Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/161
Sana24.01.2024
Hajmi5,02 Mb.
#144822
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   161
Bog'liq
Axborot texnologiyalar asoslari Dildora Sayfiddinova Payzullaevna

Berilganlar segmentiga foydalanuvchi berilganlarni kiritishi mumkin va bu 
segment boshqa foydalanuvchilardan himoyalangan. Foydalanuvchi bu oraliqni dasturiy 
usul bilan kengaytirishi yoki qisqartirishi mumkin. Berilganlar segmenti hajmi OS da 
qabul qilingan oraliq bilan aniqlanadi yoki real foydalanuvchi ehtiyojiga qarab tashkil 
qilinadi. Xotira chegaralanganligi sababli OS dan foydalanuvchi ehtiyojini to`liq qondira 
olmasligi ham mumkin. 
Bo`linmas stek segmenti xotiraning bosh chegarasidan boshlanib pastga qarab 
o`sadi. Bu oraliq zarurat tug`ilsa avtomatik tarzda o`sishi mumkin. Real sistemada stek 
segmentini boshqa qurilmalarda (masalan, virtual tashqi xotira) ham tashkil qilish 
mumkin. OS shunday tashkil qilinishi kerakki, bo`linmas stek segmenti hajmi yetarli 
bo`lmasa OS o`z o`rnini, sistemaning ishonchlilik darajasini kamaytirmagan holda
bo`linmas stek segmentiga bo`shatib berish imkoniyatiga ega bo`lishi kerak. Sistemadagi 


har bir jarayonning adres muhiti boshqa jarayonlarning adres muhitidan farqli. Jarayonlar 
bilan aloqa maxsus dasturlar yordamida amalga oshiriladi. 
Jarayonni boshqarish (o`zgaruvchi, ishga tayyor, ishlovchi va blokirovka qilingan 
holat). Jarayon turli holatda bo`lishi mumkin. holatni aniqlash OS dasturlari yoki 
foydalanuvchi tomonidan (ayrim hollarda) boshqarilishi ko`zda tutilgan. 
O`zgaruvchi holat. Biron-bir ish bajarilishi natijasiga ko`ra hosil bo`ladigan holat.
Holatni turlicha bo`lishi muhitga va real ishlovchi dasturga bog`liq bo`ladi. Masalan, 
malumotlarning turli holatda turlicha taqsimoti bevosita jarayonni boshqarishga o`z 
ta'sirini o`tkazadi. 
Ishga tayyor holat. Bu holda qaralayotgan dastur uchun kerak bo`lgan fizik hamda 
dasturiy resurslar ishga tayyor holda turadi va qaralayotgan dastur faqat buyruqni kutadi. 
Ishlovchi. Jarayonni boshqarish dasturi ishlovchi dastur uchun kerakli resurslarni
ishga tayyor holatga keltiradi va aktiv holatdagi dastur yuqori imtiyozli hisoblanadi. 
Ishlovchi dastur uchun kerakli bo`lgan resurs uning uchun har doim ishga tayyor holatida 
bo`ladi. Agarda ishlayotgan dastur uchun kerak bo`lgan resurs ishlayotgan dasturga 
nisbatan yuqoriroq prioritetli dastur bilan band bo`lsa ishlovchi dastur kutish holatiga 
o`tkaziladi. OS ning ayrim buyruqlari foydalanuvchi dasturiga nisbatan prioriteti yuqori 
hisoblanadi. Albatta ixtiyoriy OS ga foydalanuvchi dasturi ishini to`xtatish imkoniyatini 
beradigan buyruq kiritilishi zarur. 

Download 5,02 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   161




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish