98
Bug‗lantirish kolonnasidagi ostki mahsulotning bir qismi pech va birinchi
kolonnaning oralig‗ida sirkulyatsiya bo‗ladi hamda shu bilan quviladigan
seksiyani qo‗shimcha issiqlik miqdori bilan ta‘minlanadi. Quyidagi atmosferali
haydashda ikki pog‗onali qurilmaning texnologik sxemasi tasvirlangan.
Tuzsizlantirilgan neft nasos (8) yordamida haydaladi va guruhli issiqlik
almashtirgichlarning 10, 11, 23, 26, 29 ikkita parallel oqim shaklida o‗tadi va
200 - 220°С haroratgacha qizdiriladi hamda kolonnaning (2) o‗rta
qismida
to‗planadi. Rektifikatsiya kolonnasi (2) ortiqcha bosim bilan ishlaydi va ba‘zi
bir qurilmalarda 0,45 MPa gacha yetadi.
Yengil gazlarning bug‗i (bir holatda bu fraksiya eng oxirida 85 °С ga,
boshqa holatlarda 140 yoki 160°Cgacha ko‗tariladi) kolonnadan (2) chiqib
havoli sovutish apparatida (3) kondensatsiyalanadi. Undan keyin kondensat va
yo‗ldosh gazlar suvli sovutgichda (4) sovutiladi va gaz ajratgichda (5)
fraksiyalarga ajratiladi. Bu yerdan yengil benzin nasos (7)
yordamida
barqarorlashtirish va ikkilamchi haydash blokiga yo‗naltiriladi. Yengil
benzinning bir qismi kolonnani (2) sug‗orish uchun qaytiriladi.
Kolonnaning (2) pastki qismidan benzinlangan neft nasos yordamida
olinadi va zmeyevikning quvurli pechiga (6) beriladi.
Zmeyevik pechida
qizdirilgan neft bug‗-suyuqlik holatida asosiy rektifikatsiya kolonasiga (14)
to‗planadi. Pechdan keyin neftning bir qismi retsirkulyat sifatida qaytariladi yoki
issiq oqim kolonnaning (2) bir pastki likopchasiga qaytariladi.
Kolonnaning yuqoridagi mahsuloti (14) benzin fraksiyasi hisoblanadi va u
bug‗lantirish kolonnasini (2) yuqori qismidan og‗irligi tufayli pastga
tushgan.Benzin bug‗lari kolonnadan chiqib (14) hamda suv bug‗lari
bilan
kuzatiladi va havoli sovutish apparatida (15) kondensatsiyalanadi. Suvli
sovutgichda (16) sovutilgan aralashma gaz ajratgichda (17) gazga, suvli va
benzinli kondensatlarga ajratiladi. Gaz ajratgichdan (17) suyuq benzinli fraksiya
(yoki qo‗shimcha suv ajratgich sxemada ko‗rsatilmagan) nasos bilan (22)
olinadi va ikkilamchi haydash seksiyasiga beriladi. Benzinning
bir qismi nasos
yordamida kolonnaga (14) uning yuqori likopchasiga sug‗orish uchun
99
qaytariladi.
Fraksiya 140 - 240 va 240 - 350°С (yoki 140—220 va 220—350°С)
ларда bug‗lantiruvchi kolonnalardan (18 va 19) chiqariladi, nasoslar yordamida
(20 va 21) haydaladi va biriktirilgan apparatlarda ketma-ket sovutiladi. Birinchi
kerosin fraksiyasi – issiqlik almashtirgichda (23), havoli sovutish apparatida
(24) va suvli kojux quvurli sovutgichda (25); ikkinchi – dizel yoqilg‗isi
fraksiyasi-issiqlik almashtirgichda (26), sovutgichda (27)
va suvli sovutgichda
(28). Bug‗lantiruvchi kolonnaning likopchasini ostiga qizdirilgan suv bug‗i
kiritiladi.
Og‗ir bug‗lanmagan neftni suyuqlik bilan aralashmasi konsentratsiyalash
seksiyasi kolonnasidan (14) eng oxirgi likopchadan oqib kolonnadagi oltitta
likopchadan o‗tadi qizdirilgan suv bilan purkaladi.
Mazut past haroratda qaynaydigan fraksiyalardan ozod bo‗ladi,
kolonnaning ostidan (14) nasos yordamida (13) issiqlik almashtirgich (29) va
sovutgich (30) va rezervuarga (31) yo‗naltiriladi. Kolonnada (14) ikkita
sirkulyatsiyali sug‗orgich mavjud, harorat issiqlik almashtirgichlar orqali (10 va
11) neftga beriladi.
Neftni issiqlik almashtirgichlardan o‗tish ketma-ketligi boshqa bo‗lishi
ham mumkin va u sxemada keltirilgan.
Qurilmaning material balansi neftning
tarkibidagi tiniq neft
mahsulotlarining tarkibi, talab qilingan assortimentga hamda fraksiyalashning
aniqligiga bog‗liq bo‗ladi.