INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR Maxsus son, 2023-yil, dekabr
ISSN 2181-4732
79
Gazsimon moddalarni (reaksiya mahsulotlarini) qabul qilish tizimi suyuq moddalarni qabul
qilgich 7 dan iborat bo‘lib, mahsulot qabul tizimidan oldin aralashmalarni sovutish liniyasidan (tuzli
muzdan tashkil topgan) o‘tadi. Gazsimon mahsulotlar 10 gazometrda o‘lchanadi va yig‘iladi.
2-rasm. Izomerizatsiya jarayoni laboratoriya qurilmasi:
1-quvurli pech; 2-reaktor; 3-katalizator; 4-pechdagi termopara; 5-reaktordagi termopara; 6-
shprits; 7-qabul qilgich; 8-barbotyor; 9-manometr; 10-gazometr; 11-quritish kolonkasi; 12-
chiqarish trubkasi; 13-galvonometr; 14-potensiometr; 15-latr; 16-dvigatel; 17-jo‘mrak; 18-ikki
yo‘nalishli jo‘mrak; 19-jo‘mrak.
Olingan gazlar normal sharoitga quyidagi formula orqali o‘tkaziladi:
V = PVT
0
/(T
0
+t)P
0
bu yerda: V-ajralgan gaz hajmi;
P-atmosfera bosimi, mm. sm. us.; t-tajriba o‘tkazilayotgan
sharoitdagi havo harorati; P
0
-760 mm.sm.ust.; T
0
-273 К; V
0
-normal sharoitda kiruvchi gazning hajmi.
Olingan katalizatorlarning ishqalanishga qarshi mustahkamligi GOST 16188-2015 bo‘yicha
aniqlandi [5]. Ushbu standart diametri 0,5-6,0 mm va uzunligi 10 mm gacha bo‘lgan o‘lchamli
katalizatorlar va sorbentlarni mexanik ishqalanishga mustahkamligini aniqlash uchun mo‘ljallangan.
Ushbu usul silikagellarda qo‘llanilmaydi.
Ushbu usul katalizator namunasini ma’lum bir barqaror tezlikda aylanuvchi metall sterjenni
temir barabanda aylanishiga asoslangan. Bunda katalizatorning mustahkamligi ma’lum bir vaqt
mobaynida aylanishlardan keyin maydalanmay qolgan katalizator miqdoridan kelib chiqiladi.