Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

Yengil mahsulotlarni tozalash. Gidrotozalash hozirgi vaqtda – olefinlarni 
gidrogenezatsiyalash va yengil mahsulotlarni sifatini oshirish uchun 
oltingugurtni va boshqa aralashmalarni tozalashda keng qo‗llaniladi. Iqtisodiy 
sabablarga hamda havo va suvdagi zarralar bog‗liq holda boshqa usullar 
qo‗llaniladi ya‘ni, katalizator sifatida regenerativ eritmalardagi qo‗rg‗oshin 
sul‘fidi va yuqori vol‘tli elektr pechkalari yordamida oldindan rafinatlashtirish 
natijasida olingan eng yaxshi tozalaydigan mahsulot qo‗llaniladi. 
Moylar va surkovlar. Neft sanoati suyuqlikdan qovushqoqligi bilan farq 
qiladigan xuddi suvday moylar va surkovlar ishlab chiqariladi. Boshqa neft 
fraksiyalari va mahsulotlar kabi ularni ishlab chiqarishni yangi usullari – 
ekstraksiya va deasfaltlashtirilgan eritmalar va boshqalar ishlab chiqarilmoqda. 
 
Eritmalarning ekstraksiyasi. Sanoat eritmalariga xloreks, furfurol 
(sheluxani qayta ishlash asosida olingan mahsulot), nitrobenzol, fenollar, 
metiletilketonlar va boshqalar. Eritmalarni ekstraksiyasi oqimga qarshi rejimda 
amalga oshiriladi (moy oqimi bir yo‗nalishda , eritgich esa boshqa qarshi 
oqimda), eng tanlanma eritma va eng chuqur tozalash olib boriladi. Eng 
tanlanma protsedurada kolonna g‗ovak muhit bilan to‗ldiriladi. 
 
Suyultirilgan propan. Surkov moylariga samarali ishlov berishda 
suyultirilgan propan bosim ostida qo‗llaniladi. Bu parafinli uglevodorod 
(qaynash harorati 42°С) asfaltni eritishi uchun yetarli ta‘sir ko‗rsata olmaydi va
past haroratda qattiq parafinlarni juda kuchsiz eritadi. Bunda haroratni boshqarib 
va tanlab hamda eritma va moyni nisbatlarini tanlash asosida asfaltni va qattiq 
parafinlarni yaxshi tozalash mumkin. 
 
Eritmalarni deparafinlash. Eritmalarni deparafinlash – surkov moylarni 
ishlab chiqarishning eng muhim bosqichi hisoblanadi. Surkov moylarini 
tozalash yoki tozalamasdan deparafinlash asosida har xil moyli mahsulotlarni 
olinadi – ochiq vereten moyidan og‗ir vakuumli surkov va tovar parafinlar 


90 
olinadi. Metiletil keton va toluol yoki benzol va atseton aralashmasini olishda 
deparafinlashdan keng foydalaniladi. 
 
Gaz krekingi. Ikkilamchi gazsimon mahsulotlar har xil kreking 
jarayonlari natijasida olinadi. Og‗ir fraksiyalar krekinglanganda benzin beradi, 
benzinli fraksiyalar oktan sonini oshirib to eng so‗nggi bosqichgacha 
krekinglanadi. Bu jarayonlarda olinadigan gazlar krekinglanadigan neftning 2-
10%ni tashkil qiladi; u sezilarli darajada tabiiy neftli gazdan farq qiladi. Ularni 
asosiy xususiyati – tabiiy gazlarda olefinlarning mavjudligi to‗liq bo‗lmaydi. 
Yuqori haroratda krekinglanadigan gazlarning tarkibida 50% olefinlar va unga 
qo‗shimcha etilen, propilen va butilenlar bo‗ladi. Uning tarkibida 10-25% olefin 
bo‗ladi. Krekinglangan gazning tarkibida kichik miqdordagi vodorod bo‗ladi.
Krekinglashning harorati 540°С yoki undan yuqori bo‗lganda etilenni hosil 
bo‗lishi uchun qulay sharoit paydo bo‗ladi, eng kichik 455-480°С haroratda va 
yuqori bosimda kichik miqdorda etilen paydo bo‗ladi va proporsional holda 
ko‗proq propilen va butilen shakllanadi 
Benzin. Neftni qayta ishlashda benzin eng muhim mahsulot hisoblanadi; 
xom neftdan 50%gacha benzin olinadi. Bu kattalikka tabiiy gaz, kreking 
jarayonidagi benzin, polimerlash mahsuloti, suyultirilgan neftli gazlar va 
sanoatdagi motor yoqilg‗isi sifatida qo‗llaniladigan hamma mahsulotlar kiradi.
Neftni qayta ishlashning har bir jarayoniga ishlab chiqariladigan benzinning 
miqdori va sifati bo‗yicha talablar qo‗yiladi. 
Benzinning tarkibi. Sanoat benzinining tarkibiga 30-200°C oralig‗ida 
qaynaydigan uglevodorodolarning aralashmasi kiradi. Ba‘zi bir 38°С past 
haroratda qaynaydigan butanlar yuqori bosimdagi bug‗larga ega bo‗ladi.
Benzindagi uglevodorodlarning tarkibiga ko‗p izoparafinlar qo‗shiladi, 
krekingda olinadigan benzinlarda 15 dan 25%gacha olefinlar mavjud bo‗ladi.
Uglevodorodlarning 
oktan 
soni 
quyidagi 
tartibda 
kamayadi: 
izoparafinlar > aromatik > olefinlar > naftenlar > n-parafinlar. Bu guruhdagi har 
bir komponentlar oralig‗ida molekulani tuzilishi va qaynash nuqtasiga bog‗liq 
holda farqlar bo‗ladi. Har xil komponentlar benzin aralashmasining oktan soniga 


91 
o‗zining hissasini qo‗shadi. Bu komponentlar ichida benzin krekingi katta 
qiymatni tashkil qiladi, uni aralashmasi motor yoqilg‗isini hosil qiladi. Ulardan 
to‗g‗ridan – to‗g‗ri foydalanish ba‘zi bir davlatlarda chegaralanadi, qaysiki, 
uning tarkibida sezilarli darajada olefinlar ayniqsa olefinlar, fotoximik smogni 
(smog 
– tutun, qrum, kul zarrachalari kabi) shakllantiradi.
Benzinlarni sinflari. Benzinlar qaynash harorati oraliqlari, oktan soni, 
oltingugurtning miqdoriga muvofiq sinflanadi. 
Qaynash harorati oraliqlari. Ko‗pgina benzinlar 30-200°С oralig‗ida 
qaynaydi. Tarkibida past qaynaydigan komponentlarni mavjudligi ya‘ni, butan 
va pentanlar kabilar yuqori bosimli bug‗larni olib keladi va issiq vaqtlarda bug‗li 
tiqinlarni shakllantirishga sabab bo‗ladi, qaysiki, gazli pufakchalar ingichka 
quvurchalar orqali dvigatelga va issiqlik qurilmalariga yoqilg‗ini erkin 
harakatlanishiga to‗sqinlik qiladi. Yetishmovchilik vaqtida past haroratda 
qaynovchi komponentlar qishki vaqtda dvigatelni ishga tushirishga to‗sqinlik 
qiladi. Benzinni 90%-li qaynash nuqtasi dvigatelni qizish vaqtini va yoqilg‗idan 
foydalanish samaradorligini aniqlaydi.
Oktan soni. Benzinning oktan soni eng muhim ko‗rsatgichlaridan 
hisoblanadi. U odatda har xil asboblar bilan jihozlangan bir silindrli barqaror 
qurilmada aniqlanadi va detonatsiyaga moyilligi yozib olinadi. Normal holdagi 
geptan 
(chiziqli 
zanjirdagi 
uglerodning 
yettita 
atomi) 
juda 
yengil 
detonatsiyalanadi; shuning uchun nol oktan soni qabul qilingan. Izooktan 
(tarmoqlangan zanjirdagi uglerodning sakkizta atomi) bosim, harorat va 
yuklanma uchun yetarlicha ekstremal sharoitga yetmaguncha detonatsiya 
bo‗lmaydi; buning uchun erkin oktan soni 100 o‗rnatilgan. Benzinni noma‘lum 
bo‗lgan detonatsiya xossasi bilan sinashda geptan va izooktan aralashmasi bilan 
taqqoslanadi qaysiki, benzinda xuddi shunday detonatsiya xossasiga ega 
ekanligi sinaladigan; benzinning oktan soni – shu aralashmadagi oktanning 
foizli tarkibini ifodalaydi. Shunday shaklda aniqlangan oktan soni hamma vaqt 
ham yo‗l sharoitida o‗zgaruvchan tezlikda, yuklanmada va tezlanishda ko‗p 
silindrli dvigatelning tavsifiga mos kelmaydi. Neft sanoatida yoqilg‗ini motorga 


92 
mos kelishini nisbatan haqiqiy ishlab chiqaradigan ikkita usul mavjud: motor 
metodi va tadqiqotlash metodi. Oktan soni bu ikki aniqlanmaning o‗rtachasi 
bo‗yicha aniqlanadi.
Qo‗shmalar (prisadka). Amalda hamma benzinlarning tarkibida har xil 
qo‗shmalar mavjud bo‗ladi, shundan smola hosil qiluvchi ingibitorlar va eng 
ko‗p miqdorda bo‗yoqlar. Sanoati rivojlangan ko‗pgina davlatlarda qonuniy 
ravishda benzindagi qo‗rg‗oshinli birikmalarni ko‗rsatgichi pasaytirilgan 
(etillangan benzinning tarkibida tetraetilqo‗rg‗oshin oktan sonini oshiradi va 
umumiy benzinning 20% ni tashkil qiladi ). 
Kerosin – bu yengil uchuvchan va uchuvchan yoqilg‗i hisoblanadi. 
Birlamchi davrda kerosin faqat yoritish sifatida foydalanilgan, keyingi davrda 
esa nonvoyxonalarda, isituvchi va qizdiruvchi asboblarda, fermalardagi 
jihozlarni isitishda hamda motor yoqilg‗isini ko‗p komponentlari sifatida 
foydalanilmoqda. Eng yaxshi kerosinning rangi (taxminan 250-300 mm.li 
Shtammer shkalasiga ega bo‗ladi), pilikni yetarlicha bir meyorda shimilishi 
uchun qovushqoqlikka ega bo‗lishi va hakozolar. Kerosinning xavfsizligi 
yorituvchi chiroqlarda qo‗llanilganda standart alangalanishga ega bo‗lishi kerak. 
Kerosin juda sekin shishi yoki metall kosachalarda qizdiriladi. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish