|
Qarshi muhandislik-iqtisodiyotBog'liq 1. Ж.Н.Узоқов MAXSUS SON 2023-1 мақола нашрга чиқди.Ключевые слова: цифровые активы, цифровые технологии, блокчейн, цифровая валюта,
токен, распределенный реестр.
UO‘K: 338
RAQAMLI AKTIVLARNING MOHIYATI VA AFZALLIKLARI TAHLILI
Yakubova Shamshinur Shuxratovna
1
– iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
E-mail: sh.yakubova@tsue.uz
Rashidov Raximjon Iskandarovich
2
– dotsent
E-mail:
rashidov@qmii.uz
1
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent sh., O‘zbekiston
2
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi sh., O‘zbekiston
Annotatsiya. So‘nggi yillarda butun dunyo bo‘ylab moliyaviy tizimlar tez o‘zgarib bormoqda.
Umuman raqamli iqtisodiyotning va xususan raqamli texnologiyalarning rivojlanishi yangi
konsepsiya – "raqamli aktiv" ning paydo bo‘lishiga va tegishli jarayonlarning bosqichma – bosqich
joriy yetilishiga olib keldi. Zamonaviy ma’noda raqamli aktiv konsepsiyasidan foydalanish birinchi
navbatda blockchain texnologiyasining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Ushbu sohaning dolzarbligidan
kelib chiqib, ushbu maqola mualliflari o‘z oldilariga maqsad qo‘ydilar – batafsil o‘rganish va
mohiyatini ochib berish va raqamli aktivlar tushunchasining yeng to‘liq ta’rifini shakllantirish,
ularning afzalliklari va kamchiliklarini taqqoslash va ularning keyingi rivojlanish sur’atlarini
aniqlash. Shu bilan birga, tahlil jarayonida mualliflar raqamli aktivlarni texnologik va huquqiy
xususiyatlarga ega bo‘lgan iqtisodiy aktivlarning o‘ziga xos turi sifatida talqin qilish kontekstidan
kelib chiqadilar. Maqolada raqamli aktivlar va raqamli texnologiyalarning mohiyati, ularning o‘zaro
bog‘liqligi va o‘zaro ta’siri ko‘rib chiqiladi, raqamli aktivlarni muomalaga kiritish bilan bog‘liq
asosiy afzalliklar va xatarlar tahlil qilinadi. Mualliflar innovatsiyalar va transformatsiyalar uchun
raqamli aktivlar va texnologiyalarning imkoniyatlarini muhokama qiladilar va ularni amalga
oshirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq xavf va muammolarni ta’kidlaydilar.
|
| |