• 10.6-jadval . GT-BTX texnologiyasining J- J ekstraksiya texnologiyasi bilan taqqoslanishi . Ko‗rsatgich GT-BTX Ekstraksiya J-J
  • -rasm.J-J ekstraksiya qurilmalarining GT-BTX ga nisbatan barqaror ish diapazoni




    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet208/307
    Sana04.01.2024
    Hajmi15,32 Mb.
    #130098
    1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   307
    Bog'liq
    Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

    10.6-rasm.J-J ekstraksiya qurilmalarining GT-BTX ga nisbatan barqaror ish diapazoni 
    10.7-расм. J-J ekstraksiya qurilmalari ishiningGT-BTXga nisbatan optimal sohalari 
    Agarda xomashyoni undagi aromatiklar miqdori nuqtai nazaridan 
    qaraladigan bo‗lsa, shuni qayd etish kerakki, J-J ekstraksiya tizimi yuqori 


    417 
    qiymatdagi aromatik uglevodorodli xomashyolarni bevosita qayta ishlash uchun 
    mos emas, chunki, agarda uglevodorod aralashmasi 75–80%dan ko‗p 
    aromatiklardan tashkil topganda, Solvent fazasining aralashmadan ajralishi sodir 
    bo‗lmaydi. Aksincha, aromatiklarning juda kam miqdorida J-J tizimlarida 
    Solvent sirkulyatsiyasi darajasi, bunday tizimning samarali bo‗lib qolishi uchun 
    ko‗plik qiladi. GT-BTX texnologiyasidafazalarning ajralishi sodir bo‗lmaydi, va 
    xomashyoda aromatiklar konsentratsiyasining istalgan diapazonida jarayonni 
    samarali olib borish mumkin. 
    10.7-rasmda qaralayotgan ikkita texnologiyalardan har biri foydalanish 
    xarajatlar nuqtai nazaridan boshqa texnologiyalar oldida ustunlikka ega 
    bo‗luvchi sohalari ko‗rsatilgan.
    Osonlikcha ko‗rish mumkinki, energiya xarajatlariga ko‗ra J-J ekstraksiya 
    jarayonlari GT-BTX jarayonlariga nisbatan faqatgina xomashyoning juda 
    noan‘anaviy tarkibi bilan juda cheklangan diapazonlar sharoitida ancha 
    samarali.10.6 - jadvalda odatiy tarkibli riformatni qayta ishlashda GT-BTX 
    texnologiyasining J-J ekstraksiyasi odatiy jarayoniga umumiy taqqoslanishi 
    keltirilgan. 
    10.6-jadval
    GT-BTX texnologiyasining J- J ekstraksiya texnologiyasi bilan taqqoslanishi
    Ko‗rsatgich 
    GT-BTX 
    Ekstraksiya J-J 
    Asosiy operatsiyalar soni 


    Kapital xarajatlar 
    Asosiy 
    Asosiy plyus 30-40% 
    Aromatiklarni 
    tutish 
    samaradorligi 
    99,9% 
    <98% 
    Aromatiklar 
    tozaligi 
    darajasi 
    99,9% 
    <99,9% 
    Energiya iste‘moli 
    Asosiy 
    Asosiy plyus 20-30% 
    Xomashyo 
    tarkibiga 
    nisbatan 
    moslashuvchanlik 
    C
    5
    -

    C

    C
    6
    .
    - C
    7(8)
    Jarayonni boshqarish 
    Oddiy, to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
    Birnechta retsikllar 
    Solvent zaxirasi 
    Asosiy 
    Asosiy + 60% 
    Qurilma 
    tagidagi 
    maydonlar hajmi 
    Asosiy 
    Asosiy + 50% 


    418 
    J-J ekstraksiya tizimi bilan taqqoslanganda ekstraksiya distillyatsiyaning 
    boshqa tizimlari ham GT-BTX texnologiyasi bilan bir xil afzalliklarga ega. 
    Biroq, 10.7 jadvalda keltirilgan an‘anaviy Solventlardan foydalanuvchi tizimlar 
    GT-BTX texnologilaridan quyidagi quyidagi ko‗rsatgichlari pastroqdir: 
    • 
    Solvent ajratuvchanligining pastligi. Ajratish bosqichlarining ko‗p soni, 
    Solvent sirkulyatsiyasi darajasining yuqoriligi, mahsulotning past darajada 
    tozaligi yoki mahsulotni tutishning past samaradorligi, xomashyo qaynash 
    haroratining cheklangan diapazoni va qurilmaning katta hajmi - bu omilning 
    natijalaridir. 
    • 
    Solventning ikkilamchi xossalari. Ekstraksiya distillyatsiya jarayonlarida 
    qo‗llaniladigan boshqa Solventlar Tekstiv-100 ga nisbatan ancha past qaynash 
    haroratiga ega bo‗lib, bu Solventni mahsulot oqimidan ajratishni 
    qiyinlashtiradi. Tekstiv-100 ning zichligi an‘anaviy Solventlar zichligidan 10 
    %ga ortiq, shuning uchun GT-BTX jarayoni bo‗yicha ishlovchi, Solventni 
    yuklash hajmini va qurilmaning hajmini mos ravishda kamaytirilganda, 
    Solventning berilgan massa sarfida uning hajmiy sarfi kamroq bo‗ladi.
    • 
    Ba‘zi bir boshqa ED texnologiyalarida komponentlari asosiy azotni o‗z 
    ichiga olgan Solventlar qo‗llaniladi. Hattoki juda kam konsentratsiyadagi 
    asosiy azot ham ekstraksiya distallyatsiya qurilmasidan keyin joylashgan 
    ko‗plab qayta ishlash qurilmalarida katalizatorlar uchun katalitik zaxar
    hisoblanadi. Tekstiv-100 Solventi bu keraksiz birikmalarga umuman ega emas 

    Download 15,32 Mb.
    1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   307




    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm.J-J ekstraksiya qurilmalarining GT-BTX ga nisbatan barqaror ish diapazoni

    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish