Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 
 
2.5. Neftni qayta ishlash zavodlarida neftni tuzsizlantirish va 
suvsizlantirish texnologiyasi 
Neftni qayta ishlash zavodlariga beriladigan neftning tarkibidagi 
tuzlarning tarkibi 500 mg/g, suv esa - 1% chegarasida bo‗ladi. Neftni qayta 
ishlash uchun uning tarkibidagi tuzning miqdori 20 mg/l va suv esa 0,1% 
(massasi bo‗yicha ) bo‗lganda ruxsat etiladi. Neftdagi suv va tuzning tarkibini 
chegaralash talablari ortib boradi, tuzning tarkibi 20 dan 5 mg/g gacha 
kamaytirish katta qiymatdagi tejamkorlikni beradi: atmosfera - vakuumli 
qurilmalarda ta‘mirlash oraliqlarini muddati ikki martaga kamayadi, yoqilg‗i 
sarfi kamayadi, apparaturalarning korroziyasi, katalizatorlarning sarfi, gaz 
turbinali va o‗t yoqish qozonlarining, kokslarni va bitumlarni sifati 
yaxshilanadi.
NQIZ lariga keltiriladigan neftning tarkibidagi suvning katta qismi 
deemulsiya holatida bo‗ladi, hosil bo‗lgan suv tomchilarining diametri 2 – 5 
mkm o‗lchamda bo‗ladi. Tomchilarning sirti neftli muhitlarda smolali moddalar, 
asfaltenlar, organik kislotalar va ularning tuzlari, neftda eriydigan moddalar 
hamda qiyin suziladigan yuqori dispersli zarralar, illar va loylar, neftda yaxshi 
namlanadigan moddalar adsorbsiyalanadi. Vaqt o‗tishi bilan adsorbsiya 
pardasining qalinligi oshadi, mexanik mustahkamligi kuchayadi, deemulsiyani 
eskirishi sodir bo‗ladi. Shuning uchun bunday holatni oldini olish uchun ko‗p 
konlarda neftga deemulgator qo‗shiladi. Deemulgatorlar neftni termik kimyoviy 
va elektr kimyoviy suvsizlantirishda qo‗llaniladi. Emulgatorlarning miqdori har 
xil tarkibdagi neft uchun eksperimental yo‗l bilan aniqlanadi – uning sarfi 0,002 
dan 0,005% (massasi bo‗yicha) gacha 1 t neftga qo‗shiladi.
Deeul‘gatorlar adsorbsiya pardalarini parchalaydi va ularni yirik suv 
tomchilarga yoyiladi hamda tindirgichlarda deemulsiya tez ajraladi. Bu jarayon 
yuqori haroratlarda (80 - 120°Сda) jadallashadi, bunda adsorbsiya pardalari 


73 
yumshaydi va neftda erishi kuchayada, tomchilarning harakatlanish tezligi 
oshadi va neftning qovushqoqligi pasayadi, tomchilarning yoyilishi va tarqalish 
sharoitlari yaxshilanadi. Shuni takidlab o‗tamizki, 120°С dan yuqori haroratda 
neftning qovushqoqligi kam o‗zgaradi, shuning uchun deemulgatorning ta‘sir 
qilish samaradorligi kichik qiymatga oshadi. 
Eng mustahkam kichik dispersli neftning deemulsiyalari elektr toki 
yordamida parchalanadi. Qutbsiz holatda bo‗lgan suyuqlikning tomchili 
suvlariga elektr maydoni ta‘sir qilganda uni qutblaydi, qarshi joylashgan 
zaryadli uchlari bilan ellipsga tortadi va bir-biriga tortiladi. Tomchilar bir-birga 
yaqinlashganda tortishish shunday kattalikkacha kuchayadiki, buning natijasida 
zarralarni parchalaydi. Amaliyotda 50 Gs chastotaga va 25-35 kV kuchlanishga 
ega bo‗lgan o‗zgaruvchan tok kuchidan foydalaniladi. Elektr suvsizlantirish 
jarayoni deemulgatorlarni qobiliyatini va haroratni kuchaytiradi. Suvni 
bug‗lanib ketishdan hamda elektr degidratorlarda-appparatlarda gaz hosil 
bo‗lishini kamaytirish maqsadida neftni elektr suvsizlantirish va tuzsizlantirish – 
yuqori bosim ostida olib boriladi. NQIZlarida uch xil turdagi elektr 
degidrotorlaridan foydalaniladi: 
-silindrik tik aylana gorizontal elektrodlar va neftni elektrodlar oralig‗ida 
fazo orqali uzatish; 
-elektr tuzsizlantirish qurilmalariga ETQ 10/2 apparatlari o‗rnatilgan; 
-sharli halqali elektrodlar va oralig‗i orqali neftni uzatish; 
-ETQ 10/6 qurilmalari (ish unumdorligi 2 mln.t.neft yiliga) keng 
qo‗llaniladi. Gorizontal to‗g‗ri burchakli elektrodli va tindirilgan suv 
qatlamining tagidagi apparatdan neftni uzatish amalga oshiriladi. 
Elektr tuzsizlantirish qurilmasi ikki pog‗onali ko‗rinishda loyihalanadi: elektr 
degidratorning
I pog‗onasida 75 - 80% (massasi bo‗yicha) tuzli suvlar va 95-
98% (massasi bo‗yicha) tuzlar, elektdegidratorning II chi pog‗onasida – 60 - 
65% (massasi bo‗yicha) qoldiq deemulsiyali suvlar va taqriban 92% (massasi 
bo‗yicha) qoldiq tuzlar chiqarib olinadi. Ikki pog‗onali tuzsizlantirishda 
elektrdegidratorlarning o‗rnatiladigan soni ishlanadigan neftning hajmi va 


74 
sifatiga (suvning tarkibi, tuzni va deemulsiyani mustahkamligiga), apparatning 
turi va ish unumdorligiga bog‗liq bo‗ladi.

Download 15,32 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish