-rasm. Gudronni benzin bilan (doben jarayoni) deasfaltizatsiyalash qurilmasining




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

10.10-rasm. Gudronni benzin bilan (doben jarayoni) deasfaltizatsiyalash qurilmasining 
texnologik sxemasi: 
1,4,7,9,13,16,20-nasoslar; 2-gudronni qizdirgich; 3,17-qabul qilgich; 5,-quvurli pech; 6-
ekstraktor; 10-yuqori bosimli ajratgich; 11-reduksion klapan; 12-bug‗lantirish kolonnasi; 14-
kondensator-sovutgich; 15,19-ajratgis-suv-ajratgich; 18-havoli sovutish apparati; 21-asfaltli 
eritmadan eritgichni regeneratsiyalash seksiyasi; 22-shesternali nasos; 23-asfaltetni sovutish 
barabani. 
 
Qurilmaning texnologik rejimi: 
10.14-jadval 
Harorat, °C 
ekstraktorga kirishdagi xom-ashyo 
ekstraktorga kirishdagi erigich 
ekstraktorning yuqori va pastki qismlari oralig‗idagi bosim farqi 
8-chi pechda asfaltet eritmasini qizishi
6-chi ekstraktordagi ortiqcha bosim, MPa 
10-chi ajratgichdagi 
12-chi bug‗lantirish kolonnasidagi 
8-chi zmeyevik pechdan chiqishdagi asfaltet eritmasi
150-160 
130-135 
15-20 
275-280 
2,2-2,5 
1,0 
0,15-0,20 
3,2 
 


437 
Neft moylarini deparafinlash 
Deparafinlash jarayonlarining samaradorligiga xom ashyo sifati, tabiati, tarkibi 
va xom ashyoga qo‗shiladigan erituvchini o‗tkazib berish karraligi, xom ashyo 
eritmasini sovutish tezligi ta‘sir ko‗rsatadi.
Deparafinlashda qo‗llaniladigan erituvchilar quyidagi xossalarga ega 
bo‗lishi kerak:
jarayon haroratida xom ashyoning qattiq uglevodorodlarini eritmaslik 
kerak, suyuqlarni eritish kerak;
deparafinlash va deparafinlangan moyning haroratlarini orasida minimal 
farqni ushlab turishga imkon berish, bu haroratlar orasidagi farq 
deparafinlashning harorat effekti deb ataladi ;
deparafinlash haroratida kristallanmasligi uchun ancha past qotish 
haroratiga ega bo‗lishi kerak;
korrozion – tajovuzkor bo‗lmasligi kerak.
Neft mahsulotlarini deparafinlash bir necha usulda bajariladi: 
qattiq uglevodorodlarni past temperaturada kristallash;
xom ashyoni eritmasidagi qattiq uglevodorodlarni tanlovchi (saylovchi) 
erituvchilar bilan;
karbamid bilan kompleks hosil qilish yuli bilan;
qattiq uglevodorodlarni katalitik usulda past temperaturada qotadigan 
mahsulotlarga aylantirish usuli bilan;
Xom ashyoni adsorbsiya usuli bilan yuqori va past temperaturada 
kristallanadigan mahsulotlarga ajratish yuli bilan; Biologik ta‘sir bilan.
Bunday uglevodorodlarni eruvchanligi qattiq moddalarni suyuqlikda erish 
nazariyasiga bo‗ysunadi va quyidagilar bilan xarakterlanadi:
Qattiq uglevodorodlarni eruvchanligi fraksiyalarni qaynash temperaturasi 
va zichligi ortishi bilan kamayadi;
a)bir xil temperatura oralig‗ida qaynovchi fraksiyalar uchun bir 
gomologik qatoridagi qattiq uglevodorodlarni eruvchanligi ularni malekulyar 
ssalarni orgishi bilan kamayadi;


438 
v) Qattiq uglevodorodlarni eruvchanligi temperatura ortishi bilan 
pasayadi.
 Deparafinizasiya jarayonida ishlatiladigan eruvchi quyidagi talablarga 
javob berish kerak:  
Erituvchi 
jarayonni 
temperaturasida 
xom 
ashyodagi 
suyuq 
uglevodorotlarni eritib qattiq uglevodorodlarni eritmasligi kerak.

Download 15,32 Mb.
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Gudronni benzin bilan (doben jarayoni) deasfaltizatsiyalash qurilmasining

Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish