Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/161
Sana24.01.2024
Hajmi5,02 Mb.
#144822
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   161
Bog'liq
Axborot texnologiyalar asoslari Dildora Sayfiddinova Payzullaevna

III-bosqich. 
Yakuniy 
bosqich. 
(10 daqiqa) 
Mashg’ulot yakuni: 
1.Faol 
ishtirok 
etgan 
o’quvchilrni 
javoblarini 
izohlab 
baholanadi 
va 
rag’batlantiriladi. 
Uyga vazifa berilishi: 
2.Kelgusi mashg’ulotga tayyorgarlik 
ko’rish uchun topshiriqlar va 
foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati 
beriladi. 
Baholar bilan 
tanishtiriladi. 
Eshitadilar va 
topshiriqni yozib 
oladilar. 
 
 
 


 
12-Mavzu: Dastur interfeysi. 
1. Dastur interfeysi haqida tushuncha 
2. Amaliy dasturiy vositalarning tasnifi 
3. Dasturiy ta’minot tizimlari 
Dasturlar - bu buyruqlarning tartibga solingan ketma-ket (izchil)ligi. Har qanday 
kompyuter dasturining pirovard maqsadi - apparat vositalarini boshqarishdir. Hatto 
birinchi bor qaraganda dastur uskuna bilan o‘zaro aloqa qilmayotgandek, kiritish 
uskunasidan hech qanday ma’lumot kiritishni talab qilmayotgandek va chiqish 
uskunasiga hech qanday ma’lumot chiqarish amalga oshirilmagandek tuyulsa ham, 
baribir, uning ishi kompyuterning apparat uskunalarini boshqarishga asoslangan. 
Kompyuterdagi dasturiy va apparat ta’minotlari chambarchas aloqada, uzluksiz o‘zaro 
hamkorlikda ishlaydi. Biz bu ikki toifani (kategoriyani) alohida-alohida ko‘rib 
chiqayotganimizga qaramay, ular orasida dialektik aloqa borligini va ularni bir-biridan 
ajratgan holda ko‘rib chiqish shart ekanligini unutmaslik kerak. 
Hisoblash tizimining dasturiy ta’minlash tarkibini dasturiy konfiguratsiya deb ataydilar. 
Dasturlar o‘rtasida tabiiy bo‘g‘inlar va bloklar bo‘lganidek o‘zaro aloqa mavjud - 
ko‘pgina dasturlar pastroq darajadagi boshqa dasturlarga tayanib ishlaydilar, ya’ni 
bunday holatda biz dusturlararo interfeys haqida so‘zlashimiz mumkin bo‘ladi. Bunday 
interfeysning mavjud bo‘la olish imkoniyati ham texnik shart-sharoitlarga va o‘zaro 
hamkorlik bayon (protokol)larining mavjudligiga asoslanadi, amaliyotda esa u dasturiy 
ta’minotning bir-birlari bilan aloqada va o‘zaro ta’sirda bo‘lgan darajalarga bo‘lish bilan 
ta’minlanadi. Dasturiy ta’minotning darajalari piramidasimon konstruksiyaga ega, har bir 
yangi daraja o‘zidan oldingi darajaning dasur ta’minotiga tayanadi. Bunday bo‘linish 
hisoblash texnikasi bilan ishlashning unga dastur o‘rnatishdan boshlab amaliy 
foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatkichgacha bo‘lgan hamma bosqichlari uchun 
qulaydir. Shunga ahamiyat beringki, yuqori turuvchi har bir daraja butun tizimning 
harakatchanligini oshiradi. Masalan, bazaviy darajadagi dasturiy ta’minotli hisoblash 
texnikasi ko‘p vazifalarni bajarishga qodir emas, ammo tizimli dasturiy ta’minotni 
o‘rnatishga imkon yaratadi. 
Bazaviy daraja. Dasturiy ta’minotning eng past darajasini bazaviy dasturiy ta’minot 
ifodalaydi. U bazaviy apparat vositalari bilan o‘zaro hamkorlik uchun javob beradi. 
Odatda, bazaviy dasturiy vositalar bevosita bazaviy uskunaning tarkibiga kiradi va 
doimiy yodda saqlovchi uskunalar (DYSU) deb ataluvchi maxsus mikrosxemalarda 
saqlanadi. Dasturlar va ma’lumotlar DYSU mikrosxemalariga ishlab chiqarish 
bosqichida yoziladi hamda foydalanish jarayonida o‘zgartirilishi mumkin emas. 
Foydalanish paytida bazaviy dasturiy vositalarni o‘zgartirish texnik jihatdan maqsadga 
muvofiq bo‘lgan hollarda DYSU mikrosxemalari o‘rniga qayta dasturlangan doimiy 
yodda saqlovchi uskunalar (QDDYSU) ishlatiladi. Bunday holda DYSU ning qiymatini 
o‘zgartirishni hisoblash texnikasi tizimining bevosita tarkibida (flesh texnologiya) 
bo‘lganidek, undan tashqarida programmatorlar deb ataluvchi maxsus uskunalarda ham 
bajarish mumkin. 


Tizimli daraja. Tizimli daraja o‘tuvchidir. Bu darajada ishlovchi dasturlar kompyuter 
tizimidagi boshqa dasturlarning bazaviy darajadagi dasturlar va apparat ta’minoti bilan 
o‘zaro aloqasi hamda harakat qilishini ta’minlaydi, ya’ni "vositachilik" vazifalarini 
bajaradi. Umuman olganda, barcha hisoblash texnikasi tizimining foydalanish 
ko‘rsatkichlari ko‘p jihatdan ushbu darajadagi dasturiy ta’minotga bog‘liq bo‘ladi. 
Masalan, hisoblash tizimiga yangi uskuna ulanganida tizimli darajada boshqa 
dasturlarning bu uskuna bilan o‘zaro aloqasini ta’minlovchi dastur o‘rnatilishi kerak. 
Aniq uskunalar bilan o‘zaro hamkorlik va o‘zaro aloqa uchun javob beruvchi aniq 
dasturlar uskunalarning drayverlari deb ataladi, ular tizimli darajadagi ta’minot tarkibiga 
kiradi. 
Tizimli darajadagi dasturlarning boshqa toifasi foydalanuvchi bilan aloqa uchun javob 
beradi.
Aynan ularning sharofati bilan hisoblash tizimiga ma’lumotlar kiritish, uning ishini 
boshqarish va natijani o‘ziga qulay shaklda olish imkoniga ega bo‘ladi. Bu dasturiy 
vositalari foydalanuvchining interfeysini ta’minlash vositalari deb nomlanadilar. 
Kompyuter bilan ishlashning qulayligi va ish paytidagi mehnat unumdorligi bevosita 
ularga bog‘liqdir.Tizimli darajani dasturiy ta’minoti yig‘indisi kompyuterning amaliyot 
tizimining yadrosi (markazi)ni tashkil qiladi. Amaliyot tizimining to‘liq tushunchasini biz 
keyinroq ko‘rib chiqamiz. Bu yerda esa shuni ta’kidlaymizki, agar kompyuter tizimli 
darajadagi dasturiy ta’minot bilan jihozlangan bo‘lsa, u yuqoriroq darajadagi dasturlarni 
o‘rnatish, dasturiy vositalarning uskunalar bilan aloqasiga, eng muhimi esa 
foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqa hamda hamkorlikka tayyor hisoblanadi. Ya’ni amaliyot 
tizimi yadrosi (markazi)ning mavjudligi - insonning hisoblash tizimi bilan amalda ishlash 
imkoniyati uchun zaruriy shartidir. 
Xizmat darajasi. Bu darajaning dasturiy ta’minoti bazaviy darajadagi dasturlar bilan ham, 
tizimli darajadagi dasturlar bilan ham o‘zaro aloqada bo‘ladi. Xizmat dasturlari (ularni, 
shuningdek, utilitlar deb ham atashadi) asosan kompyuter tizimini tekshirish, sozlash, 
yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan. Ko‘pchilik hollarda ular 
tizimli dasturlarning vazifalarini kengaytirish yoki yaxshilash uchun ishlatiladi. Ba’zi 
xizmat dasturlari (odatda, bu xizmat ko‘rsatish dasturlari bo‘ladi) avval boshdanoq 
amaliyot tizimiga kiritib qo‘yiladi, ammo ko‘pchilik xizmat ko‘rsatish dasturlari amaliyot 
tizimi uchun tashqi vazifa va ular ushbu tizimning vazifalarini kengaytirish uchun xizmat 
qilishadi. 
Xizmat dasturlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanishda ikkita muqobil yo‘nalish: 
amaliyot tizimi bilan integrallashish va avtonom ishlash yo‘nalishlari mavjud. Birinchi 
holda xizmat dasturlarning iste’mol xususiyatlarini ularni amaliy ish uchun qulay qilib 
o‘zgartirishlari mumkin. Ikkinchi holda ular tizimli dasturiy ta’minot bilan zaif 
bog‘langan, ammo foydalanuvchiga ularning apparat va dasturiy ta’minot bilan o‘zaro 
harakati va aloqasini alohida (shaxsan) sozlash uchun ko‘proq imkoniyat taqdim qiladi. 
Amaliy daraja. Amaliy darajadagi dasturiy ta’minot ular yordamida ushbu ish paytida 
aniq vazifani bajarish mumkin bo‘lgan amaliy dasturlarning majmuasidan iboratdir. Bu 
topshiriqlar spektori ishlab chiqarishga oid topshiriqlardan tortib to ko‘ngilochar ma’rifiy 
o‘quv topshiriqlarigacha qamrab olgan darajada juda keng. Hisoblash texnikasini 
qo‘llashning mumkin bo‘lgan ulkan harakat diapazoni har xil faoliyat turlari uchun 
amaliy dasturlar mavjudligi bilan izohlanadi. 


Amaliy va tizimli dasturli ta’minotlar o‘rtasida bevosita o‘zaro aloqa mavjud (birinchisi 
ikkinchisiga suyanadi) bo‘lgani uchun hisoblash tizimining universalligi, amaliy dasturiy 
ta’minotga yetishning osonligi va kompyuterning harakat imkoniyatlarining kengligi, 
ishlayotgan amaliyot tizimining tipiga, uning yadrosi (markazi) qanday tizimli vositalarni 
o‘z ichiga olganligi, u inson-dastur-uskunadan iborat bo‘lgan uch a’zoli yagona 
majmuaning o‘zaro aloqa ta’siri, hamkorligini qanday ta’minlashiga bog‘liq deb 
tasdiqlashimiz mumkin. 
Amaliy dasturiy vositalarning tasnifi 
Matn muharrirlari. Bu sinfga mansub bo‘lgan amaliy dasturlarning asosiy vazifalari matn 
ma’lumotlarini kiritish va muharrirlik qilish hamda qo‘shimcha vazifalar kiritish va 
tahrir jarayonlarini avtomatlashtirishdan iboratdir. Ma’lumotlarni kiritish, chiqarish va 
ularni saqlash amallari uchun matn muharrirlari tizimli dasturiy ta’minotni chaqiradi va 
undan foydalanadi. Ammo bu amaliy dasturlarning boshqa hamma turlari uchun ham xos 
bo‘lib va bundan keyin bu dalilni maxsus ravishda ko‘rsatib o‘tirmaymiz. 
Dasturiy ta’minot bilan tanishish, odatda, amaliy dasturlarning ushbu sinfidan boshlanadi 
va kompyuter tizimi bilan o‘zaro aloqa hamkorlikning dastlabki ko‘nikmalarini u bilan 
ishlashda hosil qilinadi. 
Matn protsessorlari. Matn protsessorlarining matn muharrirlaridan asosiy farqi shundaki, 
ular faqatgina matn kiritish va uni tahrir qilishgagina emas, balki uni tuzishga, ya’ni 
shakllantirishga ham imkon beradi. Shunga mos ravishda matn protsessorlarining asosiy 
vositalariga yakuniy hujjatni tashkil etuvchi matn, grafiklar, jadvallar va boshqa 
ob’ektlarning o‘zaro aloqasi ta’sirini ta’minlovchi vositalar, qo‘shimchalariga esa - 
formatlashtirish jarayonini avtomatlashtiruvchi vositalar kiritiladi. Hujjatlar bilan 
ishlashning zamonaviy uslubi ikkita muqobil yondashuvni - qog‘oz hujjatlar bilan 
ishlashni va elektron hujjatlar (qog‘ossiz texnologiyalar bo‘yicha) bilan ishlashni ko‘zda 
tutadi. Shuning uchun hujjatlarni matn protsessorlari yordamida shakllantirish haqida 
gapirganda bir-biridan tamoyil jihatdan farq qiluvchi ikkita yo‘nalish - chop etish uchun 
mo‘ljallangan hujjatlarni formatlashtirish va ekranda aks ettirish uchun mo‘ljallangan 
elektron hujjatlarni formatlashtirishni nazarda tutish kerak. Bunday hollarda uslublar bir-
biridan jiddiy farqlanadi. Matn protsessorlari ham o‘z navbatida farqlanadi, lekin ko‘p 
hollarda va yo‘nalishni o‘zida mujassamlashgan hollarni ham k’orish mumkin.
Grafikli muharrirlar. Bu grafik tasavvurlarni yaratish va (yoki) ularga ishlov berish uchun 
mo‘ljallangan keng dasturdir. Bunday sinfda quyidagi kategoriyalar farqlanadi: rastr 
muharrirlari, vektor muharrirlari, uch o‘lchamli grafiklar(3D-muharrirlari) va ishlov 
berish uchun dasturiy vositalar. 
Rastr muharrirlarini grafik ob’ekti rastrni tashkil qiluvchi hamda nur va rang 
xususiyatlariga ega bo‘lgan nuqtalarning kombinatsiyasi shaklida taqdim qilingan 
hollarda qo‘llaydilar. Bunday yondashuv grafik tasvir ko‘plab yarim tonlarga ega bo‘lsa 
(tasvir uncha aniq bo‘lmasa) va ob’ektni tashkil qiluvchi elementlarning nuri haqidagi 
axborot uning shakli haqidagi axborotdan muhimroq bo‘lgan hollarda samarali bo‘ladi. 
Bu fotografiya va matbaa tasvirlari, ularning retushi, fotoeffektlar va badiiy kompozitsiya 
(kollej)lar tuzish uchun xosdir. 
Yangi tasvirlarni rastr muharrirlari vositalari bilan yaratish imkoniyatlari chegaralangan 
va har doim ham ulardan foydalanish qulay bo‘lavermaydi. Ko‘pchilik holatlarda 


rassomlar an’anaviy asboblardan foydalanib, so‘ngra rasmni maxsus apparat vositalari 
(skanerlar) yordamida kompyuterga kiritish va ishni rastr muharrirlar yordamida maxsus 
effektlar qo‘llash yo‘li bilan tugatishni afzal ko‘radilar. 
Vektor muharrirlari. Rastr muharrirlaridan tasvir haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish 
usuli bilan farq qiladilar.
Vektor tasvirining elementar ob’ekti nuqta emas, balki chiziqdir. Bunday yondashuv 
chiziqlarning shakli uni tashkil qiluvchi alohida nuqtalarning rangi to‘g‘risidagi 
axborotdan ko‘ra, kattaroq ahamiyatga ega bo‘lgan chizmagrafik ishlar uchun xosdir. 
Vektor muharrirlarida har bir chiziq uchinchi tartibdagi matematik qiyshiq chiziq sifatida 
ko‘rib chiqiladi va shunga muvofiq ravishda nuqtalarning kombinatsiyasi sifatida emas, 
balki matematik formula tarzida (kompyuterda bu formulaning raqamli koeffitsientlari 
saqlanadi) taqdim etiladi. Bunday taqdim qilish rastr muharriri taqdimiga qaraganda 
ancha ixcham va shunga muvofiq ravishda ma’lumotlar ancha kam joyni band etadilar, 
biroq har qanday ob’ektni yaratish ekranda nuqtalarni oddiygina aks ettirish bilan amalga 
oshirilmaydi, balki qiyshiq chiziqning parametrlarini ekran yoki matbaa tasvirining 
koordinatlariga muttasil ravishda qayta hisoblash bilan davom etadi. Shunga muvofiq, 
vektor grafikasi bilan ishlash unumdorligi yuqoriroq bo‘lgan hisoblash tizimini 
ishlatishni talab qiladi. 
Elementar ob’ektlar (chiziqlar)dan eng oddiy geometrik ob’ektlar (primitivlar) yaratiladi. 
Vektor grafikasi vositalari bilan yaratilgan badiiy illyustratsiya bir-birlari bilan o‘zaro 
aloqada bo‘lgan, bir-birlariga o‘zaro ta’sir qiluvchi o‘n minglab sodda ob’ektlarni o‘z 
ichiga olishi, ulardan iborat bo‘lishi mumkin. 
Vektor muharrirlari tasvirlarni yaratish uchun qulay, ammo ular tayyor rasmlarga ishlov 
berishda qo‘llanilmaydi. Ular reklama tadbirkorligida keng qo‘llaniladi, ularni matbaa 
nashrlarining muqovalarini bezatishda va badiiy ish usuli chizma usuliga yaqinroq 
bo‘lgan hamma holatlarda ishlatiladi. 
Uch o‘lchovli grafika muharrirlari uch o‘lchovli kompozitsiyalarni yaratishda 
ishlatadilar. Ular ikkita o‘ziga xos xususiyatga ega. Birinchidan, ular tasvir qilinayotgan 
ob’ektlar yuzasini yoritish manba xususiyatlari bilan o‘zaro ta’siri va aloqa shakllari 
sharoitlardan kelib chiqqan holda boshqarish imkoni berilsa, ikkinchidan esa ular uch 
o‘lchovli animatsiya yaratishga imkon beradilar. Shuning uchun uch o‘lchovli grafika 
muharrirlarini ko‘pincha 3D-animatorlar deb ham ataydilar. 
Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari. Ma’lumotlar bazasi deb jadval tuzilmalariga 
uyushgan (tushurilgan, keltirilgan) ma’lumotlarning ulkan, yirik massivlariga aytiladi. 
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilardir: 
• ma’lumotlar bazasini bo‘sh (to‘latilmagan) tuzilmasini yaratish; 
• uni to‘ldirish vositalarini taqdim etish yoki boshqa bazani ish jadvalidan ma’lumotlarni 
import qilish; 
• ma’lumotlarga yetish imkonini ta’minlash, shuningdek, izlash va filtrlash (tozalash, 
saralash) vositalarini taqdim etish. 
Ma’lumotlar bazalarini boshqarishning ko‘p tizimlari ma’lumotlarning eng oddiy tahlili 
va ularni qayta ishlashni amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etiladi. 


Natijada, mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida ma’lumot bazalarining yangi jadvallarini 
tuzish imkoni paydo bo‘ladi. Tarmoq texnologiyalarining keng tarqalishi munosabati 
bilan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimiga ham butun jahon kompyuterlarining 
serverlarida joylashgan, olisdagi va taqsimlangan resurslar bilan ishlash imkoniyatlarini 
taqdim etish talablarini qo‘ymoqda. 
Elektron jadvallar. Elektron jadvallar turli ma’lumotlarni saqlash va ularga ishlov 
beruvchi kompleks vositalardir. Qaysidir ma’noda ular ma’lumotlar bazalarini boshqarish 
tizimiga o‘xshab ketadi, ammo asosiy urg‘u ma’lumotlar massivlarini saqlash va ulardan 
foydalana olishni ta’minlashga emas, balki ma’lumotlarni qayta ishlash, bunda aynan 
ularning ichki mohiyat-mazmuniga ko‘ra, qayta tashkil qilish yangilanishga qaratiladi. 
Odatda, ma’lumotlarning keng laktori (raqamli va matnlilardan tortib to multimediya 
ma’lumotlarigacha)ni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazalaridan farqli o‘laroq elektron 
jadvallar uchun raqamli ma’lumotlarga diqqatni jamlash muhim hisoblanadi. Buning 
evaziga esa elektron jadvallar raqamli tipdagi ma’lumotlar bilan ishlash uchun 
usullarning kengroq spektrini taqdim etadi. Elektron jadvallarning asosiy xususiyati 
shundaki, jadval yacheykalari istalganining mazmuni o‘zgarganda boshqa hamma 
yacheykalarda mazmunning matematik va mantiqiy ifodalari nisbatlarning o‘zgarishlar 
bilan bog‘liq avtomatik o‘zgarishlari ro‘y berishi mumkin. Elektron jadvallar bilan 
ishlashning qulayligi ularning buxgalterlik hisob-kitob sohasida moliyaviy, xom ashyo va 
tovar bozorlarini tahlil qilishning universal vositasi, texnik sinovlar, texnik natijalarini 
qayta ishlashning oson vositasi sifatida, ya’ni qayerda muntazam ravishda 
takrorlanuvchi, katta hajmdagi raqamli ma’lumotlarni hisoblashni avtomatlashtirish 
zarurati bo‘lgan hamma joyda keng qo‘llaniladi. 
Avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari (ALT-tizimlar). Ular loyiha-konstruktorlik 
ishlarini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan. Mashinasozlik, asbobsozlik, me’morchilikda 
qo‘llaniladi. Chizmachilik-grafik ishlardan tashqari, bu tizimlar eng oddiy hisob-kitoblar 
(masalan, detallarni (mahkam) mustahkamligi hisob-kitoblari)ni o‘tkazish va 
ma’lumotlarning keng bazasidan tayyor konstruktiv elementlardan tanlash imkoniyatini 
beradi. 
ALT- tizimlarining o‘ziga xos ajratib turuvchi xususiyati loyihalashtirishning hamma 
bosqichlarida texnik shartlar, me’yorlar va qoidalarning avtomatik ravishda 
ta’minlanishidir, bu konstruktor (yoki me’mor)ni ijodiy bo‘lmagan ishdan ozod qiladi. 
Masalan, mashinasozlikda ALT-tizimlari mahsulotni yig‘ish chizmasi bazasida 
detallarning ishchi chizmalarini avtomatik ravishda bajarish, zarur texnologik hujjatlarni 
mexanik ishlovdagi harakatlarning ketma-ketligini ko‘rsatgan holda tayyorlash, zarur 
asboblar, dastgoh va nazorat moslamalarni tayinlash, shuningdek, raqamli dasturiy 
boshqaruvli dastgohlar, sanoat robotlarni va moslashuvchan avtomatlashgan liniyalar 
uchun boshqaruv dasturlarini tayyorlashga qodir. Bugungi kunda avtomatik 
loyihalashtirish tizimlar zarur komponentga aylanib qoldi, usiz moslanuvchan ishlab 
chiqarish tizimlari va texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan 
tizimlarini qo‘llashning samaradorligi tushib ketadi. 
Stol ustiga qo‘yiladigan nashriyot tizimlari. Bu sinf dasturlari matbaa nashrlarining 
sahifalash jarayonini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan. Dasturiy ta’minotning bu toifasi 
matn protsessorlari va avtomatik loyihalashtirish tizimlarining o‘rtasida oraliq holatni 
egallagan. 


Nazariy jihatdan olganda, matn protsessorlari matnli hujjatga boshqa soha ob’ektlarini, 
masalan, vektor va rastr grafikasi ob’ektlarni joriy qilish uchun ishlatiladigan, 
shuningdek, matn parametrlari va kiritilayotgan ob’ektlar parametrlari o‘rtasidagi aloqa, 
o‘zaro ta’sirini boshqarishga imkon beradigan vosita sifatida taqdim etiladi. Lekin, 
amaliyotda esa matbaa mahsulotini tayyorlash uchun bu vositalar yo matbaa talablari 
nuqtai nazaridan olinganida, yo funksional jihatdan yetarli emas, yoki unumli ishlash 
uchun yetarli darajada qulay emas. 
Stol ustiga qo‘yiladigan nashriyot tizimlari matn prosessorlaridan matn sahifalarining 
parametrlari bilan hamda grafik ob’ektlar bilan o‘zaro aloqasi va ta’siri boshqarishning 
kengaytirilgan vositalarga egaligi bilan ajralib turadi. Boshqa tomondan olganda esa, ular 
matnni kiritish va tahrir qilishni avtomatlashtirish bo‘yicha funksional imkoniyatlarning 
pastligi bilan farqlanadi. Stol ustiga qo‘yiladigan nashriyot tizimlaridan foydalanishning 
tipik misoli shundan iboratki, ular avval matn protsessorlari va grafik muharrirlarining 
ishlovidan o‘tkazilgan hujjatlarga nisbatan qo‘llanadi. 
Ekspert tizimlar ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan ma’lumotlarni foydalanuvchining 
so‘roviga ko‘ra, tahlil qilish va tavsiyalar berishga mo‘ljallangan. Bunday tizimlar 
boshlang‘ich ma’lumotlar shakliga yaxshi tushayotgan, ammo qaror qabul qilish uchun
keng ko‘lamli maxsus bo‘limlar talab qilingan hollarda qo‘llaniladi. Ekspert tizimlar 
ishlatish huquqshunoslik, tibbiyot, formakologiya, kimyo sohalarida qo‘llaniladi. 
Kasallik belgilarining yig‘indisiga ko‘ra, tibbiy ekspert tizimlar tashxis qo‘yish va 
dorilar, ularning me’yorlari (dozirovkasi)ni va davolash kursining dasturini belgilashga 
yordam beradi. Hodisa belgilarining to‘plami bo‘yicha huquqshunoslik ekspert tizimlari 
hodisaga huquqiy baho berishlari va ayblovchi tomonga bo‘lganidek, himoya qiluvchi 
tomonga ham harakat tartibini taklif qilishi mumkin. 
Ekspert tizimlarining o‘ziga xos xarakterli xususiyati ularning o‘z-o‘zini rivojlantirishga 
qodirligidir. Boshlang‘ich ma’lumotlar bilimlar bazasida dalillar shaklida saqlanadi, 
mutaxassis-ekspertlar yordamida ular o‘rtasida ma’lum bir munosabatlar tizimi 
o‘rnatiladi. Agar Ekspert tizimni testdan o‘tkazish bosqichidan uning aniq masalalar 
bo‘yicha noto‘g‘ri, tahrirga muhtoj tavsiyalar va xulosalar berayotgan yoki umuman 
bunday tavsiya va xulosalar berilmayotgani aniqlansa, bu yo uning bazasida muhim 
omillar yo‘qligini yoki munosabatlarning mantiqiy tizimdagi buzilish hamda nosozliklar 
borligini anglatadi. U holda ham Ekspert tizimi Ekspert uchun yetarli bo‘lgan so‘rovlar 
to‘plamini o‘zi yarata olishi (generatsiya qila olish) va o‘z sifatini avtomatik tarzda 
ko‘tarilishi mumkin. 
Ekspert tizimlaridan foydalanishda ilmiy-texnik faoliyatning bilimlar muhandisligi deb 
ataluvchi alohida sohasiga bog‘liq. Bilimlar muhandislari - bu eskpert tizimini ishlab 
chiqaruvi (dasturchilar), fan va texnikaning aniq sohalaridagi yetakchi mutaxassislar 
(ekspertlar) o‘rtasidagi oraliq bo‘g‘in sifatida chiquvchi, malakali mutaxassislardir. 
HTML muharrirlar (Web-muharrirlar). Bu muharrirlar o‘zlarida matn va grafik 
muharrirlarning xususiyatlarini birlashtiruvchi alohida sinfi (toifasi)dir. Ular Web-
hujjatlar (internetning Web sahifalari) deb ataluvchi hujjatlarni tuzish va tahrir qilish 
uchun mo‘ljallangan. Web-hujjatlar - bu elektron hujjatlar bo‘lib, ularni tayyorlashda 
internetdan axborot qabul qilish va axborot uzatish bilan bog‘liq bir qator imkoniyatlarni 
hisobga olish kerak bo‘ladi. 


Nazariy jihatdan olinganda Web-hujjatlarini tuzish uchun odatdagi matn muharrirlari va 
protsessorlari, shuningdek, vektor grafikasini grafik muharrirlaridan ayrimlaridan 
foydalanish mumkin, ammo Web-muharrirlari Web-dizaynerlarning ish unumdorligini 
oshiruvchi bir qator foydali vazifalarni bajara olish xususiyatiga ega. Bu sinfga mansub 
dasturlardan elektron hujjatlarni va multimediya nashrlarini tayyorlash uchun foydalanish 
mumkin. 
Brouzerlar (sharhlovchilar, Webni ko‘rib chiqish vositalari). Bu toifaga HTML (bu 
formatdagi hujjatlar Web-hujjatlar sifatida ishlatiladi) formatidagi elektron hujjatlarni 
ko‘rib chiqish uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar kiradi. Zamonaviy brouzerlar faqat 
matn va grafikani aks ettirmaydi. Ular musiqani, inson nutqini aks ettirishi, internetdagi 
radio eshittirishlarni eshitishni, videokonferensiyalarni ko‘rib chiqishni, elektron pochta 
xizmati, telekonferensiyalar (yangiliklar guruhlari) tizimi bilan ishlashni va ko‘plab 
boshqa funksiyalarni bajarishi mumkin. 
Ish 
yuritishning 
integratsiyalashgan 
tizimlari 

rahbarning 
ish 
joyini 
avtomatlashtirishning dasturiy vositalaridan iborat. Bunday tizimlarning asosiy 
vazifalariga eng sodda hujjatlarni tuzish, tahrir qilish va formatlashtirish, elektron pochta, 
faks va telefon aloqalari vazifalarini markazlashtirish, korxonaning hujjatlar aylanmasini 
dispetcherlashtirish va monitoring qilish, bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, 
ma’muriy xo‘jalik faoliyatini optimallashtirish va so‘rovga binoan tezkor hamda 
ma’lumotnoma axborotini taqdim etish vazifalari kiradi. 
Buxgalterlik tizimlari. Bular o‘zlarida matn va jadval muharrirlari, elektron jadvallar va 
ma’lumotlar 
bazalarini 
boshqarish 
tizimlarining 
vazifalarini 
biriktiruvchi 
ixtisoslashtirilgan tizim. Ular korxonaning boshlang‘ich buxgalterlik hujjatlarini 
tayyorlash va ularni hisobga olishni avtomatlashtirish, shuningdek, ishlab chiqarish, 
xo‘jalik va moliyaviy faoliyat yakunlari bo‘yicha ma’lum vaqt oralig‘ida doimiy 
topshiriladigan hisobotlarni soliq idoralari, byudjetdan tashqari fondlarga va statistika 
idoralariga taqdim etish uchun qabul qilingan shakllarda avtomatik ravishda tayyorlash 
uchun mo‘ljallangan. 
Nazariy jihatdan olganda, buxgalterlik tizimlari uchun xos bo‘lgan hamma vazifalarni 
yuqorida sanab o‘tilgan dasturiy vositalar bilan bajarish mumkin bo‘lishiga qaramay, bir 
tizimda turli vositalarning integrallangani tufayli buxgalterlik tizimlaridan foydalanish 
qulayroq. 
Korxonada avtomatlashtirilgan buxgalterlik hisoboti tizimi joriy qilinayotganida unda 
me’yoriy-huquqiy baza o‘zgarganida tizimni moslashtirish vositalarni hisobga olish 
zarur. Rossiyada huquqiy-me’yoriy baza barqaror emasligi munosabati bilan tez-tez 
o‘zgarib turishi sababli, bunday tizim foydalanuvchidan yuqori malaka talab etsada, 
tizimni moslashtirib, qayta sozlash vazifasi majburiy bo‘lib qoladi. 
Moliyaviy-tahliliy tizimlar. Bu turdagi dasturlar bank va birja tuzilmalarida ishlatiladi. 
Ular moliya, tovar xom ashyo bozorlaridagi vaziyatni nazorat va bashorat qilish, joriy 
hodisalarning tahlilini o‘tkazish, ma’lumotlar va hisbotlar tayyorlash imkonini beradilar. 
Geoaxborot tizimlari (GAT) - topografik yoki aerokosmik usullarda olingan axborot 
asosida kartografiya va geodeziya ishlarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. 


Videomontaj tizimlari video ma’lumotlarga raqamli ishlov berish, ularni montaj qilish, 
video ko‘rinish tasvirlar yaratish, nuqsonlarni bartaraf etish, ovoz yozish, titr va 
subtitrlarni tushirish uchun mo‘ljallangan. 

Download 5,02 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   161




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish