61
ta‘minlaydi. Benzin qaynatgichda suv bug‗lari yordamida 160 - 180°С gacha
(0,3 - 0,5 MPa bosim bilan) qizdiriladi. Qaynatgichda hosil bo‗lgan bug‗lar
kolonnaga (13)
kirib keladi, suyuqlik – barqaror benzin-to‗siq orqali apparatning
(12) ichiga oqib o‗tadi va bosim ostida issiqlik almashtirgich (17) orqali
sovutgichga (18) va keyin esa benzinni barqarorlashtirish rezervuariga
yo‗naltiriladi (sxemada ko‗rsatilmagan).
Yengil neftni barqarorlashtirish natijasida
uning tarkibidagi metan, etan
va propan 95% ga ajratib olinadi. Bunda to‗yingan neft bug‗larining bosimi
40°С
haroratda 0,85 dan 0,03
MPa gacha pasayadi, neftni tashish va saqlash
jarayonlaridagi fraksiya tarkibini doimiy saqlashni kafolatlaydi.