11-Mavzu: Turli fayl formatlarda fayllarni boshqarish dasturlari bilan fayl tizimlarida
ishlash
REJA:
1.
Matnli fayllarni yaratish
2.
Fayllarni o‘chirish
3.
Fayllarni qayta nomlash
4.
Fayllardan nusxa ko‘chirish
Shuni taa’kidlash joizki, buyruqlar o‘zining nomi va ehtimol bo‘sh joylar bilan ajratilgan
parametrlaridan iborat bo‘ladi. Buyruqning nomi va parametrlari bosh harflarda
bo‘lganidek, kichik lotincha harflar bilan ham terilishi mumkin.
Biz qavslarda
buyruqlarning majburiy bo‘lmagan unsurlarini ham ko‘rsatib boramiz.
Matnli fayllarni yaratish.
Matnli faylni yaratish uchun matn fayllari bilan ishlay oladigan, masalan, kompyuterga
qo‘shib ishlangan Norton Commander yoki leksikon (quyiga qaralsin) kabi istalgan
muharrirdan foydalanish mumkin.
Uncha katta bo‘lmagan matn fayllarini bevosita klaviaturadan terish mumkin. Buning
uchun copycon faylining buyrug‘ini hamda qatorlarini navbatma-navbat kiritish lozim.
Har bir qator oxirida Enter tugmachasini, so‘nggi qator kiritilgandan so‘ng esa F6
tugmachasini keyin esa Enter tugmachasini bosish lozim bo‘ladi. Copy buyrug‘i 1
file(s) copid. (Bitta fayldan nusxa olib bo‘lindi) xabarni chiqaradi va diskda ko‘rsatilgan
fayl nomi paydo bo‘ladi.
Fayllarni o‘chirish.
Fayllarni olib tashlash uchun del buyrug‘i mavjud. Buyruqning formati quyidagicha:
Del [diskovod:] [yo‘l\]
faylning nomi
Faylning nomida * va ? simvollarini qo‘llash mumkin.
Misollar:
Del *.bak - joriy katalogdan kengaytmasi bak bo‘lgan hamma fayllarni o‘chiradi;
Del paper.doc - joriy katalogdan paper.doc faylini o‘chiradi.
Agar siz katalogdan hamma fayllarni, masalan, del *.* buyrug‘i yordamida olib
tashlashni xohlamasangiz, unda DOS sizdan Are you Sure (Y|N) ? (Siz
bunga
aminmisiz?) deb so‘raydi.
Fayllarni olib tashlash uchun Y va Enter tugmachalarini bosish, buyruqni bekor qilish
uchun esa N va Enter tugmachalarini bosish kerak.
Fayllarni qayta nomlash.
Fayllarni qayta nomlash uchun ren (Rename) buyrug‘i mavjud. Buyruqning formati
quyidagicha:
ren [diskovod:] [yo‘l\] faylning nomi yangi fayl nomi
Buyruqdagi birinchi faylning nomi qayta nomlanayotgan faylning nomini, ikkinchisi esa
yangi faylning nomini bildiradi.
Diskovod va yo‘l qaysi katalogda fayllar qayta nomlanayotganini ko‘rsatadi. Agar
diskovod yoki yo‘l tushib qolgan bo‘lsa, unda joriy diskovod
va joriy katalog nazarda
tutiladi.
Fayllarning nomlarida * va ? simvollarini ham ishlatish mumkin.
Berilgan katalog va buyruqdagi faylning birinchi nomida berilgan andozaga to‘g‘ri
keluvchi hamma fayllar qayta nomlanadi. Agar * va ? simvollari buyruqdagi faylning
ikkinchi nomida bo‘lsa, unda fayllarning nomlarining simvollari tegishli porsiyalarda
o‘zgarmaydi.
Misollar: Ren xxx.doc.xxx.txt - joriy katalogdagi simvollari xxx.doc faylini qayta
nomlaydi.Faylning yangi nomi - xxx.txt
Ren a:\*.doc x.txt - A: diskovodidagi barcha doc kengaytmali
hamma fayllarini qayta
nomlanadi va fayllar kengaytirilgan txt ga ega bo‘ladilar.
Fayllardan nusxa ko‘chirish
Fayllardan nusxa olish uchun copy buyrug‘i mavjud.
Buyruqning kengaytmasi: copy faylning nomi yangi faylning nomi yoki copy faylning
nomi [katalogning nomi].
Fayllarning nomlarida * va ? simvollarini qo‘llash mumkin.
Buyruqning birinchi parametrida ko‘rsatilgan katalogdan, buyruqning birinchi
parametrida faylning nomidan berilgan fayllarning nusxalari olinadi. Diskovod va
buyruqning ikkinchi parametridagi yo‘l fayllar
nusxasi qaysi katalogga
olinayotganini ko‘rsatadi. Agar ikkinchi parametrida faylning nomi yo‘q bo‘lsa, unda
nusxa ko‘chirilayotganda fayllarning nomlari o‘zgarmaydi. Agar buyruqning ikkinchi
parametrida faylning nomi berilgan bo‘lsa, u nusxa olinayotgan faylning yangi nomini
bildiradi. Buyruqning ikkinchi parametridagi * va ? simvollari nusxasi
ko‘chirilayotganda fayllarning nomlaridagi tegishli simvollari nusxa ko‘chirilganida
o‘zgartirilmasligini bildiradi.
Misollar:
Copy xxx.doc xxx.txt - joriy katalogdagi xxx.doc faylidan nusxa olib,
joriy katalogda
xxx.txt fayli tuziladi.
Copu a:\ *.* – axboroti to‘plovchining tub katalogidagi hamma fayllaridan joriy
katalogga nusxa olish.
Copu \t\*.doc c:\ *.txt - joriy diskning \t katalogidan doc kengaytmali hamma fayllardan
c: diskning joriy katalogiga nusxa olish, fayllar *.txt kengaytmaga ega bo‘ladi.
Copy buyrug‘ida fayllar nomlarining o‘rniga uskunalarning ifodalari ishlatilishi mumkin.
Masalan:
CON - konsol (kiritish uchun klaviatura, chiqarish uchun monitor).
Klaviaturadan
kiritilayotganda faylning oxiri Ctrl+Z yoki F6 bilan tugatiladi;
PRN - printer (faqat chiquvchi fayl sifatida).
Misol: copy paper.txt prn – paper.txt faylini pechatga chiqarish.
Amaliy topshiriq
1.
Matnli fayllarni yaratish ketma –ketligini ko’rsatib bering
2.
Fayllarni o‘chirish ketma –ketligini ko’rsatib bering
3.
Fayllarni qayta nomlash ketma –ketligini ko’rsatib bering
4.
Fayllardan nusxa ko‘chirish ketma –ketligini ko’rsatib bering