Neftni qayta ishlovchi zavodlarning turlari




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

2.4. Neftni qayta ishlovchi zavodlarning turlari 
Har bir zavod yuqorida nomlari keltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqara 


71 
olmaydi. Neftni qayta ishlaydigan zavodlarga zamonaviy qurilmalar va katta 
unumdorlikda ishlab chiqarish jihozlar loyihalanadi, shuning uchun ular 
tejamkor bo‗ladi. NQIZlariga yetishmaydigan mahsulotlar boshqa regionlardan 
tashib keltiriladi. 
Neftni qayta ishlaydigan zavodlarning asosiy beshta turi mavjud: 
-yoqilg‗i neft juda chuqur ishlanmaydi; 
-yoqilg‗i neft chuqur qayta ishlanadi
-yoqilg‗i-neftkimyoviy neft chuqur ishlanadi va neftkimyo mahsulotlarni 
ishlab chiqaradi; 
-yoqilg‗i-moyli; 
-energiya - neftkimyoviy. 
Birinchi turdagi zavodlarda asosan har xil turdagi yoqilg‗ilar ishlab 
chiqariladi. Neftni chuqur bo‗lmagan qayta ishlash natijasida 35%dan ko‗proq 
tiniq neft mahsulotlari qolganlari yonilg‗i mazutlar olinadi. Chuqur qayta 
ishlashda teskari nisbatlar olinadi. Bunga erishish uchun neft ikkilamchi qayta 
ishlashdan o‗tkaziladi, katalitik kreking, kokslash, gidravlik kreking va 
boshqalar qo‗llaniladi. 
Yoqilg‗i – neftkimyoviy turidagi zavodlarda faqatgina yoqilg‗i 
ishlanmasdan, neftkimyo sanoati mahsulotlari ham ishlab chiqariladi. 
Xomashyolar sifatida neftni chuqur ishlash natijasida olingan gazlardan yoki 
neftni birlamchi haydashdagi benzinlar va kerosin-dizel fraksiyalaridan 
foydalaniladi. 
Yoqilg‗i-moylarni ishlab chiqaradigan zavodlarda yog‗lar bilan birgalikda 
moylarni keng assortimentlari, parafinlar, bitum va boshqa mahsulotlar ishlab 
chiqariladi. 
Energiya-kimyoviy turdagi zavodlar issiqlik elektr stansiyalarida (IES) yoki 
unga yaqin joyda quriladi. Bunday turdagi zavodlarda neftni qayta ishlashga 
haydashda benzin, kerosin va dizel fraksiyalari olinadi, mazut esa yoqilg‗i 


72 
sifatida IESga haydaladi. Tiniq neft mahsulotlaridan neft-kimyo mahsulotlarini 
ishlab chiqarishda xom-ashyo sifatida foydalaniladi. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Neftni qayta ishlovchi zavodlarning turlari

Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish