Bog'liq Axborot texnologiyalar asoslari Dildora Sayfiddinova Payzullaevna
Filtr-sistemali dastur yoki buyruq bo`lib, berilganlarni kiritish qurilmasidan o`qib
tartiblaydi va dastur yoki buyruqda aniqlangan qurilmalarga yo`naltiradi. Kommunikatsiya-bu ikki sistemali dasturni, buyruqni, dastur va buyruqni yoki
buyruq va dasturni birlashtirish. Bunday ko`rinishdagi birlashtirish bir dastur yoki
buyruqning natijasini boshqa dastur yoki buyruqga kiritish imkoniyatini beradi.
Yo`naltirilgan kiritish-chiqarish bilan kommunikatsiya farqi: yo`naltirilgan kiritish-
chiqarish bu berilganlarni o`qish yoki ularni «periferiya» qurilmasiga uzatishdir.
Kommunikatsiya esa-bu sistema dasturlari va buyruqlari orasidagi o`zaro berilganlarni
almashishdir. Yani berilganlarni uzatish OS ichida amalga oshiriladi. Operatsion sistemaning qo`shimcha funksiyalari. Berilganlarga ishlov berish.
Berilganlar kompyuter xotirasida turli ko`rinishda saqlanadi. Bular avvaldan kelishilgan
holda bo`ladi. Masalan: dasturning saqlanish prinsipi bilan berilganlarning saqlanishi
turlicha bo`ladi, biron bir matn muharriri yordamida hosil qilingan ma'lumot boshqa
muharrir yordamida hosil qilingan ma'lumotning ichki ko`rinishidan farq qiladi. Har bir
ma'lumotning ichki tuzilishi avvaldan tanlab olingan kodlash usuli yordamida hosil
qilinadi. Kodlar turlari va kodlash usullari turlicha. Ularni qanday ko`rinishda tanlab
olish va ishlatish bevosita sistema ijodkorlariga bog`liq. Odatda biron bir kodlash usuli
ma'lum bir tipdagi kompyuter (dasturiy ta'minot bilan birga) uchun tanlab olinadi va bu
tipdagi kompyuter takomillashsa kodlash usulini saqlab qolishga harakat qilinadi.
Bundan shunday xulosa qilishimiz mumkinki OS tarkibidagi berilganlarga ishlov
beruvchi dastur berilganlar tuzilishini aniqlab dastur, arifmetik konstanta, berilganlar
majmuasi (matn) va h.k.zlarni kerakli usulda tahlil qilib ko`zda tutilgan ishni bajaradi.