65
Haydash davomida haroratni ko‗tarilishi hisobiga har xil qaynash oraliqlarida
neftdan uglevodorodlar ajralib chiqadi.
Belgilangan fraksiyalarni olishga rektifikatsiya deyiladi va bu jarayon
rektifikatsiya kolonnasida amalga oshiriladi. Rektifikatsiya kolonnasi tik silindr
apparatidan iborat bo‗ladi, balandligi 20..30 m va diametri 2..4m. Kolonnaning
ichki qismi gorizontal disklar bilan alohida ko‗p sonli bo‗linmalarga bo‗lingan
bo‗ladi, ularda teshiklar o‗rnatilgan va teshiklar
orqali neft va suyuqlikning
bug‗lari chiqib ketadi.
Neftni rektifikatsiya kolonnasiga haydashdan oldin 350...360
0
Сgacha
trubkali pech yordamida qizdiriladi. Bunda yengil uglevorodlar, benzinli,
kerosinli va dizel fraksiyalari bug‗ holatiga o‗tadi, qaynash harorati 350
0
Сdan
yuqori bo‗lgan suyuqlik fazasi bu mazutdir.
Bunday aralashma rektifikatsiya kolonnasiga
berilgandan keyin mazut
pastga oqadi, bug‗ holatidagi uglevorodlar esa yuqoriga ko‗tariladi. Bundan
tashqari kolonnaning pastki qismida 350
0
Сgacha qizdirilganda mazutning
tarkibidagi uglevodorodlarning bug‗lari ham yuqoriga ko‗tariladi.
Uglevodorodlar yuqoriga ko‗tarilgandan keyin
asta sekin sovib uning
harorati 100...180
0
С gacha pasayadi. Bunda ma‘lum harorat atrof- muhitga
beriladi va sun‘iy ravishda bug‗lar suyuqlikka aylanadi.
Bug‗larni asta sekin sovishi natijasida neftda ma‘lum uglevodorodlar
kondensatsiyalanadi. Texnologik
jarayon shunday hisoblanganki, kolonnaning
eng yuqori qismida benzin fraksiyasi,
keyin - kerosin, pastda esa - dizel
yoqilg‗isinineg fraksiyasi kondensatsiyalanadi. Kondensatsiya bo‗lmagan
bug‗larni ajratish uchun gaz ajratishga yo‗naltiriladi, undan quruq gaz (metan,
etan), propan, butan va benzin fraksiyalari olinadi.
Neftni haydashda ko‗rsatilgan fraksiyalarni olish quvurchali qurilmalarda
atmosfera bosimida olib boriladi. Neftni chuqur qayta ishlashda atmosfera-
vakuumli quvurchali qurilmalardan foydalaniladi.
Unda atmosferadan tashqari
vakuum baki bo‗ladi va mazutdan ajralib chiqqan yog‗li fraksiyalar
(distillyatlar), vakuumli gazoyl ajraladi va gudron qoldig‗i qoladi.