76
Nasosni oldidan
neftga deemulgator kiritiladi, undan keyin esa
qizdirgichga (3)-ishqorli eritma nasos (7) yordamida uzatiladi. Bundan tashqari
neftga II chi pog‗onaning elektr degidratoridan olib
chiqilgan tindirilgan suv
qo‗shiladi va injektorli aralashtirgichga (5) nasos yordamida (13) uzatiladi.
Bundan tashqari toza suv (8) nasos yordamida uzatiladi. Injektorli
aralashtirgichda (5) neft ishqor va suv bilan bir tekis aralashadi.
Ishqorli eritma oltingugurt korroziyasini bostirish
uchun kiritiladi va
quduqlarga kislotali ishlov berilganda tushgan kislotani neytrallashtiradi, suv esa
- tuzli kristallarni yuvish uchun beriladi. Neft gorizontal holda olib chiquvchi
teshikli quvurli taqsimlagich (21) orqali elektrdegidratorning (4) pastki qismiga
kirib keladi. Tuzsizlantirilgan neft elektrdegidratordan yuqoridan (19) kollektor
orqali chiqariladi va uning konstruksiyasi taqsimlagichning
konstruksiyasiga
o‗xshashdir. Neftni kiritish va chiqarish qurilmalarini bunday joylashtirilishi
hamma apparatlar bo‗yicha oqimni bir tekis taqsimlaydi. Tindirilgan suv drenaj
kollektorlari (22) orqali kanalizatsiyaga chiqariladi yoki qo‗shimcha
tindirgichga (12) (elektrdegidratorda tindirish jarayoni buzilganda) tashlanadi.
Tindirgichdan suyuqlik aralashmasi nasos (14) yordamida jarayonga qaytariladi.
Elektrdegidratorning
I-chi
pog‗onasini
yuqori
qismidan
to‗liq
suvsizlantirilmagan neft bosim ostida elektrdegidratorning II-chi pog‗onasiga
beriladi. Diafragmali aralashtirgichda (10) neftning oqimi nasos (8)
yordamida
uzatiladigan yangi kimyoviy tozalangan suv bilan yuviladi. Yuvish uchun suv
bug‗li qizdirgichda (9) 80 - 90°С haroratda qizdiriladi; suvning sarfi – neftning 5
- 10 % (massasi bo‗yicha) tashkil qiladi.
Tuzsizlantirilgan va suvsizlantirilgan neft
elektrdegidratorning II-chi
pog‗onasining tepasidan tuzsizlantirish rezervuari qurilmasiga chiqariladi, u
aralash konstruksiyalarda qizdiriladi va atmofera
qurilmasini rektifikatsiya
kolonnasiga uzatiladi.
Elektrdegidratorlardagi suvning sathi avtomatik holda boshqariladi.
Elektrgidratorning I va II-chi pog‗onalaridan kanalizatsiyaga berilgan suvning
bir qismi tindirgichlarda sifatini nazorat qilish uchun kuzatuv chirog‗idan (15)
77
o‗tadi.
2.5-jadvalda ikki pog‗onali ETQ ning har xil
neftlarni qayta ishlashdagi
ko‗rsatgichlari keltirilgan.