53
GUD-1 turidagi apparat korpusida 6 ta ajratuvchi element o‗rnatilgan,
ularning har biriga mahsulot kirishi uchun tangensial patrubkalar (quvurchalar)
o‗rnatilgan. Natijada oqim silindirsimon korpus ichki devori bo‗ylab kuchli
aylanadi. Gidrotsiklon barqaror neft yig‗gichda o‗rnatiladi.
GUD-1 dan bug‗-gaz va suyuqlik tomchilari
tomchi ajratgichga uzatiladi,
og‗irlik kuchi ta‘sirida neft tomchilari yengil uglevodorodlar bug‗-gaz
aralashmasidan ajratiladi. So‗ngra bug‗-gaz aralashmasi 10 - 15
о
С da
kondensatsiyalanadi, ajratgichda yengil uchuvchan gazlar va kondensatga
ajratiladi. Sifatli kondensat olish uchun ajratgichda 1,7-1,3 atm.
bosim ostida
ushlab turiladi. Bunda qimmatli butan fraksiyasi gaz holatiga o‗tmaydi.
Gidrotsiklonda neftdan С
3
uglevodorodlarning ajralish hissasi 90%, С
4
–
68%, С
5
– 48% ni tashkil etadi. С
6
uglevodorodlari 20% gacha, С
8
– 8%gacha
ajratiladi.