Qarshi muhandislik-iqtisodiyot




Download 26 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/157
Sana01.08.2024
Hajmi26 Mb.
#269016
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   157
Bog'liq
1. Ж.Н.Узоқов MAXSUS SON 2023-1 мақола нашрга чиқди.

 
Kirish 
 
 
Dunyoda ichki yonuv dvigatelli avtotransportlar sonining ortib borishi motor yoqilg‘ilariga 
bo‘lgan talabning ham oshishiga sabab bo‘lmoqda. Motor yoqilg‘ilari, xususan avtomobil benzinlari 
katta miqdordagi iste’moli ekologik vaziyatni jiddiylashishiga asosiy omillardan biri bo‘lib 
hisoblanadi va shu sababli ushbu turdagi motor yoqilg‘ilariga qo‘yilgan ekologik talablar kuchaytirib 
borilmoqda. Ushbu ekologik talablarga muvofiq, yoqilg‘i neft mahsulotlari tarkibida kam aromatik 
uglevodorodlar saqlagan, yuqori oktan soniga ega bo‘lgan avtomobil benzini fraksiyalarini ishlab 
chiqarish katta ahamiyat kasb etadi. 
Jahonda neft mahsulotlarini ekologik xossalarini yaxshilash va bu orqali ularing atrof-muhitga 
salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha maqsadli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Avtomobil 
benzinlarini oktan sonini oshirishning ko‘plab usullari mavjud bo‘lib, ular orasida past oktanli yengil 


INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR Maxsus son, 2023-yil, dekabr 
ISSN 2181-4732 
77 
benzin fraksiyalarini bifunksional katalizatorlar ishtirokida izomerizatsiyalab, tarkibida 70% gacha 
izotuzilishli uglevodorodlardan tarkib topgan izomerizat ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan 
texnologiyalarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Respublikamizda motor yoqilg‘ilari, xususan avtomobil benzinlarini sifatini Yevrostandart 
talablarigacha yetkazish borasida ko‘plab ilmiy va amaliy natijalarga erishilmoqda. Ushbu 
yo‘nalishda avtomobil benzinlarini ishlab chiqarish qurilma liniyalariga past oktanli benzin 
fraksiyalaridan yuqori oktanli benzin komponentlarini olish imkonini beruvchi zamonaviy ishlab 
chiqarish jarayonlariga tadbiq qilish borasida muhim natijalar olingan. Shu nuqtai nazardan, yuqori 
sifatli Yevropa ekologik talablariga javob beruvchi avtomobil benzinlari ishlab chiqarish imkonini 
beruvchi izomerizatsiya jarayonlarini joriy etish va ushbu jarayonlar uchun yuqori samaradorlik va 
selektivlikka ega katalizatorlar sintez qilish va amaliyotga joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 26 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   157




Download 26 Mb.
Pdf ko'rish