Tiniq neft mahsulotlarini tozalash. Tiniq neft mahsulotlarining tarkibidagi
68
keraksiz aralashmalarning zarrachalar oltingugurt birikmalari, neftli kislotalar,
ruxsat etilmagan birikmalar, smolalar va qattiq parafinlar hisoblanadi. Motor
yoqilg‗isining tarkibida oltingugurt birikmasi va karbonat angidrid kabi neftli
kislotalarning mavjudligi dvigatel‘ detallarida korroziyani keltirib chiqaradi.
Yokilg‗ilarni saqlashda va ishlatishda ruxsat etilmagan cho‗kmalarni hosil
qiladi, issiqlik uzatmalarini ifloslantiradi va dvigatellarni normal ishlatish
jarayoniga ta‘sir qiladi. Yoqilg‗ining tarkibida smolaning miqdorini ko‗payib
ketganda qurumlarni paydo bo‗lishiga, yonish kamerasining detallarida smolani
o‗tirib qolishiga sabab bo‗ladi. Neft mahsulotlarida qattiq uglevodorodlarning
mavjudligi sovutishda haroratni ko‗tarilishga olib keladi, natijada parafinlar
fil‘trlarga o‗tirib qoladi, silindrlarga yoqilg‗ini uzatishni yomonlashtiradi,
dvigatel‘ uchib qoladi.
Neft mahsulotlarning ba‘zi birlariga alohida spetsifik talablar qo‗yiladi.
Tiniq kerosinlarning tarkibida sakrovchi olov hosil qiluvchi aromatik
uglevodorodni bo‗lishi mumkin emas Bir qator eritmalarda aromatik
uglevodorodlarning mavjudligi (uayt-sprit) uni oxirida zaxarli modda
aylantiradi.
Tiniq neft mahsulotlarining tarkibidagi zararli aralashmalarni chiqarib
tashlashda quyidagi jarayonlar qo‗llaniladi:
-ishqorli tozalash;
-kislota-ishqorli tozalash;
-parafinsizlashtirish;
-gidravlik tozalash; alyuminsilikatli katalizatorlar yordamida katalitik
tozalash;
-ingibirlash.
Ishqorli tozalash - benzinli, kerosinli va dizel fraksiyalarini suvni kaustik
aralashmasi yoki kal‘siylangan soda yordamida tozalashdir. Bunda benzindan
oltingugurt va qisman merkaptinlar, kerosinlar va dizel yoqilg‗isidan – naften
kislotalari ajratib olinadi.
Kislota-ishqorli tozalash yordamida - distillyantlarning tarkibidagi ruxsat
69
etilmagan aromatik uglevodorodlarni hamda smola ajratib olinadi. Unga avval
ishlov berish natijasida sulfat kislotasi keyin esa – suvli eritma yordamida
ishqorlar neytrallashtiriladi.
Parafinsizlashtirish – dizel yoqilg‗isini qotish haroratini pasaytirishda
foydalaniladi va distillyatni karbamid eritmasi bilan ishlashga qo‗shadi.
Reaksiyani borish yo‗lida parafin uglevodorodlari karbamid bilan birikma hosil
qiladi, boshlanishida mahsulotdan ajratiladi, keyin esa qizdirilganda parafin va
karbamidga parchalanadi.
Gidrotozalash – neftni birlamchi tozalashda benzin, kerosin va dizel
fraksiyasidan oltingugurt birikmalarini chiqarib tashlashda qo‗llaniladi. Buning
uchun tizimga 350...430
0
С haroratda va 3...7 MPa bosimda katalizator
qatnashtirilib vodorod kiritiladi. U oltingugurtni vodorod sul‘fid ko‗rinishida
siqib chiqaradi. Gidrotozalash ikkilamchi mahsulotlarni tozalashda ruxsatsiz
birikmalarni tozalashda qo‗llaniladi va vodorodni biriktirib chegaraviy ruxsat
etilgan birikmani hosil qiladi.
Alyuminiy silikatli katalizatorlar bilan katalitik tozalash oktan sonini
oshirishda va katalitik krekingda olinadigan benzinlarda uglevodorodlarni ruxsat
etilmagan birikmalarini kamaytirishda qo‗llaniladi.
Ingibirlash – termik krekingda maxsus qo‗shimchalar kiritib benzinlarda
chegarasiz uglevodorodlarni polimerlash va oksidlanish reaksiyasini bostirishda
qo‗llaniladi.
Moylovchi yog‗larni tozalash: Moylovchi yog‗larni tozalashda quyidagi
jarayonlar qo‗llaniladi:
1) eritgichlar yordamida selektiv (tanlangan) tozalash;
2) parafinsizlashtirish;
3) gidravlik tozalash;
4) asfaltsizlashtirish;
5) ishqorli tozalash.
Selektiv eritgichlar shunday moddaki, aniq haroratda neft mahsulotlaridan
aniq komponentlarni olib chiqib ketish xususiyatiga ega, boshqa komponentlarni
70
eritmaydi va o‗zi ham unda erimaydi.
Tozalash ekstraksiya kolonnalarda olib boriladi, uning ichi bo‗sh bo‗lishi
yoki nasadkali yoki har xil turdagi likopchali bo‗ladi.
Yog‗larni tozalashda quyidagi eritgichlar qo‗llaniladi: furfurol, fenol,
propan, atseton, benzol, toluol va boshqalar. Ularning yordamida yog‗dan
smolalar, asfaltenlar, aromatik uglevodorodlar va qattiq parafinli uglevodordlar
chiqarib olinadi.
Selektiv tozalash natijasida ikkita faza hosil bo‗ladi: yog‗ning foydali
komponentlari (rafinat) va keraksiz aralashmalar (ekstraktlar).
Parafinsizlashtirish-parafinli neftdan olingan rafinatlar va qattiq
uglevodorodlarning tarkibi selektiv parafinsizlashtiriladi. Agarda bu jarayon
amalga oshirilmasa, harorat pasayganda harakatchanlik yo‗qoladi va ishlatish
uchun yaroqsiz bo‗lib qoladi.
Parafinsizlashtirishda yog‗lar ham past haroratda qaynovchi (atseton,
metiletilketon, suyultirilgan propan va boshqa) eritmalarda sovutish amalga
oshiriladi. Karbomid yordamida ham parafinsizlashtirishni amalga oshirish
mumkin.
Gidrotozalashdan maqsad yog‗ning rangini yaxshilash va barqororligini
kuchaytirish, ularni qovushqoqlik–harorat xossalarini oshirish, kokslanish va
oltingugurtning tarkibini pasaytirish hisoblanadi. Jarayonning asosiy maqsadi
katalizatorlar mavjud bo‗lganda vodorod yordamida ta‘sir qilinadi xamda
oltingugurtli va boshqa birikmalar cho‗ktiriladi.
Deasfaltizatsiya – yog‗lar asfalt–smola moddalaridan tozalanadi. Buning
uchun sulfat kislotasi qo‗llaniladi.
Ishqorli tozalash - yog‗ning tarkibidagi neftli kislotaning yog‗lari,
merkaptanlar hamda deasfaltizatsiyadan keyin qolgan sulfat kislotasi va
uglevodorodlar bilan o‗zaro reaksiyalanadigan mahsulotlar neytrallashtiriladi.
|