|
Qarshi muhandislik-iqtisodiyotBog'liq 1. Ж.Н.Узоқов MAXSUS SON 2023-1 мақола нашрга чиқди.Tadqiqot maqsadi.
Qashqadaryo viloyatining qadimdan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari
sharoitida kuzgi siderat ekinlar biomassa hosildorligi va siderat ekinlarni urug‘lik uchun ekish
muddatlari va urug‘ hosildorligi, siderat ekinlar massasi qo‘llanilganda kartoshka navlarining o‘sishi,
rivojlanishi, hosil to‘plashi, hosildorligi va urug‘lik sifatiga hamda tuproq unumdorligiga ta’sirini
o‘rganib, barqaror yuqori urug‘bop sog‘lom va sof hosil olish imkonini beruvchi istiqbolli siderat
ekin turlari va kartoshka navlarini ajratish asosida yetishtirish texnologiyasini takomilashtirishdan
iborat.
Tadqiqotning obyekti
sifatida Qashqadaryo viloyatining qadimdan sug‘oriladigan tipik bo‘z
tuproqlari, kuzgi rapsning “Nemerchanskiy-2268”, moyli turpning “Raduga”, ko‘k xantalning
“Yubileynaya”, gorox (ko‘k no‘xat)ning “Vostok-55” navlari, kartoshkaning o‘rtatezpishar Sante va
Bardoshli-3navlari olingan.
Tadqiqot joyi, sharoiti va uslubi
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani “Hisor” fermerlar uyushmasining qadimdan
sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida 2020-2022 yillar dala tajribasi olib borildi. Qadimdan
sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar, yer osti suvlari 6-8 metr chuqurlikda joylashgan. Tuproqni
mexanik tarkibi o‘rtacha qo‘moq. Tajriba dalasi haydalma (0-30 sm) qatlamida gumus miqdori
(0-30 sm) 1,19-0,84%, tuproq hajm massasi 1,28-1,34 g/sm
3
, solishtirma massasi 2,58-2,65 g/sm
3
ni,
yalpi azot 0,095-0,094%, umumiy fosfor 0,144-0,163%, kaliy 2,6-2,9%, nitrat shaklidagi azot
miqdori 7,76-9,08 mg/kg, harakatchan fosfor 27-35 mg/kg, almashinuvchan kaliy 279-298 mg/kg ni
tashkil etdi. Olingan ma’lumotlarda ushbu oziqa elementlar miqdori tuproqning haydov osti
qatlamida biroz kamligi aniqlandi.
Delyankaning maydoni sideratlar bo‘yicha 354 m
2
, navlar bo‘yicha 14 m
2
, takrorlar soni -
3 ta. Siderat ekinlarni ekish kuzda 19-21 oktabr kunlari ekish amalga oshirildi. Ularni ekish meyori
quyidagicha:
raps-12,0; gorox (ko‘k no‘xat) – 70; ko‘k xantal (gorchitsa sizaya)-8,0 va moyli turp-16,0 kg/ga.
Aralash variantlarda bu ekish meyorlar yarmidan olindi. Ekishdan oldin gektariga N30P100K60 kg
solinib, kuzgi sideratlar erta bahorda N30 bilan oziqlantirildi. Kuzgi sideratlar ekilgach 450-500
m
3
/ga meyorda 3 marta sug‘orilib, shundan 1 tasi erta bahorda amalga oshirildi. Kartoshka ekishdan
12-14 kun oldin siderat ekinlar hosildorligi aniqlanib, so‘ngra KIR-1,5 rusumli agregatda o‘rib,
yanchib tashlanib, ustidan diskalandi va 28-30 sm chuqurlikda shudgorlandi.
INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR Maxsus son, 2023-yil, dekabr
ISSN 2181-4732
106
Dala va ishlab chiqarish tajribalarini o‘tkazish, ekish, ekinlarni parvarish qilish, hosilni yig‘ish,
hisoblash va tahlillar umumiy qabul qilingan qishloq xo‘jaligi vazirligi, Butunrossiya
o‘simlikshunoslik instituti, Butunrossiya kartoshka xo‘jaligi ilmiy tadqiqot instituti, O‘zbekiston
sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti, qishloq xo‘jalik ekinlarining yangi
navlarini sinash bo‘yicha Davlat komissiyasi kabilar uslubi hamda tavsiyalari asosida olib borildi.
Hosildorlik ko‘rsatkichlari B.A.Dospexov uslublari bo‘yicha Microsoft Excel dasturi yordamida
matematik statistik tahlil qilindi [9, 10].
|
| |