Qayta tayyorlash va malakasini oshirish




Download 6.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/38
Sana16.09.2023
Hajmi6.39 Mb.
#82206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
7- o\'zb kitob qo\'llanma
Ornatilgan protsessorlar, cisco1, 4kompyuter tarmoqlari, kompyuter arxitekturasi 2, Kompyuter tarmoqlari 000, K.T. 4-labaratoriya ishi Axmadov Furqat, 18, Bulutli texnologiyalarning tavsifi. Cloud xizmatlar Bulutli tex, Shuxratov Lazizbek, (320)KASBIY PEDAGOGIKA, Kurs ishi mavzu O\'quv tarbiya jarayonida Web texnologiyalardan fayllar, 10 синф ўзбекистон тарихи
 
 
Taqrizchilar:
NavDPI “Tarix o’qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti, PhD. U.Narzullayev 
Navoiy shahar 2-umumta’lim maktabi tarix fani o’qituvchisi O.Abdullayeva
 
 
 
 


KIRISH
Mazkur ish daftari darslik kitobingizda berilgan har bir mavzu uchun 
mo’ljallangan turli xil topshiriqlarni o’z ichiga olgan. Ish daftaridagi mashg’ulotlarni 
avvalo, uy vazifasi sifatida mustaqil tayyorlash hamda ta’lim oluvchi tomonidan hosil 
qilingan bilimlarni dars jarayonida o’qituvchi ishtirokida qayta bajarib, malaka va 
ko’nikma hosil qilish uchun mo’ljallangan. E’tibor qaratsangiz, topshiriqlar 
murakkablik darajasiga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib 
agar siz darslik kitobingizni diqqat bilan o’qisangiz, topshiriqlarning asosiy qismini 
o’zingiz mustaqil ravishda bajara olasiz.
Bir qator topshiriq turlarini esa qo’shimcha manbalar xususan, birinchi navbatda 
internet materiallari shuningdek, ensiklopediyalar, turli tarix kitoblari, ilmiy-badiiy 
adabiyotlar orqaligina bajarishingiz mumkin. Ba’zi topshiriqlarni bir yoki bir nechta 
sinfdoshlaringiz bilan hamkorlikda bajarish orqali yanada kengroq tushuncha hosil 
qilishingiz mumkin. Ma’lum topshiriqlarni bajarganda esa nafaqat qo’shimcha 
manbalardan foydalanish lozim, balki mustaqil tadqiqot olib borishingizga, turli 
tarixchi olimlarning xulosalarini o’rganishingizga, u yoki bu tarixiy muammo-
masalaga o’z mustaqil fikringizni bildirishingizga tog’ri keladi. Bunday topshiriqlar 
bajarish orqali sizda keng dunyoqarash, tafakkur, mantiqiy fikrlash poydevorlari 
o’stirib boriladi. Ko’pchilik topshiriqlar yozma bajarilishi lozim, jadval, sxema, matn, 
qoldirilgan so’zlarni to’ldirish kerak bo’ladi. Bunday vaqtlarda daftarga aniq, 
tushunarli qilib yozishga harakat qiling. Shuningdek, ba’zi topshiriqlar borki, ularni 
bajarish davomida sizdan insho, ma’lumotnoma, eslatma va o’tmishda yashagan 
insonlar nomidan yozishni talab etiladi. Topshiriqlarda berilgan ba’zi xaritalar bir 
necha paragraflar bilan ishlashga yordam beradi. Topshiriqlarni bajarayotganingizda 
ularni shunchaki mexanik to’ldirmaslikka harakat qiling, zero tarix sizlarni insonlar 
uzoq o’tmishda qanday hayot kechirishgani bilan tanishtiradi.

Download 6.39 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Download 6.39 Mb.
Pdf ko'rish