|
Matematik ta'minot resurslariBog'liq Axborot texnologiyalar asoslari Dildora Sayfiddinova PayzullaevnaMatematik ta'minot resurslari - berilganlar va dastur bajarilishini nazorat
qiluvchi, foydalanuvchidan himoyalanmagan funksiyalar majmuasidan iborat bo`ladi.
Bu resurslar orasida sistemali rejalashtirish, sistema kutubxonalari, fayllarni boshqarish
va kiritish-chiqarishga xizmat qiluvchi servis (xizmat ko`rsatuvchi) dasturlar mavjud.
Kiritish va chiqarish-bu kiritilayotgan va chiqarilayotgan berilganlarni ko`chirish
jarayonidir. Berilganlarni boshqarish dasturlar orqali amalga oshiriladi. Bular kiritish va
chiqarish, filtr va kommunikatsiya dasturlaridir. Bu dasturlar yordamida foydalanuvchi
berilganlarni uzatishda o`z yo`nalishini tashkil qilishi mumkin. Berilganlar majmuasini
ixtiyoriy qurilmaga va xotiraning ixtiyoriy adresiga yo`naltirishi mumkin. Filtrdan
foydalanib berilganlarni tartiblash va so`ngra chiqarish oqimiga yo`naltirish mumkin.
Kiritish va chiqarish standart qurilmalari. Odatda berilganlarni kiritish uchun
klaviaturadan foydalaniladi. Ma'lum amallar ketma-ketligi bajarilgandan so`ng
ma'lumotlar majmuasi monitorga chiqariladi. Shu sababli klaviatura kiritish standart
qurilmasi, monitor esa chiqarish standart qurilmasi deb hisoblanadi. OS da nostandart
bo`lmagan qurilmalarni kiritish-chiqarish qurilmasi deb e'lon qiluvchi yo`naltiruvchi
funksiyalar mavjud. Bunday qurilmalar «periferiya» kiritish-chiqarish qurilmalari
deyiladi, chunki ular real kompyuterga nisbatan qabul qilingan deb hisoblanadi.
Kiritish-chiqarish qurilmalari va dasturlari. Kiritish va chiqarish qurilmalari
kompyuter konfiguratsiyasiga bog`liq va ularning soni bir nechta bo`lishi mumkin. Real
vaqtda sistemaga bog`langan qurilma va qurilmalar soni kompyuterning portlari sonidan
ko`p bo`la olmaydi. Har bir qurilmani ishga tushirish va u bilan berilganlarni almashish
OS dasturlari yordamida amalga oshiriladi. Dastur odatda bevosita qurilma va uning fizik
xarakteristikasini hisobga olgan holda yaratilgan bo`ladi. Ayrim hollarda biron bir
kiritish-chiqarish qurilmasi o`rniga boshqasini ishlatish, xotira bilan berilganlarni
o`zaro almashish xatolikga yoki umuman berilganlarni almashmaslikka olib keladi.
Bunday holda bog`lanish amalga oshmagani sabablaridan biri bu qurilma uchun
qo`llanadigan dasturning mos kelmasligi bo`lishi mumkin. Bunday holda qurilmaga mos
dasturni yuklab so`ng undan foydalanish tafsiya qilinadi.
|
| |