• METHODS FOR RESEARCH TECHNOLOGY FOR PRODUCTION OF CANNED SECOND COURSES FROM RAW MATERIALS OF GRAPE LEAVES Atakulova Dilfuza Tursunovna
  • Keywords
  • Qarshi muhandislik-iqtisodiyot




    Download 26 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet94/157
    Sana01.08.2024
    Hajmi26 Mb.
    #269016
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   157
    Bog'liq
    1. Ж.Н.Узоқов MAXSUS SON 2023-1 мақола нашрга чиқди.

     Ключевые слова: винная кислота, лимонная кислота, янтарная кислота, оксалатная 
    щавелевая, 
    фолиевая 
    кислота, 
    методом 
    обращенно-фазовой 
    высокоэффективной 
    жидкостной хроматографии (ВЭЖХ). 
    УДК 664.66.085.1
    METHODS FOR RESEARCH TECHNOLOGY FOR PRODUCTION OF CANNED 
    SECOND COURSES FROM RAW MATERIALS OF GRAPE LEAVES 
     
    Atakulova Dilfuza Tursunovna
    –Doctor of Philosophy of Technical Sciences (PhD), docent 
    e-mail: datakulova65@list.ru 
    Karshi Engineering-Economics Institute, 
    Karshi city, Uzbekistan
    Abstract. In this article, a complete analysis of grape leaves reveals their unique composition, 
    and the presence of tartaric, citric, succinic and oxalic acids in grape leaves is determined by reverse-


    INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR Maxsus son, 2023-yil, dekabr 
    ISSN 2181-4732 
    89 
    phase high-performance liquid chromatography (HPLC). The composition and amount of organic 
    matter in grape leaves have been studied using tartaric acid, citric acid, succinic acid and oxalic acid 
    as an example; their amount in selected varieties of Russia ranges from 0.93-2.35 m-equiv g/100 g, 
    and in Uzbekistan fluctuate between 0.5-5.56 m-eq g/100 g. 
    Keywords: wine acid, lemon acid, amber acid, oxalate acid, by reverse-phase high-
    performance liquid chromatography (HPLC). 
    Kirish 
    Dunyo miqyosida qishloq xo‘jaligi aholini sarhil, qayta ishlangan o‘simlik mahsulotlari bilan 
    ta’minlashning asosiy tarmog‘i bo‘lib, xomashyolarni yig‘ish, saqlash, chuqur qayta ishlash, 
    texnologiyalarini takomillashtirish mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari turlarini jahon bozorlarida ilgari 
    surish, ularning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ehtiyoj yanada ortadi. Shu bilan birga sifatli, 
    yuqori kaloriya va boy tarkibga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirib, xalqaro sifat 
    standartlari asosida hajmlari oshirilgan, organoleptik ko‘rsatkichlari yaxshilangan konservalar bilan 
    ta’minlash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi
     
    [1, 5]. 
    Jahonda oziq-ovqat sanoatida uglevodlar, oqsillar, minerallar, vitaminlar organik kislotalar
    polifenollarga boy xomashyolarini qayta ishlash va ulardan sifatli tayyor konservalar ishlab chiqarish 
    va boshqa turdosh tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu borada 
    amalga oshirilgan chora-tadbirlar asosida sanoat korxonalari tarmoqlarida tabiiy xomashyo va 
    mahsulotlardan samarali foydalanish, yangi, turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, 
    tayyor mahsulot tannarxini kamaytirish, hamda aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan 
    ta’minlash, oziqaviy, biologik va energetik qimmatini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. 
    Bugungi kunda dolzarb masalalardan biri Respublikamizning oziq-ovqat sanoati korxonalarida 
    zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash natijasida, meva - sabzavotlarni, o‘simlik xomashyolarini 
    saqlash va qayta ishlash, salomatlik uchun xavfsiz, import o‘rnini bosuvchi yangi turdagi oziqaviy 
    mahsulotlarni zarur miqdorda va assortimentda ishlab chiqarishdan iborat [2, 3, 4]. 
    O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «sanoatni 
    sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, mahalliy xomashyo manbalarini chuqur qayta ishlash, tayyor 
    mahsulotlar ishlab chiqarishni jadallashtirish, yangi turdagi mahsulotlar va texnologiyalarni 
    o‘zlashtirish» vazifalari belgilab berilgan. Bu borada xomashyo manbalarini miqdor va 
    samaradorligini baholab, mavjud retseptura va texnologiyalarga yangilik kiritish, ishlab chiqarishga 
    tatbiq etish, yuqori sifatli mahsulot olish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tabiiy xossalarini 
    saqlab qolish, tayyor mahsulotlarning sifatini yaxshilash hamda ikkilamchi xomashyolardan ham 
    samarali foydalanishni rivojlantirish, va noan’anaviy xomashyoni qo‘llash evaziga oziq-ovqat 
    korxonalarini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi [9, 10]. 
    Oziq-ovqat sanoatining vazifasi Respublika aholisining to‘g‘ri va balanslashtirilgan ovqatlanish 
    ratsionini shakllantirish uchun yetarli hajmda va assortimentda xilma-xil oziq-ovqat mahsulotlari bilan 
    ta’minlashga qaratilgan.
    Oziq-ovqat mahsulotlarini aholining faol va sog‘lom turmush ehtiyoji uchun zarur miqdorda sotib 
    olish kafolatlangan jismoniy va iqtisodiy imkoniyati – uning yashishi, jamiyatning sotsial barqarorligi 
    va mamlakatda pozitiv demografik holatning asosiy shartidir. 
    Tok bargi o‘simlikning vegetativ organlaridan biridir. Tokning hayot faoliyatida muhim rol 
    o‘ynaydi. Bargda quyosh nuri ta’sirida fotosintez jarayoni kecadi, ya’ni noorganik birikmalar organik 
    olatga otadi. Barg orqali sodir bo‘ladigan transpiratsiya o‘simlik organlarini qizib ketisdan saqlaydi
    osimlikda suv va oziq moddalar harakatini izga soladi. Barglarning nafas olish natijasida metabolizm 
    jarayonlari uchun zarur bo‘lgan energiya ajraladi. Barg o‘simlik bilan tashqi muhit o‘rtasidagi gaz 
    almashinuvida muhim rol o‘ynaydi [3, 4, 6, 7]. 
    Konservalanadigan barglar yangi, sog‘lom, qishloq xo‘jaligi zararkunandalaridan zarar 
    ko‘rmagan, pestitsid izlari bo‘lmagan bo‘lishi kerak. Qoida tariqasida, oq uzumning yosh barglari 
    iste’mol qilinadi. Bunday barglarni yig‘ish uchun eng qulay vaqt uzumning gullash davri hisoblanadi. 


    INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR Maxsus son, 2023-yil, dekabr 
    ISSN 2181-4732 
    90 
    Bu davrda to‘plangan tender suvli barg yoqimli nordon ta’mga ega. Qizil uzum barglari kamroq 
    ishlatiladi, chunki ular qattiqroq[6, 9]. 
    Tok barglari ulardan dulma ishlab chiqarishda keyingi foydalanish uchun saqlanadi.
     
    Shunday 
    qilib, tok barglarini to‘liq tahlil qilish ularning noyob tarkibini ko‘rsatdi, ularda 150 dan ortiq biologik 
    faol moddalar hosil bo‘ladi. Tok barglarida teskari fazali yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi 
    (HPLC) tomonidan aniqlangan vino, limon, qahrabo va oksalat kislotalari mavjud. Yangi uzum 
    barglari boy kimyoviy tarkibga ega, bu ularning ozuqaviy va biologik qiymatini belgilaydi. Uzum 
    barglarining barcha bu xususiyatlari ularni yig

    ish va qayta ishlashga jiddiyroq munosabatda bo‘lishni 
    va ulardan tayyorlangan mahsulotlar turlarini kengaytirishni talab qiladi[2, 9, 10]. 

    Download 26 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   157




    Download 26 Mb.
    Pdf ko'rish