84
Xom neftning naftenli turlarida kam miqdorda benzin bo‗lib, oltingugurt, mazut
va asfalt ajratib olinadi.
Xom neftning tarkibida ma‘lum miqdordagi erigan gaz bo‗ladi, tarkibi
bo‗yicha tabiiy gazga mos keladi va yengil parafinli uglevodorodlardan tashkil
topgan. Xom neftning suyuq fazasida yuzlab uglevodorodlar va boshqa
birikmalar mavjud bo‗lib, qaynash harorati 38°С dan 430°С atrofida bo‗ladi.
Masalan, benzin fraksiyasida 200 gacha har xil uglevodorodlar bo‗ladi,
lekin
benzin turida 60 ta uglevodorodlar metandan boshlab bo‗lib, qaynash harorati
161°С dan metilengacha (aramatik uglevodorodlar) qaynash harorati 165°С
Ularning tarkibida parafinlar, sikloparafinlar va
aramatik uglevodorodlarning
birikmasi mavjud hamda olefinlar mavjud bo‗lmaydi.
Uglevodorodli benzinlarni tarkibini tahlil qilish uchun katta mehnat
sarflanadi ya‘ni an‘anaviy shablonlarda tadqiqot olib borishning imkoniyati
yo‗q. Shuning uchun qaynoq neft mahsulotlari qaynash
haroratining chegarasi
va zichligi hamda kimyoviy tarkibi bo‗yicha har xil fraksiyalarga ajratiladi.
Asfaltlarda va shunga o‗xshash qoldiq mahsulotlar tarkibiga kiruvchi birikmalar
juda murakab tuzilishga egadir. Tahlillar ularni politsiklik birikmalarga ega
ekanligini ko‗rsatadi.
Neftni va gazni qayta ishlash bosqichlari. Xom
neft va gaz bir necha
bosqichli tozalash jarayonlaridan o‗tkaziladi. Tozalash va qayta ishlash
jarayonidan keyin sanoatda va maishiy tizimda qo‗llaniladigan eng oxirgi
mahsulotga aylanadi. Ko‗tarilgandan keyin bosim ostida gaz yoki suv kondagi
ajratgichda tabiiy gaz
va yengil benzin ajratiladi, suyuq neft saqlanib qoladi.
Qator turkumli nasos stansiyalari yordamida neft neftni qayta ishlash
zavodlariga saqlash uchun haydaladi. U yerda termik ishlov berish uchun
rektifikatsiya kolonnalariga beriladi. Rektifikatsiya
kolonnasida benzinga,
kerosinga, har xil gazoyllarga, yog‗li distillyatlarga va og‗ir qoldiqlarga ajralishi
sodir bo‗ladi.