Qarshi muhandislik-iqtisodiyot




Download 26 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/157
Sana01.08.2024
Hajmi26 Mb.
#269016
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   157
Bog'liq
1. Ж.Н.Узоқов MAXSUS SON 2023-1 мақола нашрга чиқди.

Keywords: siderate crops, sideration, biomass, growth and development, vegetation period, 
potato varieties, leaf surface area, productivity. 
 
Kirish 
Bugungi kunda dunyo dehqonchiligida siderat ekinlar biomassasini siderat sifatida qo‘llash 
orqali tuproq unumdorlik xossalari yaxshilanib, kartoshka navlarining hosildorligi va urug‘lik sifatini 
oshirishga erishilmoqda.
Dunyoda aholi sonining jadal o‘sishi, oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lgan talabning ortishi
ekologik iqlim sharoitlarining yildan-yilga keskin o‘zgarishi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, 
tuproq unumdorligini oshirish, muhofaza qilish, tuzilmasini yaxshilash, begona o‘tlar va 
zararkunandalarga qarshi kurashish va unga erishish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi va 
mahsulot sifatini oshirishda almashlab ekish tizimida biologik usullarda turli maqsadlarda siderat 


INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR Maxsus son, 2023-yil, dekabr 
ISSN 2181-4732 
105 
(asosiy ekin, qoplama ekinlar, takroriy, oraliq ekinlar, yem-xashak sifatida) ekinlardan foydalanishga 
alohida katta e’tibor qaratilmoqda [2, 3, 12, 13, 14]. 
Respublikamizda siderat ekinlarning g‘o‘za, donli va boshqa ekinlar ekilgan paykal tuproq 
unumdorligi, o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi, kasallanishi va hosildorligiga ta’siri [1, 2, 3, 4], 
kartoshkachilikda esa [5, 6, 7, 8] tadqiq etilgan. 
Hozirgi kunda respublika, shu jumladan kartoshkachilik rivojlanayotgan Qashqadaryo viloyatida 
yetishtirilayotgan kartoshka miqdori aholini talabini qondira olmaydi. Shuni hisobga olib, Respublika 
hukumati tomonidan olimlar zimmasiga serhosil, kasalliklarga chidamli, ta’mi va saqlanuvchanligi 
yuqori, zamonaviy texnologiya va mahalliy sharoitlarga mos kartoshka navlarini yaratish bo‘yicha 
tadqiqotlarni rivojlantirish va urug‘chilikni tashkil qilishda an’anaviy tanlash usuli bilan bir qatorda 
asta-sekin jadallashgan texnologik usul asosida viruslardan holi urug‘lik yetishtirish, kartoshka 
mahsuloti bilan aholini to‘liq ta’minlab, chetga eksport qilishdek ulkan vazifalar turibdi. Qishloq 
xo‘jalgi ekinlari g‘o‘za, kuzgi bug‘doy, sabzavot ekinlari va kartoshkachilikda qo‘llanilib kelayotgan 
qisqa navbatli almashlab ekishda tuproq tabiiy unumdorligini saqlash, oshirish va muhofaza qilishda 
siderat ekinlarning ahamiyati nihoyatda katta (1, 2, 3, 4).
Bu agrotexnik tadbirlar birinchidan – tuproqni oziq moddalarga boyitib, tabiiy unumdorligini 
saqlaydi va oshiradi, ikkinchidan - allelopatik xususiyatga ega bo‘lib, tuproq mexanikaviy, suv-fizik, 
agrofizikaviy, agrokimyoviy va mikrobiologik xossalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun 
qadimdan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida kartoshka yetishtirishda siderat ekinlar 
biomassasidan sideratsiya sifatida foydalanish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish dolzarb hisoblanadi. 

Download 26 Mb.
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   157




Download 26 Mb.
Pdf ko'rish