• Mazut fraksiyasi
  • Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/307
    Sana04.01.2024
    Hajmi15,32 Mb.
    #130098
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   307
    Bog'liq
    Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

    Benzin fraksiyasi. (70-180°С). Turli xil avtomobil yoqilg‗isini olish 
    uchun komponent sifatida qo‗llanadi. Ikkilamchi qayta ishlash natijasida hosil 
    bo‗luvchi oraliq qismlari asosida aromatik uglevodorodlar (benzol, toluol, 
    ksilol) olinadi. 
    Kerosin fraksiyasi. (120-315°С). Bu fraksiyadan reaktiv aviatsiya, traktor 
    va boshqa dvigatellar uchun yoqilg‗i olinadi. 
    Dizel fraksiyasi. (180-350
    0
    С). Uni gazoyl deb ataladi. Undan dizel 
    dvigatellari teplovoz, suv kemalari uchun yoqilg‗i olinadi. 
    Mazut fraksiyasi. (350
    0
    С dan yuqorida). Uni termik krekinglab, 
    qo‗shimcha miqdorda yoqilg‗i va moylar olish mumkin. 
    Gudron fraksiyasi. (500°С dan yuqorida). Bu fraksiya juda qovushqoq 
    bo‗lib, 30-40°С da qotadi. Koks bitum va boshqa qovushqoq materiallar olish 
    uchun ishlatiladi. 
     
     
    2.2. Kondagi neftni barqarorlashtirish qurilmasi 
    Qazib olinadigan neft bilan birgalikda yo‗ldosh gaz, qum, illar, tuzlarning 


    57 
    kristallari va suv - xlorid eritmalariga to‗yingan holda chiqadi. Yo‗ldosh va 
    neftda erigan gazlar konda ko‗taruvchi-gaz ajratish tizimlarida quduqdagi 
    bosimni ketma-ket atmosfera bosimigacha pasaytirish orqali ajratiladi. 
    Ajratgichning yuqori qismidan chiqqan gaz oraliqda o‗rnatilgan qabul 
    qilgichlarda kondensatdan ajratiladi va gaz-benzin zavodlarga yo‗naltiriladi yoki 
    qatlam bosimini saqlab turish uchun quduqlarga qaytadan haydaladi. Trap-
    ajratgichlardan keyin neftning tarkibida erigan gazlar qoladi, uning miqdori 
    ba‘zida umumiy massasiga nisbatan 4% ga yaqin bo‗ladi.
    Trap-gaz ajratgichlarda gazni ajratib olish bilan birgalikda neftning 
    tarkibidagi mexanik aralashmalar va xom suvning massasi cho‗kmaga tushadi. 
    Shuning uchun kondagi bu apparatlar ko‗pincha tindirgichlar deb ataladi. Trap-
    gaz-ajratgichlardagi neft hajmi 30-50 ming m
    3
    bo‗lgan tindiruvchi 
    rezervuarlarga yo‗naltiriladi va u yerdan elektr tuzsizlantirish qurilmasiga
    (ETQ) ga to‗planadi.
    Neftni qayta ishlash zavodlariga xlorid, suvlarni va mexanik 
    aralashmalarni 
    miqdori 
    GOST 
    9965-62 
    talablariga 
    javob 
    beradigan 
    ko‗rsatgichda beriladi. 
    Xloridlar, mg/l
    Suv, % (massasiga nisbatan .)
    Mexanik aralashmalar, % (massasi bo‗yicha .) 
    40 
    0,1 
    0,05 
    Bunday talablar yangi ochilgan konlardan olingan neftlar uchun 
    bajarilmaganligi uchun yangi normativlar qabul qilingan. [1]: 

    Download 15,32 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   307




    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish