58
Konlardagi elektr tuzsizlantirish qurilmasidan
keyin barqarorlashtirishga
yo‗naltiriladi. Neftni barqarorlashtirishni fizik jarayoni gaz komponentlarini
ajratishga mo‗ljallangan. Yuqori bosimda to‗yingan gazning bug‗lari neftning
tarkibidan atrof muhit haroratida ajralib chiqadi va o‗zi bilan birgalikda
benzinning eng qimmat komponentlarini ham olib chiqadi.
Quyida bug‗larga to‗yingan yengil uglevodorodlar uchun
mos keladigan
bosim va haroratning meyorlari keltirilgan:
2.3-jadval
Harorat, oC
Bosim, MPa
etan
propan
n-butan
0
2,31
0,46
0,10
10
2,92
0,62
0,14
20
3,65
0,82
0,20
30
4,50
1,06
0,27
40
-
1,34
0,37
50
-
1,66
0,48
Bunday bug‗lanish neftni va neft mahsulotlarini rezervuarlarga to‗kishda
va qo‗yishda kuzatiladi. Bunda yo‗qotilish 5% dan oshib ketishi mumkin.
Bundan tashqari neftli gazlar mavjud bo‗lganda quvur uzatmalarda bug‗li
tiqinlarni hosil qiladi va qayta haydash jarayonini qiyinlashtiradi.
Neftni barqarorlashtirish qurilmasi konlarda quriladi va foydalaniladi.
Neftni barqarorlashtirish uchun bir kolonnali qurilmadan foydalaniladi, ikki
kolonnali qurilma yordamida birinchi kolonnada neft barqarorlashtiriladi,
ikkinchi kolonnada esa gazli benzin barqarorlashtiriladi. Ikki kolonnali
barqarorlashtirish qurilmasi yuqori tarkibdagi erigan gazli neftlarni ya‘ni – 1,5%
(massasi bo‗yicha) bo‗lganda qo‗llaniladi.
Ikki kolonnali neftni barqarorlashtirish qurilmasining texnologik sxemasi
2.2-rasmda keltirilgan. Xom neft ETQ sini rezervuardan (5)
nasos yordamida
olinadi va issiqlik almashtirgich (6) orqali haydaladi, bug‗li qizdirgichga kirib
(7) keladi va 60°C haroratda birinchi barqarorlashtirish kolonnasining (2)
yuqori likopchasiga uzatiladi.
Bu kolonna tarnovli likopcha bilan jihozlangan (likopchalar soni 16 tadan
26 gacha), uning yuqori qismidagi urilma hisoblanadi, pastki uchtasi esa –
59
aralashtirgichdan iborat. Kolonnadagi ortiqcha bosim 0,2 dan 0,4
MPa gacha,
benzin bug‗larini suv bilan suvdagi sovutish-kondensatorida (8) yaxshi
kondensatsiya bo‗lishi uchun sharoit yaratadi. Neft likopchadan likopchaga
oqib o‗tganda yuqoriga ko‗tarilayotgan qizdirilgan bug‗lar bilan uchrashadi va
yengil fraksiyalarni ajratadi. Kolonnaning pastki
qismidagi harorat zmeyevik
(quvur ichida quvur) quvur pechdagi sirkulyatsiya (1) nasos yordamida *(3)
neftni barqarorlashtirish issiqligi hisobiga 130 - 150°C harorat ushlab turiladi.
Kolonnaning pastki qismidan chiqadigan barqaror neft nasos (4) yordamida
issiqlik almashtirgich (6) orqali haydaladi va o‗zining issiqligini xom neftga
uzatadi. Undan keyin neft havoli sovutgich orqali (19) o‗tadi va
barqarorlashtirish rezervuariga kirib keladi va u yerdan neftni qayta ishlash
zavodlariga jo‗natiladi.
Kolonnaning yuqorisidan chiqadigan (2) gaz va bug‗larni
aralashmasi
sovutgich-kondensatorda (8) sovutiladi. Kondensat bilan birgalikda hosil
bo‗lgan gazlar gaz-suv-ajratgichda (9) to‗planadi. Kondensatsiyalanmagan
gazlar – quruq gaz (asosan metan va etan) gaz-suv-ajratgichning qurilmaning
yuqori qismidan chiqariladi. Gazni olib ketish
quvur uzatmasiga reduksiya
klapani (10) o‗rnatiladi, apparatdagi (9) va kolonnadagi (2) barqaror bosimni
ushlab turadi.
Gaz-suv-ajratgich tik ko‗rinishdagi to‗siq bilan ajratiladi. Apparatning
yarim qismini pastidagi sathni rostlagich yordamida drenaj chizig‗idagi klapan
biriktirilgan va u orqali suv chiqarib yuboriladi.
Gaz-suv-ajratgichning ikkinchi yarmida
kondensat-uglevodorodlarni
aralashmasi nasos (11) yordamida olinadi va issiqlik almashtirgich orqali (17)
barqaror benzinni haydaydi. Bu yerda benzin 70°С gacha qizdiriladi va shu
haroratda barqarorlashtirish kolonnasining (13) bug‗lantirish qismiga kirib
keladi. Kolonnada 30 - 32 ta likopchali tarnovlar mavjud;
kolonnadagi bosim
1,3—1,5 MPa chegarasida ushlab turiladi.