Qarshi muhandislik-iqtisodiyot




Download 26 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/157
Sana01.08.2024
Hajmi26 Mb.
#269016
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   157
Bog'liq
1. Ж.Н.Узоқов MAXSUS SON 2023-1 мақола нашрга чиқди.

 
Kirish 
 
Tog‘-kon sanoatida faoliyat olib borayotgan ishchi xodimlarga xavfsiz mehnat sharoitlarini 
yaratib berish ushbu sohaning samarali va muvaffaqiyatli ko‘rsatkichlarga erishishining asosiy 
jihatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Oltin qazib olinadigan va ko‘mir qazib olinadigan konlarda 
ishchilarning mehnat faoliyatlarini olib borishlari u yerda mavjud aksariyat kasb egalari uchun 
sog‘ligi va hayoti uchun katta xavf tug‘diradigan faoliyatlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shuning 
uchun xavfsiz mehnat sharoitlari tog‘-kon sanoati uchun ustuvor vazifadir. 
 
Tadqiqot bo‘yicha materiallar va masalani yechish usullari
Milliy kasbiy xavfsizlik va salomatlik instituti (MKXSI) ma’lumotlariga ko‘ra dunyoda
2021-2022 yillarda tog‘-kon sanoatida halokatli hodisalar kamayish tendentsiyasi kuzatilayotgan 
bo‘lsada, xavflar hali ham mavjud. Shu bilan birga, ishchilar va ish beruvchilar tomonidan mehnat 
xavfsizligi talablariga rioya qilinmagan taqdirda, favqulodda vaziyatlar, ishlab chiqarishdagi baxtsiz 
hodisalar soni ortishi va kasbiy jarohatlar darajasi yuqori nuqtaga yetishi mumkinligi ko‘rsatib 
o‘tilgan [1, 2]. Ushbu hodisalarning 2/3 qismi kon uskunalari va texnikalari ta’sirda yuz beradi. 
Masalan: yuk tashish vositalari orqali 45,91%; kon mashinalari orqali 21,62%; shaxta ustunlarining 
qulashi oqibatida 13,52 % baxtsiz hodisalar ro‘y bergan [3]. 
1-rasm. MKXSI ma’lumotiga ko‘ra 2021-yilda baxtsiz hodisalar toifasi bo‘yicha yer osti kon 
ishlarida halok bo‘lganlar soni 
Ushbu xavflarni aniqlash va kamaytirishga yordam beradigan yer osti kon ishlarida xodimlar 
xavfsizligini ta’minlash algoritmlari, dasturiy majmualar va ushbular asosidagi axborot tizim yaratish 
zarurati paydo bo‘ladi [4]. Yer osti kon ishlarida xodimlar xavfsizligini ta’minlash tizimi: tahlil qilish 
xavfsizlik uskunalaridan foydalanish, malaka oshirish mashg‘ulotlarini doimiy olib borish, aloqa 
vositalaridan foydalanish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va harakatlanish, o‘quv 
jarayonlarini muntazam olib borish kabi xavfsizlik tekshiruvlarini qamrab olishi shart bo‘ladi.
 
Zamonaviy aloqa vositalaridan oqilona foydalanish yer osti konlarida ishlovchi xodimlar 
xavfsizligini ta’minlashda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Barcha darajadagi xodimlarni vaqtning 
real rejimida joylashgan joylarini radio aloqa yoki telefon qurilmalaridan foydalangan holda 
aniqlashni amalga oshirish mumkin bo‘ladi [5]. 
17
3
2
1
0
5
10
15
20
Yuk tashish transportlari
Shaxta ustunlarining qulashi natijasida
Ishchilarning sirpanishi natijasida
Suv toshqini oqibatida
Soni


INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR Maxsus son, 2023-yil, dekabr 
ISSN 2181-4732 
19 
Ushbu tizim yer osti konlardagi ishchi o‘rinlarda xavfsizlik bo‘yicha barcha tegishli qonunlar, 
qoidalar va standartlarga rioya qilinganligi holda korxonada qo‘yilgan barcha talablarga javob berishi 
lozim. Bundan tashqari yer osti kon ishlarida baxtsiz hodisalar yoki favqulodda vaziyatlarda 
harakatlanish tartib-qoidalari, birinchi yordam va reanimatsiya uskunalaridan foydalanish bo‘yicha 
yo‘riqnomalarni ham o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim bo‘ladi. Axborot tizimda: gaz miqdorini 
monitoring qilish tizimi, yong‘inni aniqlash datchiklari, evakuatsiya tizimlari va yuk ko‘tarish va 
ishchilarni qutqarish uskunalari kabi tizimlar joriy qilish zarur bo‘ladi. 
Yer osti konlarida xavfsizlikni ta’minlash mavjud tizimlarni tahlil qilish va doimiy ravishda 
takomillashtirib borish, xavf-xatarlarni kamaytirishga va xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarni 
ta’minlashga yordam beradi [2]. Bu borada dunyo olimlari tomonida bir qancha ishlar olib borilgan, 
jumladan: yer osti yo‘lini 5G tarmog‘i asosida qurilgan transport vositalari va robotlar bilan o‘zaro 
bog‘liq bo‘lgan idrok qilishning vizual tizimi yaratilgan [6]; yer osti konlaridagi xavfsizlik sohasida 
konning holatini doimiy ravishda kuzatib borish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf darajalariga 
tezkor javob beradigan avtomatlashtirilgan monitoring va boshqarish tizimi ishlab chiqilgan [7].
“Shaxtalardagi ko‘p funksiyali tizimlar xavfsizligi va xodimlarning joylashgan joyini aniqlash” 
axborot tizimining umumiy ko‘rinishi [8] 2-rasmda berilgan. 
2-rasm. Shaxtalardagi ko‘p funksiyali tizimlar xavfsizligi va xodimlarning joylashgan joyini 
aniqlash tizimi 

Download 26 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   157




Download 26 Mb.
Pdf ko'rish