Qattiq jismlarning turlari Reja




Download 23,79 Kb.
bet3/3
Sana23.12.2023
Hajmi23,79 Kb.
#127498
1   2   3
Bog'liq
Qattiq jismlarning turlari

Amorf qattiq moddalar


Qattiq jismlarning barcha turlaridan farqli o'laroq, amorf qattiq moddalar kristall tuzilishini namoyish etmaydi. Ushbu turdagi qattiq moddalar tartibsiz bog'lanish naqshlari bilan ajralib turadi. Amorf qattiq moddalar uzoq molekulalar tomonidan hosil bo'lganida, bir-biriga bog'lanib, molekulalararo kuchlar tomonidan ushlab turilganda yumshoq va rezina bo'lishi mumkin. Shishasimon qattiq moddalar qattiq va mo'rt bo'lib, atomlar tomonidan kovalent bog'lanishlar bilan tartibsiz birikkan.
Misollar: Plastik, shisha.
Qattiq jismlar fizikasi — fizikaning qattiq jismlarning tuzilishi va asosiy xossalarini hamda ularda yuz beruvchi xodisalarni oʻrganuvchi sohasi. Mustaqil soha sifatida 20-asr boshlarida shakllanib, kvant mexanika yaratilgandan soʻng tez rivojlana boshladi. Qattiq jismlar fizikasif. kristallografiya, metallar fizikasi, yarimoʻtkazgichlar fizikasi, mustahkamlik va plastiklik fizikasi, qattiq jismlar magnetizmi, oʻta oʻtkazuvchanlik, radiatsion fizika va boshqalar sohalarni, optika, akustika, past tralar fizikasi, tutash muhit mexanikasi, kinetik fizika, polimerlar fizikasi, tartibsiz va amorf muhitlar fizikasi va boshqalar sohalarning ayrim boʻlimlarini birlashtiradi. Bu yoʻnalishlarning nazariy asoslari qattiq jismlar nazariyasining tushunchalari va qonunlariga asoslanadi. Qattiq jismlar fizikasif.da fizik hodisalar (kristall panjaralarning tebranishi, fazaviy oʻtishlar, elektromagnit toʻlqinlar, xususan, yorugʻlikning nurlanishi hamda yutilishi va boshqalar) ni eksperimental va nazariy oʻrganishga katta ahamiyat beriladi. Kristallarda nuqsonlarning hosil boʻlishi, ularning qattiq jismning fizik xossalariga taʼsiri mexanizmlarini oʻrganish muhim ahamiyatga ega. Qattiq jismlar fizikasif.da ikki asosiy usul: fenomenologik va mikroyekopik usul qoʻllanadi. F ye nomenologik usulda qattiq jism simmetriyaning maʼlum qonunlarini qanotlantiruvchi uzluksiz yaxlit muhit deb qaraladi. Bu usul koʻp sonli eksperimental faktlarni tushuntirish imkonini beradi, biroq qattiq jismlarda kuzatiladigan hodisalarning mohiyatini ochib bermaydi. M i k roskopik usulda har qanday qattiq jismga maʼlum qonunlar boʻyicha oʻzaro taʼsirlashuvchi zarralar sifatida qaraladi. Bu usulda qattiq jismlarning xossalari va ularda yuz beradigan hodisalar kvant mexanika, statistik fizika, kvant elektrodinamika qonunlari asosida tushuntiriladi. Qattiq jismlar fizikasif.da mutlaq qattiq jism, elementar gʻalayonlanish yoki kvazizarralar kabi taqribiy model va konsepsiyalardan foydalaniladi. Eksperimental Qattiq jismlar fizikasif.da tadqiqotlar radioaktivatsion analiz, rentgenostruktura analizi, radiospektrokopiya, optik spektroskopiya va boshqalar koʻpgina usullar bilan olib boriladi. Qattiq jismlar fizikasif.ning muhim vazifalaridan biri — berilgan xususiyatli yangi materiallar (oʻta qattiq va oʻta toza moddalar; yuqori trali oʻta oʻtkazgich moddalar) yaratish va ularni hosil qilish yoʻllarini asoslab berish.
Download 23,79 Kb.
1   2   3




Download 23,79 Kb.