodi ishga tushirilgan 
bo‗lib, uning bazasida ancha vaqtdan keyin hozirgi kunda Farg‗ona NQIZ 
bo‗linmasi bo‗lgan Oltiariq NQIZ quvvatlari ko‗tarildi. Bir nechta texnologik 
qurilmalar qurilishi va rekonstruksiyasidan so‗ng ularning loyiha quvvati 


39 
oshirildi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar: avtobenzin komponenti (nafta), 
erituvchilar, kerosinlar, dizel yoqilg‗i, maishiy suyultirilgan, konsistent moylash 
vositasi. 
Buxoro NQIZ ―O‗zneft mahsuloti‖ AJ tarkibiga kiradi. Zavod 1997 yilda 
―TECHNIP‖ (Fransiya) boshchiligidagi konsortsium tomonidan yaratildi. Zavod 
10 turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi: avtomobil benzini, reaktiv dvigatellar 
uchun yoqilg‗i, suyultirilgan uglevodorod gazi, mazut, erituvchilar, aviakerosin, 
texnik oltingugurt.
Rossiyaning ―LUKOYL‖ OAJ neft kompaniyasi va ―Hyundai 
Engineering‖ (Janubiy Koreya) boshchiligidagi pudratchilar konsorsiumi 
O‗zbekistonda ―Qandim gazni qayta ishlash kompleksi‖ni qurish va jihozlarni 
yetkazib berish bo‗yicha shartnomani imzolashdi. Yiliga 8,1 mlrd metr kub gaz 
quvvatiga ega kompleks Buxoro viloyatida joylashgan Qandim konlar 
guruhidagi oltingugurt saqlagan tabiiy gazni tozalangan tabiiy gaz, barqaror gaz 
kondensati, shuningdek granulalangan oltingugurt olish uchun qayta ishlash 
imkonini beradi. Loyihada ishlab chiqarish xavfsizligini ta‘minlash, mehnatni va 
atrof-muhitni muhofaza qilishni ta‘minlash bo‗yicha zaruriy yechimlar ko‗zda 
tutilgan. 
Jahon neftni qayta ishlash sanoati rivojlanisi va uning hozirgi holati 
Hozirgi kunda neftni qayta ishlash - bu iqtisodiyotning butun jahon yuqori 
texnologik, sarmoya talab qiluvchi sohasi bo‗lib, uzoq tarixga va uzoq muddatli 
rejalariga ega. So‗nggi yillarda jahon neftni qayta ishlash sanoatida sezilarli 
kontseptual, teritorial, strukturaviy siljishlar kuzatilmoqda. 
Hozirgi paytda neftni qayta ishlash sohasi rivojlanishining asosiy 
mezonlari bo‗lib dunyoning turli mintaqalaridagi iqtisodiyot o‗sishi, ekologik 
xarakterdagi talablar, yetkazib berishlar hajmlari va boshlang‗ich xom-ashyo - 
xom neftning sifat xarakteristikalari hisoblanadi. Zamonaviy neftni qayta ishlash 
sanoati uchun xarakterli jihatlar bo‗lib umumiy quvvatlar va qayta ishlash 
hajmlari oshishi, rentabellik ko‗rsatkichining nisbatan yuqori bo‗lmagan 
darajasi, atrof-muhitni muhofaza qilishga qo‗yilgan sabablar bilan ifodalangan 


40 
solishtirma sarmoyalar kiritilishi oshishi va past sifat ko‗rsatkichlariga ega xom-
ashyoni qayta ishlash zaruriyati hisoblanadi. 
So‗ngi yillarda neftni qayta ishlashda Yaqin sharq va Osiyo, Tinch Okeani 
mintaqasi, ayniqsa Xitoy, Hindiston, Koreya mamlakatlari tomon sezilarli 
hududiy siljishlar kuzatildi. Neftni qayta ishlash asosiy markazlari neft 
mahsulotlari intensiv iste‘moli va portlar yaqinidagi hududlarda joylashgan. 
1995-2000 yillardan so‗ng, ya‘ni Yaqin Sharq va Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi 
mamlakatlarida yangi korxonalar joriy qilingani hisobidan ko‗p sonli NQIZ 
tashkil etilganidan so‗ng NQIZ soni asta-sekin kamayib bordi. Buning asosiy 
sabablari bo‗lib ekologik (o‗z vaqtida shahar chetida qurilgan zavodlar 
shaharning kengayib borishi sababli shahar ichida bo‗lib qoldi) va iqtisodiy 
(murakkab bo‗lmagan texnologik sxemaga ega kichik NQIZ yirik va texnik 
ta‘minlangan korxonalar bilan raqobatbardosh bo‗la olmadi) jihatlar hisoblanadi. 
Jahon neftni qayta ishlash sanoati rivojlanishi sezilarli darajada neft 
mahsulotlariga bo‗lgan talab tendensiyalari bilan belgilanadi. So‗nggi yillarda 
asosan transport yoqilg‗ilariga bo‗lgan talab o‗sishi kuzatildi. Transport 
yoqilg‗ilari iste‘moli strukturasida dizel yoqilg‗isiga bo‗lgan talab avtobenzinga 
bo‗lgan talabga nisbatan avtoparklarning dizel yoqilg‗iga o‗tkazilishi sababli 
yuqoriroq bo‗ldi. Shu qatorda aviatashishlar miqyosi ortgani sababli reaktiv 
yoqilg‗iga bo‗lgan talab ham oshdi. Oqir neft mahsulotlari, birinchi navbatda 
qozon yoqilg‗ilariga bo‗lgan talab uning energetikada tabiiy gaz, ko‗mir, yadro 
yoqilg‗isi bilan almashtirib borganligi sababli tushib bordi. Neft mahsulotlariga 
talabning oshishi sezilarli mezoni bo‗lib uning Xitoy, Hindiston va boshqa 
rivojlanayotgan mamlakatlarda talab oshishi bilan belgilandi.
Amerika bozorida asosan benzin dvigatellari bilan jihozlangan juda yirik 
avtopark (100 kishiga 790 ta avtomobil) sababli avtobenzinga bo‗lgan talab 
belgilovchi hisoblanadi. 1990-yilarda AQSh da motor yoqilg‗isiga yangi 
standartlar kiritildi. Yirik shahar markazlarida va butun Kaliforniya shtatida 
ekologik toza benzin, 2005 yildan boshlab esa - kam oltingugrt saqlagan dizel 
yoqilg‗ilar joriy etildi. 


41 
Bioyoqilg‗i (bioetanol va biodizel) iste‘moli sezilarli oshdi. Bioyoqilg‗i 
iste‘moli AQSh da 2010 yilda 20 mln tonna atrofida edi, 2020 yilga kelib esa 47 
mln tonnaga etishi taxmin qilinmoqda. 
Yevropa neft mahsulotlari bozorida asosiy mahsulot - dizel yoqilg‗isi. 
Yevropa neft qayta ishlash sohasining mazkur yoqilg‗iga bo‗lgan talabning 
oshib 
borishiga 
neftni 
qayta 
ishlash 
zavodlarida 
gidrokreking 
va 
gidrooltingugurtsizlantirish qurilmalarining o‗rnatilishi yo‗li bilan amalga 
oshirilib, bu oltingugurt miqdori yuqoriroq bo‗lgan neftning oshib borayotgan 
miqdoriga moslashish va o‗rtacha distillyatlarning chiqishini oshirish imkonini 
beradi. Bu muammo shuningdek import dizel yoqilg‗isi hisobidan yechilmoqda.
Yevropa neftni qayta ishlash zavodlarida neft mahsulotlari ishlab 
chiqarish strukturasida deyarli 50% ulushni transmilliy neft kompaniyalari 
egallaydi. So‗nggi yillarda Yevropa neft mahsulotlari bozorida Yevropada bir 
qator neftni qayta ishlash aktivlarini sotib olgan neftni qazib oluvchi 
mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, Quvayt, Aljir) kompaniyalari katta rol 
o‗ynamoqda. 
Yevropa mamlakatlarida shuningdek, yoqilg‗i samaradorligini oshirish 
(100 km yo‗lda benzinning o‗rtacha sarfini 6,12 litrgacha pasaytirish), 
shuningdek motor yoqilg‗ilari strukturasida bioyoqilg‗i ulushini oshirish 
hisobidan an‘anaviy benzinga bo‗lgan talabni pasaytirish dasturi ishga 
tushirilgan. 
Osiyo neft mahsulotlari bozori Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Indoneziya, 
Tailand va boshqa mamlakatlarda talabning keskin oshib borayotgani bilan 
xarakterlanib, bu neft mahsulotlariga bo‗lgan talabning nafaqat hududiy, balki 
butun jahon miqyosida o‗zgarishini taqozo qiladi. Osiyo-Tinch Okeani 
mintaqasi mamlakatlarining neft mahsulotlariga bo‗lgan butun jahondagi talabi 
miqyosidagi ulushi kun sayin oshib bormoqda. Bundan tashqari, Xitoy - neftni 
qayta ishlash sanoati eng yirik vakillaridandir. 
Yaponiyada energiya tejami va bioyoqilg‗ilar qo‗llanilishi hisobidan neft 
mahsulotlari iste‘moli pasayishi kutilmoqda. Ishlab chiqarish va logistikani 


42 
optimallashtirish, innovatsion yo‗naltirilganlik, tijorat raqobatning oshishi - bu 
Yaponiya neftni qayta ishlash sohasini rivojlantirish yo‗llaridir. Hozircha sanoat 
quvvatning ortiqcha miqdorini sezmoqda.
Shunday qilib, jahon neftni qayta ishlash rivojlanishi qu‘yidagi mezonlar 
ta‘siri ostida amalga oshmoqda: 
neft mahsulotlariga bo‗lgan talabning dinamikasi va strukturasi; 
qayta ishlashga kelib tushayotgan neftning hajmida va tarkibidagi 
o‗zgarishlar; 
neft mahsulotlari sifat xarakteristikalariga talablarning kuchayotganligi; 
raqobatning oshishi. 
Neft mahsulotlariga bo‗lgan talab strukturasining asosiy faktorlari bo‗lib 
suyuq neft mahsulotlari (avtobenzin, dizel va reaktiv yoqilg‗i) iste‘moli oshishi, 
og‗ir 
qozon 
yoqilg‗ilarining 
boshqa 
energiya 
tashuvchilari 
bilan 
almashtirilayotganligi sababli unga bo‗lgan talabning pasayishi, avtoparklarning 
dizel qurilmalari bilan jihozlanishi oshishi hisoblanadi. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Respublika va jahon miqyosida neft va gaz kondensatini qayta ishlash

Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish