55
180-230
0
C (453-503К)
Kеrosin
230-430
0
C (504-703К)
Gazoyl
430
0
C (703К) dan yuqori
Qoldiq (mazut)
Keyingi boblarda neftning alohida fraksiyalari tavsifiga batafsil e‘tibor
beriladi. Shuni qayd etish kerakki, neft turlari tarkibi bo‗yicha bir-biridan keskin
farq qiladi. Neft tarkibida, odatda, benzin, nafta va kerosin, og‗ir neft tarkibida
esa gazoyl va mazut ko‗p bo‗ladi. Siz balki, og‗irlik va qaynash harorati o‗zaro
bog‗liq, degan xulosaga kelgandirsiz.
Darhaqiqat shunday ham, ya‘ni birikma
molekulalari qancha og‗ir bo‗lsa, uning qaynash
harorati shunchalik yuqori
bo‗ladi. Yoki, aksincha, fraksiyalarning qaynash chegarasi qancha yuqori bo‗lsa,
fraksiya shunchalik og‗ir, ya‘ni yuqori molekulali kimyoviy moddalar miqdori
ko‗p bo‗ladi.
Neft fraksiyalarining muhim fizik xossalariga ma‘lum bosimda qaynash,
qotish, suyuqlanish harorati, zichligi, qovushqoqligi (ayniqsa, yuqori molekulali
uglevodorodlar uchun),
infraqizil nurlarini yutishi, nur sindirish ko‗rsatgichi
kiradi.
Neftni uglevodorod qismlariga (fraksiyalarga) ajratish oddiy va murakkab
haydash bilan amalga oshiriladi. Moy (yoki yog‗lash) moddalarini olish uchun
xom ashyo vakuum ostida haydaladi. Benzin tarkibidagi erigan gazlarni chiqarib
yuborish va benzinning bir necha xillarini olish uchun rektifikatsiyalash
usulidan foydalaniladi. Qaynash haroratlari bir-biriga yaqin bo‗lgan
va bir-biri
bilan azeotrop aralashma (masalan, benzol-siklogeksan, metilsiklopentan)
hosil
qiluvchi uglevodorodlarni ajratish ekstraksiyalash, absorbsiyalash va azeotrop
rektifikatsiyalash usullari bilan amalga oshiriladi.
Aralashmani haydash vaqtida komponentlarning uchuvchanligi (bug‗
bosimi) orasidagi farq qancha katta bo‗lsa, ularni ajratish shuncha oson. Bu
ajratish koeffitsiyenti A bilan xarakterlanadi, ya‘ni:
56
Oddiy hollarda A sistema tarkibiga bog‗liq bo‗lmaydi:
Neftdan olinadigan tiniq mahsulotlar (benzin, kerosin, dizel yoqilg‗isi)
atmosfera bosimida ishlovchi (AT) qurilmalarida haydash usuli bilan olinadi.
Vakuum ostida (AVT qurilmasida) yuqori molekulali moddalar haydaladi.
Hozirgi kunda atmosfera-vakuum
qurilmalari tuzlardan tozalash, suvsizlantirish
va barqarorlantirish qurilmalari bilan tutashtirilgan holda birga ishlatilmoqda.
Atmosferali va vakuum ostida haydash qurilmalarida haydash natijasida
quyidagi mahsulotlar olinadi:
Siqilgan uglevodorod gazi. U asosan propan va butandan iborat. Bu
gazning qanchalik ko‗p yoki kam bo‗lishi neftni barqarorlashtirish
darajasiga
bog‗liq. Gazlar oltingugurtdan tozalanganidan so‗ng xo‗jalik yoqilg‗isi sifatida
ishlatiladi.