QISHLOQ XO‘JALIGI FANLARI /
AGRICULTURAL SCIENCES
UO‘K
:
635.21:631.52:631.55:631.58
KARTOSHKA NAVLARINI YETISHTIRISHDA SIDERATSIYADAN FOYDALANISH
Usmanov Nosir Nurmanovich-
qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor,
nosirusmanov69@gmail.com
Hakimova Mubora Xalilovna
-
biologiya fanlari nomzodi, dotsent
Qarshi mihandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi sh., O‘zbekiston
Annotatsiya. Qashqadaryo viloyatining qadimdan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari
sharoitida ilkbor turli siderat ekinlarning o‘sishi, rivojlanishi, yashil massa va urug‘ hosili bo‘yicha
baholangan va istiqbolli siderat (raps, moyli turp, gorox, ko‘k xantal, gorox+moyli turp) ekin turlari
tanlandi. Toza va aralash ekilgan siderat ekinlarning o‘sishi (o‘simlik bo‘yi 71,6-219,6 sm),
rivojlanishi (1 m
2
da tup soni 103,4-556,2 dona) va biomassa hosildorligi 26,4-34,6 t/ga tashkil etdi.
Tuproq haydov qatlamida makroagregatlar ulushi 13,4-25,9% ga oshganligi, mikroagregatlar esa
24,7-27,6% ga kamaygani, hajm massasi 1,23-1,31 g/sm
3
ga kamaygani va suv o‘tkazuvchanligi
71,0-124,7 m
3
/ga oshganligi va gumus – 1,19-1,22; nitrat azoti 12,38-33,56, harakatchan fosfor -
31,37-43,25, almashinuvchi kaliy - 311,4-326,2 mg/kg.ga ortganligi, begona o‘tlar miqdori 7,4-
17,5% yoki I va II-balldan oshmaganligi, yomg‘ir chuvalchanglari soni 3,1-6,3 barovarga ortganligi
o‘rganildi. Turli kartoshka navlarining rivojlanishi (o‘suv davri 3-10 kunga uzaygan, balandbo‘yli
66,4-80,7; serpoyali 4,1-5,4 yoki 1,0-1,6 donaga ziyod; barg sathili (69,6-71,5 ming m
2
), baquvvat
palak (404,4-495,3 gramm), sog‘lom tup va hosilning shakllanishi (tuganak hosili 617,5-887,5
gramm, tuganaklar soni 6,7-11,2 donani, bitta tuganak o‘rtacha vazni 76,2-90,2 gramm), hosildorlik
(30,7-34,2 t/ga va shundan tovar hosil 29,6-33,4, aynimagan urug‘bop tuganaklar hosili 21,2-29,2
t/ga, ko‘payish koeffitsiyenti 6,3-8,3 dan ziyod) sifatiga sideratlarning ta’siri asoslandi.
|