Virtual xotirani boshqarish




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/161
Sana24.01.2024
Hajmi5,02 Mb.
#144822
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   161
Bog'liq
Axborot texnologiyalar asoslari Dildora Sayfiddinova Payzullaevna

Virtual xotirani boshqarish. OS tarkibiga virtual (faraziy) xotiraga ishlov beruvchi 
dastur kiritiladi. Virtual xotira-bu taxmin (tasavvur) qilinadigan xotira. Virtual xotira 
hajmi real fizik xotira hajmidan ko`p bo`ladi. Bunday usulni tanlab olish sabablari, 
birinchidan xotiraning har bir manzilni tanlashi bo`lsa, ikkinchidan real operativ 
xotiraning tannarxi bir muncha qimmatligidandir. Shuni eslatib o`tish kerakki, albatta 
protsessor virtual xotiraga ishlov berishda real fizik xotiraga ishlov berishga nisbatan 
ko`proq vaqt sarflaydi. Virtual xotira varaqma-varaq tashkil qilinadi. Har bir varaqda 
aniqlangan xotiraning ma'lumot birligi uchun o`z manzili mavjud bo`ladi. Bu manzillar
ketma-ketligi ularning ko`rinishi va yozilishi har bir varaq uchun bir xil bo`ladi. Virtual 
xotiraning real adresi hisoblanganda varaqdagi manzil qiymatiga varaq koeffitsiyenti 
qo`shiladi. Shu sababli manzillar chalkashligi oldi olinadi. Ya'ni, agarda biz bir necha 
nomdagi ko`chani qarasak har bir ko`chada 13-uy mavjud bo`lsa, har bir 13-uy manzili 
turli bo`ladi, chunki ko`chalar nomi turli. 
Virtual tashqi xotirani boshqarish. Virtual tashqi xotirani boshqarish virtual 
ichki xotirani boshqarishga nisbatan bir muncha murakkabroq. Buning asosiy sababi 
ularning hajmidadir. Masalan: aholisi 50000 kishidan iborat bo`lgan shahardan barcha 
13-chi uylarni topish, aholisi 5000000 kishidan iborat shahardagi barcha 13-chi uylarni 
topishga nisbatan ancha oson. Shu sababli tashqi xotiradagi real manzilni topish uchun 
turli usullardan foydalaniladi. Manzil bevosita varaq koeffitsiyenti qo`shilishi bilan 
aniqlanadi va real adresdagi berilganlar tanlanadi. 
Muammoli savollar 
 
1. Tizimli dasturiy ta`minot qanday vazifalarni bajaradi? 
2. Tizimli dasturiy ta`minotning tarkibiy qismlarini sanab bеring. 
3. Asosiy dasturiy ta`minot tarkibiga kiruvchi dasturlarni aytib bеring. 
4. Xizmat ko`rsatuvchi dasturiy ta`minotning vazifasi nimalardan iborat? 
5. Opеrasion tizim nima? Uning tarkibiga qanday dasturlar kiradi? 
6. Disk opеrasion tizimi (MS DOS) xaqida nimalarni bilasiz? 
7. OT va grafik intеrfеysli OTga misol kеltiring.

Download 5,02 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   161




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish