Key words:  black cumin seeds




Download 420,71 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana13.09.2024
Hajmi420,71 Kb.
#270993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
QORA SEDANA URUGʻI HUJAYRASI BUZILISHIGA HARORATNING TA’SIRI BOʻYICHA MIKROSKOPIK TADQIQOTLAR

Key words: 
black cumin seeds

temperature, microscope, humidity, drying.
 
 
 
Kirish 
 
Bugungi kunda
 
dunyoda chuchuk suv yetishmasligi va ekin maydonlarining qisqarishi sababli 
aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash muammosi keskinlashmoqda. Texnologik jarayonlarni 
jadallashtirish, olinadigan mahsulot miqdorini ko‘paytirish va sifatini oshirish, shu jumladan tibbiyot va 
sogʻlom ovqatlanish maqsadlarida foydalaniladigan moyli xom ashyolarni qayta ishlash, 
polito‘yinmagan yogʻ kislotalariga boy moylar ishlab chiqarish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 
Jahonda meva danaklaridan, maydalangan poliz ekinlari urugʻlaridan, bugʻdoy murtagi va kedr 
yongʻoqlaridan moy ajratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada yogʻ va moylarning 
oksidlanishga barqarorligini oshirish, elektromagnit maydon va o‘ta yuqori chastotali nurlar energiyasidan 
foydalanish bilan termik barqarorlikni ta’minlash, o‘rni qoplanmaydigan polito‘yinmagan yogʻ kislotalari 


INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR 2024/1(53)-son 
ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ Том 53, №1, 2024 
INNOVATIVE TECHNOLOGIES
Volume 53, number 1, 2024
ISSN 2181-4732 
130 
ishlab chiqarish, vitaminlar va mikroelementlardan foydalanishning inson sogʻligiga ta’sirini aniqlash 
yo‘nalishlaridagi ilmiy-tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Respublikamizda mavjud tizimlar katta miqdordagi, asosan bir turdagi xom ashyoni qayta 
ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ularda kam miqdordagi xom ashyo (masalan uzum, qovoq, qovun 
urugʻi) ni qayta ishlash imkoniyati mavjud emas. Bunday xom ashyolarni qayta ishlash uchun esa 
ishlab chiqarish quvvati kichik (bir soatda bir necha kilogrammdan bir necha yuz kilogrammgacha) 
liniyalarni yaratishni talab etiladi. 
Ma’lumki uzum, anor, qovun, tarvuz va qovoq kabi mahsulotlar urugʻlaridan olingan moylar 
o‘zining shifobaxshligi bilan ajralib turadi. Tarkibida 50 %gacha inson organizmi uchun juda muhim 
bo‘lgan yogʻ kislotalarining mavjudligi ularning boshqa moylarga nisbatan ustunligi hisoblanadi. 
O‘z xususiyatiga ko‘ra noan’anaviy moyli urugʻlar: kunjut, zigʻir, sedana, poliz ekin urugʻlari 
(tarvuz, qovun, qovoq, pomidor), meva danaklari (o‘rik, shaftoli, olcha, olxo‘ri va h.), danaklilar 
(yongʻoq, bodom, yeryongʻoq va h.) kabi moyli urugʻlardan sovuq usulda presslash yo‘li bilan moylar 
olinganda ular shifobaxsh hisoblanib, rafinatsiyalash jarayonini tashkil etish talab qilinmaydi. Bu 
moylar organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga ko‘ra, odatda rafinatsiyalanmasdan turib 
iste’molga yaroqli hisoblanadi [1]. 
Ilmiy manbalarga asoslanadigan boʻlsak, oʻsimlik moylari olish boʻyicha birqancha tadqiqotlar 
olib borilgan jumladan; ekstraksiya usullari, masalan, erituvchi ekstraksiyasi, qora sedana urugʻidan 
sovuq presslash usulida moy olish, mikrotoʻlqinli pech yordamida ekstraksiya qilish, Soxlet 
ekstraksiyasi va superkritik usullarda moy olish keltirilgan [2-3]. Sovuq presslash usuli oʻsimlik moyi 
olishning eng qadimgi usullaridan biri boʻlib hisoblanadi, lekin hozirgi kunda ekstraksiya usulida 
ham moy ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratilmoqda [3]. Qora sedana urugʻidan sovuq presslash 
usulida moy olish keng tarqalgan boʻlib, moy tarkibi suyuqlik xromatografiyasi (HPLC) usulida 
oʻrganilganda atigi 0,5% dan kam TQ borligi aniqlandi [4]. Hozirgi tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, 
TQ keng miqyosda davolovchi vosita sifatida ishlatilmoqda [5 – 7]. Hossen va boshqalar, va Ratheesh 
va boshqalar, qora sedana moyining yalligʻlanishga qarshi ta'siri uning TQ mavjudligida ekanligini 
asosladi [2 - 5]. 
Noan’anaviy moyli urugʻlarning kimyoviy tarkibi va funksional xususiyatlari oʻrganilmoqda. 
Qora sedana urugʻlari, koʻpincha bengal tilida “Qora urugʻlar” yoki “Kalojeera” nomi bilan tanilgan 
boʻlib, odatda Yaqin, Sharq va Gʻarb mamlakatlarida oziq-ovqat va dorivor maqsadlarda qoʻllaniladi. 
Ushbu tadqiqotlarda asosan Bangladesh qora sedana urugʻlarining asosiy ozuqaviy moddalar tarkibi 
keltirilgan (1-rasm) [6]. 
Ushbu tajribalarda qora sedananing turli kasalliklarni davolashga ta’sirini oʻrganishga 
qaratilgan. Qora sedana (
Nigella sativa L.
) urugʻi butun dunyoda asrlar davomida hayvonlar va 
odamlarning turli kasalliklarini davolash uchun ishlatilgan. Hozirgacha koʻplab tadqiqotlar qora 
sedana (
Nigella sativa L
.) urugʻi va uning asosiy faol moddasi timokinonning turli xil surunkali 
kasalliklarga, jumladan, nevrologik va ruhiy kasalliklarga, yurak-qon tomir kasalliklariga, saratonga, 
diabetga, yalligʻlanish kasalliklariga va bepushtlikka qarshi juda samarali ekanligini koʻrsatdi. 
jumladan, bakterial, qoʻziqorin, parazitlar va virusli infeksiyalar tufayli turli yuqumli kasalliklar. 
Ushbu qimmatbaho urugʻning kuchli antioksidant xususiyatiga ham soʻnggi paytlarda e'tibor 
qaratilmoqda [7]. 
An’anaga koʻra, moylar urugʻlardan sovuq presslash usulida (sovuq presslash ekstraksiyasi, 
CPE) moy olinadi va yaqinda geksan (HE) kabi organik erituvchilar qoʻllanila boshlandi, chunki ular 
samaraliroq va yuqori moy chiqishini ta’minlaydi. An’anaviy sovuq presslash usulida moy olish 
yaxshi chunki moy tarkibida biologik faol moddalar saqlanib qoladi ammo, moy chiqishi kam. 
Shuning uchun ham erituvchi yordamida ekstraksiya usulida moy olishga e’tibor qaratilmoqda [8].
Yuqoridagi tadqiqotlarni tahlil qilib qora sedana urug‘idan sovuq presslash usulida moy olish 
ustida tadqiqotlar olib borishni maqsad qildik va quyidagi tajriba ishlarini amalga oshirdik.


INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR 2024/1(53)-son 
ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ Том 53, №1, 2024 
INNOVATIVE TECHNOLOGIES
Volume 53, number 1, 2024
ISSN 2181-4732 
131 

Download 420,71 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 420,71 Kb.
Pdf ko'rish