|
Qarshi muhandislik-iqtisodiyotBog'liq 1. Ж.Н.Узоқов MAXSUS SON 2023-1 мақола нашрга чиқди.
Muhokamalar
Korxonalarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida axborot texnologiyalardan keng miqyosda
qo‘llaniladi. Ular bizga jarayonlarni optimallashtirish va faoliyatning barcha bosqichlarida xavfsizlik
nazoratini yaxshilash imkonini beradi. Yer osti kon ishlaridagi jarayonlarni boshqarish dasturi
ko‘plab operatsiyalarni avtomatlashtirishga imkon beradi, masalan: uskunalarning holatini kuzatish
(ishga yaroqliligi, ish bajargan soati, joylashgan joyi, yoqilg‘i sarfi va boshqa), texnik parametrlarni
nazorat qilish (chang, yoritilganlik, gaz miqdori, namlik, harorat, seysmik o‘zgarishlar va boshqa),
ishchilarning holatini (jismoniy holati, joylashgan joyi, ish grafigi va boshqa) kuzatish. Biror
muammoli vaziyat yuzaga kelganda operatorlar xavfsizlik tizimini yaxshilash va ishchilarni
ogohlantirish choralarini ko‘rishlari zarurligi to‘g‘risida avtomatik xabar olishlari mumkin bo‘ladi.
Ish joylarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida turli xil sensorlar (datchik) qo‘llaniladi. Ular
kelayotgan signallar asosida xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan (gaz sizishi darajasini
aniqlash, haroratni va namlikni nazorat qilish, shovqin darajasi va boshqa) parametrlarni aniqlash va
boshqarish mumkin bo‘ladi. O‘rtatilgan qiymatlardan og‘ish bo‘lganda sensorlar avtomatik ravishda
boshqaruv panelidagi operatorlarga signal beradi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, yer osti konlarida xodimlar xavfsizligi, mukammal rejalashtirilgan va
amalga oshiriladigan intellektual axborot tizimga bog‘liq. Ushbu tizim xavfsizlik uskunalaridan
foydalanish, aloqa, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tartib-qoidalari va muntazam xavfsizlik
tekshiruvlarini o‘z ichiga olishi lozim bo‘ladi. Xavfsizlik tartib-qoidalariga rioya qilish orqali baxtsiz
hodisalar xavfini minimallashtirish va xodimlarning xavfsizligini ta’minlash mumkin.
|
| |