Qarshi muhandislik-iqtisodiyot




Download 26 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/157
Sana01.08.2024
Hajmi26 Mb.
#269016
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   157
Bog'liq
1. Ж.Н.Узоқов MAXSUS SON 2023-1 мақола нашрга чиқди.

Uslub va materiallar 

Izomerizatsiyalash 
jarayoni 
katalitik 
jarayondir. 
Izomerizatsiyalashning 
birinchi 
qurilmalarida katalizator sifatida vodorod xlorid bilan promotorlangan, alyuminiy xlorid qo‘llanilgan. 
Bu jarayonni gaz yoki suyuq fazada o‘tkazish mumkin. Gaz fazadagi izomerizatsiyalashda AlCl
3
boksit yoki kaolin tashuvchisiga biriktirilgan qattiq holatda bo‘ladi. Suyuq fazadagi jarayon gomogen 
kataliz jarayoni bo‘lib, bunda katalizator 8-12 % AlCl
3
eritmasi tayyorlanadi va xomashyo reagentlar 
bilan birga aralashtirilib reaktorga kiritiladi. Katalizatorni parchalanishi oldini olish uchun xomashyo 
yaxshilab quritilishi hamda uning tarkibidagi oltingugurt miqdori 0,01 % dan oshmasligi lozim [1]. 
Suyuq fazada n-butanni izomerizatsiyalash 80-90 
0
С, gaz fazada esa 130-140 
0
С haroratlarda 
amalga oshiriladi.
Reaktorda n-butanning bir aylanishdagi konversiya darajasi 50 % ni tashkil etadi. Sarflangan 
1 kg AlCl
3
hisobiga 1650 l izobutan olinadi. 
Bugungi kunda ushbu qurilmalar o‘zining amaliy ahamiyatini yo‘qotgan. 
O‘tgan asrning 50-60 yillarida to‘yingan uglevodorodlarni vodorod bosimi ostida, gaz fazada 
bifunksional katalizatorlar ishtirokida izomerizatsiyalash jarayoni keng ko‘lamda qo‘llanildi. Ushbu 
katalizatorlar metallar, metallarning sulfidlari yoki oksidlarini kislotali tashuvchida saqlagan 
ko‘rinishda namoyon etadi. Ularga sulfidli, oksidli va metall oksidli katalizatorlar mansubdir. 
Sulfidli va oksidli katalizatorlar faolligi, selektivligi va barqarorligi past bo‘lgani sababli keng 
qo‘llanilmadi. 
Davriy sistemaning VIII guruh metallari asosidagi metall oksidli katalizatorlar 
izomerizatsiyalash jarayonini yaxshiladi. Chunki, ular C
5
-C
6
uglevodorodlarni izomerlashda yuqori 
selektivlik namoyon etadi, shu bilan bir qatorda korrozion ta’sir ko‘rsatmaydi, qo‘zg‘aluvchan qatlam 
past vodorod bosimida ham yuqori faollik namoyon etadi. 
Bunday katalizatorlarning kamchiligi, jarayonni yuqori haroratlarda (360-450 
0
С) o‘tkazishda 
bo‘lib, bu kimyoviy muvozanat tomonidan yuqori miqdorda izomerlar chiqishiga xalaqit beradi, bu 
esa o‘z navbatida to‘yinmagan xomashyoni retsirkulyatsiyasini talab etadi. 
Yengil benzin fraksiyalarini izomerizatsiyalash jarayonlarida qo‘llaniladigan Al
2
О
3
-Cl/Pd 
katalizatorlarni sintez qilish uchun kerakli reagentlar: 
1. Pd(NO
3
)
2
 tuzi; 
2. 56 % li nitrat kislota; 
3. 30 % li vodorod peroksidi; 
4. Distillangan suv; 
5. Vodorod xlorid bilan ishlov berilgan shariksimon alyuminiy oksidi; 
Katalizatorlarning izomerlash qobiliyatini oshirish maqsadida katalizator tashuvchi alyuminiy 
oksidi vodorod xlorid bilan ishlov berildi. Bundan asosiy maqsad, alyuminiy oksidini kislotalilik 
darajasini oshirish bo‘lib, katalizatorlarning kislotalilik darajasi, uning izomerlash qobiliyatiga 
bevosita bog‘liqdir, ya’ni katalizatorning kislotalilik darajasi qancha yuqori bo‘lsa, uning izomerlash 
qobiliyati ham shuncha yuqori bo‘ladi.


INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR Maxsus son, 2023-yil, dekabr 
ISSN 2181-4732 
78 
Katalizatorlar tashuvchiga aktiv komponentlarni shimdirish usulida olindi. Katalizator 
namunalarini olish 3 bosqichda amalga oshirildi. 
Birinchi bosqich
, shimdiriluvchi eritma tayyorlash 
bosqichi bo‘lib, bunda metall tuzlari distillangan suvda eritilib, ularning suvli eritmasi tayyorlanadi. 
Ikkinchi bosqich
, tashuvchini tayyorlash bosqichi bo‘lib, bunda xlorlangan alyuminiy oksidi 80-100 
0
С haroratda 1 soat mobaynida quritiladi va tarkibida palladiy saqlovchi shimdiriluvchi eritmaga 
solinadi. 
Uchinchi bosqich
, shimdirilgan tashuvchi 120 
0
С haroratda 4 soat mobaynida quritildi va 
so‘ngra 500 
0
С haroratda 10 soat mobaynida toblanadi.
Olingan katalizatorlarning tarkibi 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval

Download 26 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   157




Download 26 Mb.
Pdf ko'rish