|
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutiBog'liq Axborot texnologiyalar asoslari Dildora Sayfiddinova PayzullaevnaVaqtni taqsimlash-bir vaqtning o`zida bir necha foydalanuvchiga xizmat qilish va
foydalanuvchiga o`z masalasi bilan muloqat qilish imkonini beradi. Bir vaqtda ishlash
effektiga protsessor vaqti va boshqa resurslarni turli foydalanuvchilar tomonidan
berilgan hisoblash jarayonlariga taqsimlash bilan erishiladi. OS kompyuterga
kiritilayotgan topshiriqlar uchun navbat tashkil qiladi va har biriga navbat asosida
protsessordan foydalanish vaqtini aniqlaydi. Birinchi topshiriqni bajargandan so`ng OS
uni navbatning oxiriga olib borib qo`yadi va ikkinchi masalaga xizmat qiladi va h.z.
Har bir masalaga xizmat qilish vaqti OS parametrlarida aniqlanadi. Professional
dasturchi OS ni tashkil qilish jarayonida bu vaqt birligini o`zgartirishi mumkin.
Real vaqt-sistema berilgan real vaqt oralig`ida topshiriqning bajarilishini
ta'minlaydi. Bunda kompyuterdagi hisoblash jarayoni tezligi real vaqt o`tishiga
hamohang bo`lishi kerak. Kompyuter bunday OS bilan odatda bir dasturli rejimda
ishlaydi.
Muloqat operatsion sistemasi-yakka foydalanuvchi uchun mo`ljallangan bo`lib
kompyuter bilan muloqatning qulay ko`rinishini ta'minlaydi. OS odatda bir dasturli
rejimda ishlaydi.
Uzilishga ishlov beruvchi modul OS tarkibiga kiritilgan asosiy modullardan biri
hisoblanadi. U foydalanuvchi dasturi bilan aloqani ta'minlaydi. Uzilishga ishlov beruvchi
modul operativ xotiraga yuklanadi va u yerda kompyuter bilan ishlash seansi vaqtida
saqlanib turadi. Bu modul komponentalari qism dasturlardan iborat bo`lib fayl sistemasi
ishlashini, disk bilan berilganlarni almashishni va shu bilan birga maxsus holatlarni tahlil
qilishni ta'minlaydi. Amaliy dasturdan bu qism dasturlarga murojaat qilinganda uzilishga
ishlov beruvchi modul bajariladigan amallar parametrini oladi, uni tahlil qiladi va holatni
ko`rinishiga qarab kerakli modullarga bir yoki bir necha murojatni hosil qiladi.
|
| |