Qarshi muhandislik-iqtisodiyot




Download 26 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/157
Sana01.08.2024
Hajmi26 Mb.
#269016
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   157
Bog'liq
1. Ж.Н.Узоқов MAXSUS SON 2023-1 мақола нашрга чиқди.

Munozara 
 
Bugungi kunda sanoatda turli xildagi izomerizatsiyalash jarayonlari uchun katalizatorlar 
ishlab chiqarilmoqda [6]-[8]: 
1. IP-62 VK alyumoplatinali katalizator. 
IP-62 VK katalizatori benzinni yengil fraksiyalarini yuqori haroratda izomerizatsiyalashga 
mo‘ljallangan katalizator bo‘lib, unda xomashyo gidrotozalanmagan va azeotrop quritishdan 
o‘tmagan bo‘lishi kerak. Katalizator ftorlangan γ-Аl
2
О
3
ga tashuvchisiga biriktirilgan platinadan 
iborat.
2. IP-82 alyumoplatinali katalizator. 
IP-82 katalizatori pentan-geksan fraksiyasini yuqori haroratda izomerizatsiyalash jarayoni 
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu katalizator yordamida avtobenzin uchun yuqori oktanli komponent 
va izoprenli kauchuk olish uchun xomashyo ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. 
Katalizator tarkibida ftor saqlagan sulfidlangan alyuminiy oksidi ekstrudalarning ichki va 
tashqi yuzalariga teng taqsimlangan platinani namoyon etadi.
3. NIP-3A past haroratli izomerizatsiyalash katalizatori. 
NIP-3A katalizatori alkanlarni past haroratda izomerizatsiyalashga mo‘ljallangan katalizator 
hisoblanadi: n-butandan kauchuk sintez qilish uchun xomashyo bo‘lgan izobutan, metil-tret-butil efiri 
va alkilbenzin olish uchun, n-pentandan yuqori oktanli tovar benzini komponentlarini olishda 
qo‘llaniladi. 
NIP-3A katalizatori yuqori yuzali faol η-alyuminiy oksidi tashuvchisiga platinani promotorlar 
bilan kompozitsiyasidan tarkib topgan. Katalizator izomerizatsiya reaktorining o‘zida xlorlanadi va 
regeneratsiyalanadi. 
4. SIP-2A o‘rta haroratli izomerizatsiya katalizatori 
SIP-2A katalizatori n-pentan va pentan-geksan fraksiyalarini 240-280 
0
С haroratlarda 
izomerizatsiyalab, undan izopren sintezi uchun xomashyo izopentan yoki tovar benzinlari uchun 
yuqori oktan sonli izomerlar olishga mo‘ljallangan. SIP-2A katalizatori platina va turli promotorlar 
hamda seolit, alyuminiy oksidi va modifikatsiyalovchi qo‘shimchadan tarkib topgan. 
5. SI-2 yengil benzin fraksiyalarini izomerizatsiyalash katalizatori 
Yengil benzin fraksiyalarini o‘rta haroratda izomerizatsiyalashga mo‘ljallangan katalizator. 
Katalizator platina, tarkibida sirkoniy, modifikatsiyalovchi qo‘shimcha bilan ishlov berilgan 
alyuminiy oksididan iborat. 
6. “Xayzopar” o‘rta haroratda izomerizatsiya katalizatori. 
Ushbu katalizator turli aralashmali izomerizatsiya xomashyosini (to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydalgan 
benzinni 30-70 
0
С oralig‘ida qaynovchi fraksiyasi, yengil riformat fraksiyasi va gazni fraksiyalash 
qurilmasining pentanli fraksiyasi) 240-280 
0
С haroratlar oralig‘ida izomerizatsiyalab, tovar benzini 


INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR Maxsus son, 2023-yil, dekabr 
ISSN 2181-4732 
82 
uchun yuqori oktanli komponent ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Umuman olganda samarali 
katalizator namunasi sifatida yengil benzin fraksiyalari uchun SI-2 katalizatori eng yaxshi 
ko‘rsatkichga ega. SI-2 katalizatori yengil benzin fraksiyalarini izomerizatsiyalash jarayonlarida 
ishlatishga asoslangan [9]-[12]. 

Download 26 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   157




Download 26 Mb.
Pdf ko'rish