Bir dasturli rejim-kompyuterning barcha resurslari faqat bir dasturga xizmat
qiladi.
Ko`p dasturli rejim (multidastur)-OS bir vaqtning o`zida bir biriga bog`liq
bo`lmagan bir necha dasturlarga xizmat qiladi. Bunda resurslar dasturlar o`rtasida o`zaro
taqsimlanadi. Multidastur rejimi markaziy protsessor ish vaqti bilan «periferiya»
qurilmalari ishini ta'minlashdan iborat. Bu usulning bir dasturli rejimdan afzalligi
resurslardan effektiv foydalanish va berilgan masala yechilishini tezlatishdir.
Ko`p masalali rejim - multimasala rejimida bir vaqtning o`zida
bir necha masalaning parallel ishlashini ta'minlash ko`zda tutilgan. Bunda bir
masalaning natijasi ikkinchi masala uchun berilganlar majmuasini tashkil qilishi ham
mumkin. OS yechilayotgan masalalarning bir-biri bilan bog`liqligini rejalashtiradi va
nazorat qilib boradi. Ko`p dasturli rejimdan (dasturlar orasida vaqtni taqsimlash prinsipi)
farqli bu yerda barcha masalalar bo`yicha parallel ishlash ko`zda tutilgan. Ko`p masalali
rejim faqat multisistemada (bir necha protsessor) tashkil qilinadi.
OS kompyuter va foydalanuvchi o`rtasidagi vositachi hisoblanadi. OS
foydalanuvchi so`rovini analiz qiladi va uni bajarilishini ta'minlaydi. So`rov OS tilida
qabul qilingan buyruqlar ketma-ketligi ko`rinishida bo`ladi. OS so`rovlarni turli
rejimlarda bajarishi mumkin, shu sababli OS ni quyidagi tiplarga bo`lish mumkin:
- paket rejimi sistemasi;
- vaqtni taqsimlash sistemasi;
- real vaqt sistemasi;
- dialog sistemasi.
Paket rejimi-bu masalalar majmuasiga ishlov beruvchi sistema, ya'ni bir yoki bir
necha foydalanuvchi tomonidan tayyorlangan topshiriqlarni bajaruvchi sistema.
Masalalar majmuasi kompyuterga kiritilgandan so`ng foydalanuvchi bilan uning
masalasi o`rtasida muloqat qilish taqiqlangan. Bunday OS bir dasturli yoki ko`p dasturli
rejimlarda ishlashi mumkin.