96
2.12-rasm. Neftni qayta ishlash qurilmai NQIQ (UPN
-50)
2.11. Neftni atmosferali qayta haydash qurilmasi
Atmosfera bosimi ostida neftni haydash qurilmalarida neft yoki neft
aralashmalari haydalganda to‗rtta distillyat fraksiyalariga va qoldiqqa-mazutga
ajratiladi. Qo‗shimcha mahsulotlarga uglevodorod
gazining aralashmalari
ko‗pincha oltingugurt tarkibi, qaysiki, neft qizdirilganda barqaror bo‗lmagan
oltingugurt birikmalarini hosil bo‗lishi kiradi.
Qurilmaning ikki kolonnalisi xom-ashyoni ikki karrali bug‗lantirgichning
umumiy ko‗rinishi (asosiy kolonnani soni bo‗yicha:
birinchi-sodda, ikkinchi-
murakkab, tashqi juft kolonnani hisobga olmaganda) 2.13-rasmda keltirilgan.
Neft birinchi rektifikatsiya kolonnasiga ya‘ni, bug‗lantirish
kolonnasiga kirib
kelguncha faqat issiqlik almashtirgichda qizdiriladi, bir,
ikki yoki bir qancha
parallel oqimli ko‗rinishda o‗tadi. Birinchi kolonnaning yuqoridan beriladigan
mahsuloti yengil benzin fraksiyasi va katta bo‗lmagan
miqdordagi gaz
hisoblanadi. Qurilmaga kiritiladigan qolgan distillyatlar hamda mazut ikkinchi
kolonnadan olinadi. Ikkala kolonnaga umumiy quvurli pech xizmat qiladi.